17
Urganch hokimi etib tayinlangan edilar. Farzandlari orasida ahillik bo’lmadi.
Ayniqsa Habash bilan Elbars boshqa inilarga qaraganda taxtni egallab, xon
bo’lishdan ko’proq manfaatdor edilar. Hatto o’z otasiga bo’ysunishdan bosh
tortdilar va har qanday yovuzlik yo’li bilan bo’lsada, xonlikni qo’lga olishga
intildilar.
Xabash va Elbarsning bu harakatidan Arab Muhammaddan norozi bo’lgan
o’zbek sultonlari, ayniqsa, uyg’ur va nayman qabilalari boshliqlari qo’llab
quvvatlay boshladilar. Ular Arab Muhammadxonga qarshi isyon ko’tardilar. Bu
vaziyat Arab Muhammad lashkarlari va muxolifchi kuchlar o’rtasida
to’qnashuvga olib keldi. 1621 -ilda Toshli yormish arig’i bo’yida Xabash va
Elbars qo’shinlari Arab Muhammad qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratdi. Xon
ana shu jangda asir olindi va o’g’li Xabash sulton huzuriga jo ’natildi.
Mansabparast,
nopok,
imonsiz,
diyonatsiz
farzandlar
otasi
Arab
Muhammadxonni ikki ko’zini ko’r qilib, Xivaga jo ’natdilar. Xiva xonligida
hokimiyat Xabash va Elbars sulton qo’liga o’tdi(1621-1623). Ular 1623-yilda
Arab Muha.mma.dni xotinlari, yosh farzandlari, nabiralarini qatl qilishga farmon
berdilar. Ularning mudhish ishlari va yovuzligidan g’azablangan Isfandiyor
sulton qo’shin to’plab, ularga qarshi kurash boshladi. Urganch yaqinida Xabash-
Elbars va Asfandiyor qo’shinlari o’rtasida keskin jang bo’lib, bu jangda
Asfandiyor qo’shinlari g’alaba qozondi. Elbars asir olinib, darhol qatl qilindi.
Xabash sulton qolgan askarlari bilan Sirdaryo vodiysidagi Qoraqalpoqlar orasiga
qochib ketdi. Biroq keyin u ham ushlanib qatl qilndi. Xiva xonligi taxtiga
Asfandiyor chiqib oldi (1623-1643). U davlat boshqarishda o’ziga madadkor
bo’lgan turkman sardorlariga
tayandi. Davlat
tizimidagi barcha yuqori
22
lavozimlarga turkman vakilliri qo’yildi. Ularga katta imtiyozlar berildi .
Asfandiyorxonning turkmanlarga yon berish siyosati o’zbek qavmlari
o’rtasida kuchli norozilik keltirib chiqardi. Asfandiyorxonning og’ainilari ham u
olib borayotgan siyosatdan norozi bo’ldilar. Abulg’oziy sulton Asfandiyor
xonga qarshi ko’tarilgan kurashga boshchilik qildi.
Dostları ilə paylaş: