O ’z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o LI y va o ’rta maxs us t a ’lim


 Материалы по истории туркмен и Туркмении (МИТТ), т. П.,М.-Л., 1938, C.334



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/47
tarix02.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105996
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47
V a z I r L i g I

22 Материалы по истории туркмен и Туркмении (МИТТ), т. П.,М.-Л., 1938, C.334.


18
1643-yilda Asfandiyorxon vafot etdi. Uning o’rniga inisi Abulg’ozi Xiva 
xoni qilib saylandi. U boshqa xonlardan farqli o’laroq, o’ta tadbirkor
tashkilotchi, ma’rifatli xon edi. Fors-tojik, arab va mo’g’ul tillarini bilgan, 
o’zining «Shajarayi turk» va «Shajarayi tarokima» deb nomlangan tarixiy 
asarlari bilan jahonga mashhur bo’lgan.
Abulg’oziyxon hokimyat tepasiga kelgach, dastavval, asosiy e’tiborni 
davlat tuzumini mustahkamlashga qaratadi. U turkman amaldorlarini davlat 
boshqaruvi ishlaridan chetlashtiradi. Ular qo’lidagi mol-mulklar, yer-suvlar 
tortib olinadi, 
o’zlari 
esa xonlik hududlaridan haydab 
chiqariladi. 
Turkmanlarning ko’pchiligi, Janubiy Turkmaniston, Mang’ishloq tomonlarga 
ko’chishga majbur bo’ldilar. Xonlikning 
barcha yuqori lavozimlari Xiva 
shayboniylari vakillari qo’liga topshirildi. Shayboniyzodalardan 360 kishini 
xonlikning turli lavozimlariga tayinladi. Bundan tashqari, yana 32 ta markaziy 
boshqaruv lavozimlari tashkil etilib, ular tubandagicha taqsimlandi: 2 ta 
shayxulislom, 1 ta mutavalli, 1 ta parvonachi, 2 ta oko, 2 ta arbob, 4 ta chig’atoy 
inoqi, 1 ta noib, 4 ta otaliq, 1 ta inoq, 4 ta mirob, 4 ta biy, 1 ta vazir (mehtar) 1ta 
qushbegi va hokazo. Bu bilan Abulg’oziy Shayboniylar va yerli aholining 
nufuzli vakillarini davlat boshqaruv ishlariga jalb etib, ular orasida ma’lum
23
darajada barqarorlikni o’rnatdi .
Abulg’oziyning ichki siyosat sohasida o’tkazilgan eng muhim tadbirlaridan 
yana biri Dashti Qipchoqdan kelgan ko’chmanchi qabilalarni butun voha 
bo’ylab 
o’troqlashtirish siyosati bo’ldi. U o’zlarini «O’zbek» deb 
atagan 
ko’chmanchi qabi-lalarni o’zaro yaqinliklariga qarab, to’rtta to’paga (guruxga) 
bo’lib, Darg’onotadan to Orol dengizigacha bo’lgan yerlarga joylashtirdi. 
Birinchi to’pani, asosan uyg’ur-naymonlar tashkil qilib, unga yana do’rman, 
yuz, ming, shayx, burloq kabi kichik urug’lar ham qo’shilgan. Ular Orol 
dengizigacha bo’lgan hududlarga joylashtirdi. Ikkinchi to’paga asosan, 
qo’ng’irot-qiyotlar birlashtirilib, unga jaloyir va alieli urug’lari ham qo’shilgan. 
Uchunchi to’paga nukus - mang’it qabilalari birlashtirilib, kanagas va xo’jaeli

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin