O ’z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o LI y va o ’rta maxs us t a ’lim



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/47
tarix02.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105996
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47
V a z I r L i g I

29 МИТТ, т. П.,М.-Л., 1938, C.340.


24
Ining 1717-yilda Aleksandr Bekovich Cherkaskiy boshchiligida Xiva xonligiga 
uyushtirilgan harbiy ekspeditsiyasi aynan shu maqsadda tashkil qilingan edi. 
Xiva xonligini o’ziga qaratib, Amudaryo orqali Hindiston va boshqa sharq 
davlatlariga yo’l ochishni ham Pyotr I rejalashtirgan. Ammo rus imperatori 
Pyotr Ining bu rejalari amalga oshmadi. U yuborgan 6 ming kishilik ekspeditsiya 
Sherg’oziyxon ishlatgan hiyla natijasida bir kechaning ichida qirg’in barot 
qilindi.
Sherg’oziyxonning o’zi ham qo’shni davlatlarga harbiy yurishlar uyushtirib 
turgan. U Mashhad shahrini qo’lga kiritib, u yerda ko’p o’lja va 5000 asir olib 
kelgan. Mana shu asirlar kuchi bilan Pahlavon Mahmud maqbarasi oldida 
Sherg’oziyxon madrasasini qurdirgan. O’sha qullar uni tosh bo’ron qilib
30
o’ldirganligi haqida ma’lumotlar bor .
Xiva xonligida kuchayib borayotgan o’zaro feodal kurashlar va ular 
natijasida ro’y bergan siyosiy beqarorlikdan foydalangan Eron shohi Nodirshoh 
1740 yilda katta qo’shin bilan O’rta Osiyo hududlarini istilo qila boshladi.
Buxoro va Xiva xonlarining Xurosonga qilgan talonchilik yurishlarini 
bahona qilib, 1740-yilda Nodirshoh Buxoroga qarshi yurish boshladi va uni 
bosib oldi. Xuddi shu yili Nodirshoh Xiva xonligiga qarshi hujum boshlab
Hazorasp, Honqa ostonalarida ro’y bergan keskin janglar natijasida Xiva 
qo’shinlarini tor-mor 
keltiradi. Asirga 
olingan Xiva xoni Elbarsxon qatl 
qidindi. Elbarsxon mag’lubiyatini eshitgach, xivaliklar darhol qozoq Kichik Juz 
xoni Abulxayrxonni Xiva taxtiga taklif qildilar. U Xiva taxtiga o’tirgach, 
Nodirshohga maktub yuborib, sulh tuzishni taklif qiladi. Ammo Nodirshoh 
bunga ko’nmadi va Xivaga qarab yurishni davom ettirdi. Bundan cho’chigan 
Abulxayrxon Xiva taxtida 6 kun o’tirgach, o’z yurtiga qochib ketdi.
Nodirshoh Xivani istilo qilib, mang’it beklaridan Ortiqbek va Xo’rozbek 
inoqlarni Xivaga noib qilib, o’zi esa xalqni talab, katta o’lja va asirlar bilan 
Eronga qaytib ketadi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin