O ’z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o LI y va o ’rta maxs us t a ’lim


 Иванов П.П. Очерки по истории Средней Азии (XVI - середина XIX в). М, 1958, С.156



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/47
tarix02.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105996
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47
V a z I r L i g I

19 Иванов П.П. Очерки по истории Средней Азии (XVI - середина XIX в). М, 1958, С.156.
20 Иванов П.П. Очерки по истории Средней А зи и ... С.157.


15
Shayboniyzodalar o’rtasidagi majorolar Do’stxon (1557-1558) davrigacha 
davom etdi. Do’stxon hukmronlik qilgan vaqtdagi hayrli 
tadbirlardan biri 
xonlik poytaxtining 1557-yilda Xiva shahriga ko’chirilishi bo’ldi. Endilikda 
Xiva shahri Xiva xonligi poytaxti deb rasmiy ravishda e’lon qilindi.
Hoji Muhammad (1559-1602) podsholigi davriga 
kelib, Xorazmda 
osoyishtalik qaror topdi, xonlik iqtisodiy-siyosiy mavqei ancha oshdi. Qishloq 
xo’jaligi, irrigatsiya qurilishlariga e’tibor kuchaytirildi.Urganch va Kat xokimi 
Ali sulton tashabbusi bilan 2 ta ariq: Yangi va Toshyormish ariqlari qazdirildi, 
Toshyormish Xo’jaeli shahri bilan Oybug’ur qal’asi oralig’idagi keng 
maydonlarni, Yangiariq kanali esa Yangiariq qal’asi atroflaridagi yerlarni suv 
bilan ta’minlashga mo’ljallangan edi.
Qishloq xo’jaligining yuksalishi, irrigatsiya ishlarining yo’lga qo’yilishi 
dehqon-chilikdan mo’l hosil yig’ishga va xalq faravonligini ancha yaxshilashga 
olib keldi.
Xorazmni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlanib borayotganini 
ko’rolmagan Buxoro xoni Abdullaxon II (1583-1598) Xorazmni istilo qilish va 
uning o’sib borayotgan mavqeini pasaytirishga qaror qildi. Abdullaxon IIning 
eng muhim maqsadi Mang’ishloq va Kaspiy dengizi orqali o’tadigan savdo 
yo’llarini qo’lga olish edi. U birdaniga Xorazmga hujum qilmasdan, avvalo, 
unga qaram bo’lgan Xurosonni va Janubiy Turkmanistondagi viloyatlarni bosib 
olshga qaror qildi. Shu maqsadda katta qo’shin to’plab, Marv va Obivard 
shaharlarini bosib oldi. 1593 yilda Abdullaxon II Hojimxon Xurosonga qarshi 
yurish qilganidan foydalanib, Xorazmga qarshi yurish boshladi. Xazorasp 
ostonasidagi jangda Buxoro qo’shinlari mag’lubiyatga uchradi. 1594-yil 
Abdullaxon Xorazmga ikkinchi yurish boshladi. Yangiariq tumani hududida 
joylashgan Olmaotishgan qal’asi ostonasida bo’lgan 
shiddatli jangda 
Abdullaxon qo’shinlari g’alaba qozondi. Xiva, Urganch, Vazir hokimlari xoinlik 
qilib, Abdullaxon tarafiga o’ta boshladilar. Uni katta sovg’a-salomlar bilan kutib 
oldilar. Xorazm yana Buxoroga qaram bo’lib qodi. Abdullaxon-II Xorazmda 
o’z noibini qoldirib, ko’p o’lja va asirlar bilan Buxoroga qaytib ketdi. Hojixon


16
Abdullodan yengilgach, qochib Xurosonning Durun shahriga, o’z o’g’li Arab 
Muhammad qarorgohiga borib yashirinishga majbur bo’ldi. U faqat Abdullaxon
II vafotidan so’ng (1598) Urganchga qaytib keldi va xonlik taxtini egalladi. 
Xorazm yana o’z mustaqilligini tiklab oldi. Shundan so’ng Hoji Muhammadxon 
Xorazmni o’z farzandlari va nabiralari o’rtasida taqsimlab berdi. O’zi Urganch 
va Vazir hokimligini oldi, o’g’li Arab Muhammadni Xiva va Kat hokimi qilib 
tayinladi. Hazoraspni esa nabirasi Isfandiyorga topshirdi.
Hoji Muhammadxon vafotidan so’ng uning o’g’li Arab Muhammad 
(1602-1621) xon etib tayinlandi. U davlat hokimyatini mustahkamlash, 
mamlakat iqtisodini kuchaytirishda va ma’lum darajada jamiyatda tartib-intizom 
o’rnatishda qator tadbirlarni amalga oshirdi. U o’zbek sultonlari va 
bekzodalarining o’zboshimchaligiga chek qo’ydi va ularni xon hokimyatiga 
itoat qilishga majbur 
etdi. Xorazmga chetdan bo’layotgan hujumlarning 
chorasini ham ko’rdi. Uning hukmronlik davrida Yoyiq daryosi atroflarida 
istiqomat qiluvchi rus kazaklari va qolmiqlar Xorazmga bir qancha marotaba 
talonchilik yurishlarini tashkil qilganlar. Xon lashkarlari ularga qaqshatqich
zarbalar berib, Xorazm hududidan haydab chiqarganlar, 
ko’plari qirib
21
tashlangan .
Arab Muhammad podsholik davrida Xorazmda dehqonchilik va sug’orish 
ishlarini yaxshilash borasida ham muhim tadbirlar amalga oshirilgan. Urganch 
va Mizdahqon oralig’idagi keng yer maydonlariga suv chiqarish maqsadida
To’q qal’asi yaqinida bitta kanal tortilgan. Yangi yer maydonlari o’zlashtirilib, 
mo’l g’alla hosili olingan. Bu tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida xonlik 
iqtisodiyotida birmuncha yukalish 
ro’y 
bergan. Biroq, Arab Muhammad 
hukmronligining so’nggi yillarida Xiva xonligida siyosiy vaziyat ancha 
murakkablashib qoldi. Xonning farzanlari o’rtasida taxt uchun talashuvlar avj 
olib ketdi. Arab Muhammadning 7 ta o’g’li bo’lib, ularga xonlikning asosiy 
viloyatlarini bo’lib bergan edi. Jumladan, katta o’gli Isfandiyor Xazaraspda 
hokim edi. Abulg’oziy Sulton Katda, Xabash bilan Elbars sultonlar Vazir va

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin