O ’z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o LI y va o ’rta maxs us t a ’lim



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/47
tarix02.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105996
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47
V a z I r L i g I

24 МИТТ, т. П.,М.-Л., 1938, C.336.
25 МИТТ, т. П.,М.-Л., 1938, C.337.


20
Urganch shahri barpo qilindi. Shu vaqtdan boshlab yangi shahar Yangi Urganch 
deb, eski Urganch esa Qo’hna Urganch deb atala boshladi. Suv tanqisligidan 
azob chekkan Ko’hna Urganch aholisi Yangi Urganchga ko’chirildi. O’sha 
vaqtda Abulg’oziyning topshirig’i bilan Gurlan qal’asidan 12 km shimoliy 
g’arbda Kichik Vazir qal’asi bunyod etilib. Katta Vazir shahri aholisi shu joyga 
ko’chirildi. Undan tashqari Abulg’oziyxon davrida Madr kanali qaytadan 
qazilib, G’oziobod-Arna deb ataldi. Bu kanal oyog’ida G’oziobod qal’asi ham 
qad ko’tardi. Abulg’oziyxon davrida amalga oshirilgan islohotlar, ulkan 
qurilishlar, suv inshootlari xonlikda ekin maydonlarini kengaytirish, sug’orish 
ishlarini yaxshilash, aholi faravonligini oshirishga imkon tug’dirdi.
Abulg’oziyxon markaziy hokimyatni birmuncha mustahkamlab, asosiy 
e’tiborni davlat chegaralarini kengaytirish va mustahkamlashga qaratdi. Shu 
maqsadda 
Abul-g’oziyxon 
1645-1650-yillarda 
Xuroson, 
Janubiy 
Turkmanistonga, Tajan, Murg’ob, Artek daryolari havzasidagi hamda Gurgan, 
Abulxon va Mang’ishloq atroflaridagi turkmanlar ustiga yurishlar qilib, ularni 
o’ziga bo’ysundirdi.
Buxoro xonligiga munosabat masalasi ham uning diqqat markazida edi. 
Buxoro va Xiva xonliklari o’rtasidagi kelishmovchilik, asosan, O’rta Osiyoda, 
Janubiy Turkmaniston va Xurosonda o’z ta’sir doirasini kuchaytirish masalasida 
yuzaga kelgan edi. Abulg’oziy Bahodirxon Buxoroga 7 marotaba yurish 
uyushtirdi. Buxoroning ko’p shahar va qishloqlarini talab, katta o’lja va asirlar 
bilan Xivaga qaytib keldi.
Abulg’oziyxon o’sha davrda shimoldan bo’layotgan qolmiqlarning 
tajovuzlariga ham qaqshatqich zarba bergan va xonlikning shimoliy g’arbiy 
chegaralarini mustahkamlagan26.
Abulg’oziyxonning xayrli ishlarini uning o’g’li Anushaxon (1664-1687) 
davom ettirdi. Abulg’oziyxon xali hayotligida xonlikni o’g’li Anushaxonga 
meros qoldirdi. Anushaxon podsholik qilgan yillarda Xorazmning eng yirik 
kanallaridan bo’lmish Shohobod (Shovot -1681) va Yormish kanallari qurilib

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin