O ’z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o LI y va o ’rta maxs us t a ’lim


Федчина В.Н. Как создавалась карта Средней Азии. М., 1967, 55-бет



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/47
tarix02.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105996
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47
V a z I r L i g I

31 Федчина В.Н. Как создавалась карта Средней Азии. М., 1967, 55-бет.


28
xonliklari bilan savdo-sotiqni yanada kengaytirish, o’zaro munosabatlarni 
yaxshilash, Xiva va Buxoro xonliklari haqida yanada ko’proq ma’lumotlar 
to’plash yo’lini tutdi.
Shu maqsadda Xivaga 1740 -1741-yillarda Dimitriy Gladishev va Ivan 
Muravin boshchiligida ekspeditsiyalar uyushtirildi. Ular Orol dengizining chap 
tomonida geografik va harbiy topografik tekshirish ishlari olib bordilar. 
D.Gladishev va M.Muravin ekspeditsiyasi Sirdaryo havzasida ham tekshirishlar 
o’tkazib, bu yerda harbiy iste’hkom qurish joyini aniqladi. Xuddi o’sha vaqtda, 
tijorat bahonasi bilan, Xivada sayohat qilgan Gokk va Tomson boshchiligidagi 
ingliz razvetkasi ham Orolning G’arbiy tomonida qidiruv ishlari bilan 
shug’ullanar edi.
O’rta Osiyo uchun Angliya va Rossiya o’rtasidagi raqobat to XIX asrning 
70-yillarigacha davom etdi.
1819-yilda Xivaga elchi sifitida N.Muravyov keldi. U Xiva xoni bilan 
muzokoralar olib bordi. Bu muzokaralar, asosan, ikkala mamlakat o’rtasidagi 
savdo karvonlari xavfsizligini ta’minlash, bir-birlarining chegaralariga xavf 
tug’dirmaslik haqida kelishib olishga bag’ishlangan edi. N.Muravyov o’zining 
Xiva safari haqida hisobot yozib qoldirgan.
Xiva Rossiya munosabatlari hamisha ham bir tekis bo’lmagan. Ular 
o’rtasida kelishmovchiliklar, xatto to’qnashuvlar ham bo’lib turgan. M a’lumki, 
Rossiya XIX asrning 30-yillariga kelib, qozoq dashtlarini shimoliy qismini o’z 
tasarrufiga 
o’tkazishni nihoyasiga yetkazgan edi. Biroq Sirdaryoning quyi 
oqimi bilan Orenburgning shimoliy qismidagi maydonlar hamda Urol daryosi 
bilan Kaspiyning shimoliy-sharqiy sohillari oralig’idagi keng hududlar hali na 
Xiva xonligi, na Rossiyaga qarashli edi. Ana shu maydonlarda Rossiya va Xiva 
tasiridagi qozoqlar ko’chib yurar va charvosini boqardi. Ikkala tomon ham ana 
shu hududlarni o’z tasarrufiga olish niyatida edi. 1834-yilda Rossiya hukumati 
topshirig’i bilan Mang’ishloqda Novoaleksandrovsk harbiy istehko’mi qurildi. 
Bu qo’rg’on rus qo’shinlarining O’rta Osiyoga keyingi yurishlarida tayanch 
vazifasini bajaradi. Novoaleksandrovsk qal’asining qurilishi Xiva xonligining


29
keskin noroziliga sabab bo’ldi. Shundan keyin Xiva-Rossiya munosabatlari 
keskin tus oldi. Rossiya hukumati Xiva xonligini qurol kuchi bilan o’z 
talablariga bo’ysundirish maqsadida, 1739-1740- yillar oralig’ida Orenburg 
gubernatori general V.A.Perovskiy boshchiligida Xivaga yurish boshladi. Bu 
yurish ham tabiiy ofatlarga duch kelib, muvaffaqiyatsiz tugadi.
Xiva xoni Olloqulixon Rossiya bilan munosabatlarini yumshatmasa, ahvol 
urushga olib kelishini payqab, 1840-yilda Peterburgga maxsus elchilar yubordi. 
1741- yilda esa Rossiya hukumati tinchlik muzokoralarini davom qildirish 
uchun Xivaga kapitan G.I.Danilevskiy boshchiligida o’z vakillarini jo ’natdi. 
Rossiya bilan Xiva xonligi o’rtasidagi avvalgi savdo sotiq, diplomatik 
munosabatlar yanada tiklandi va tinchlik barqaror topdi. Lekin Rossiya 
hukumati o’zining qora niyatlaridan qaytmadi. U Xiva xonligining ichki 
ishlariga aralashish, xonlik haqida harbiy strategik ahamiyatga ega bo’lgan 
ma’lumotlar to’plash ishini to’xtatmadi. 1846- yilda Xiva xonligi hududida
Mang’ishloqda Orol dengizi va Sirdaryo atroflarida M.Ivanin boshchiligida bir 
guruh harbiy mutaxassislar ish olib bordi. Ular Xorazm vohasi va Orolbo’yining 
harbiy topografik xaritasini tayyorladilar. Bu ishni 1848- yilda kelgan kapitan 
A.Butakov davom ettirib, u ham Xorazm vohasining ancha mukammal harbiy 
topografik xaritasini yaratdi.
A.Butakov ekspeditsiyasi 1853-yilda ham Xorazm vohasida ish olib bordi. 
Uning ekspeditsiyasi Amu va Sirdaryoda rus paroxodchiligining yo’lga qo’yish 
imkoniyatlarini har taraflama asoslab berdi. 1858-yilda Xivaga yuborilgan 
polkovnik Ignatev boshchiligidagi maxsus komissiya Xiva va Buxora xonlarini 
Amudaryoda rus paroxodlarining erkin suzishiga ko’ndirdi.
Shunday qilib, Rossiya hukumati XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmi 
davomida O’rta Osiyo, jumladan, Xiva xonliklari bilan savdo-sotiq, diplomatik 
aloqalarni rivojlantirib, elchilar hamda turli ekspeditsiyalar yordamida bu 
xonliklarni kelgusida bosib olish uchun barcha zarur ma’lumotlarni to’plab 
olishga muvaffaq bo’ldi.


30
I. 2. Xiva-Rossiya aloqalarining manbashunosligi va tarixshunosligi.
XVI-XIX asrlar Xiva xonligi siyosiy tarixi va savdo aloqalarining yozma 
manbalarda aks etishi va o’rganilishi tarixi eng avvalo chet el manbalaridan 
boshlanishini ta’kidlashimiz lozim. Jumladan, Xiva xonligida 1558-1559- 
yillarda bo’lgan Angliyaning “Moskva” savdo kompaniyasi vakili Antoniy 
Jenkinsonning ma’lumotlari Xiva xonligining shu davrlardagi iqtisodiy 
aloqalarini aks ettirsa, ikkinchi tarafdan xonlikning tashqi savdo aloqalarining 
ko’lamini aks ettiradi.
Tadqiqotning keyingi manbalaridan Abulg’oziy Bahodirxonning 
“SHajarayi tarokima” va “SHajarayi turk”idir. “SHajarayi tarokima” asarning 
tanqidiy matni, ruscha tarjimasi, katta ilmiy tadqiqot bilan birga, 1958-yili

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin