21
ishga tushirildi. Munis Xorazmiyning xabar berishicha, Yormish kanalining
qurilishi yangi Kat qal’asining bunyod etilishi bilan bog’liq. O’sha davrda daryo
toshqinlaridan bir necha bor buzilgan qadimiy Kat aholisi Anushaxon farmoni
bilan daryoning chap sohiliga, Yangi Kat (hozirgi Shovot tumani hududida)
qal’asiga ko’chirildi. Yangi Kat, Ali Eli (Ilolli) qal’alariga Yormish kanali orqali
suv keltiriladi. Shovot kanalining markaziy qismida Shohobod (Shovot) qal’asi
27
qad ko’tardi .
Anushaxon otasi kabi jasur va tadbirkor hukmdorlardan edi. Uning davrida
Xiva xonligining mavqeyi va qudrati yanada oshdi. Anushaxon otasi boshlagan
tashqi siyosatni davom ettirib, Buxoroga, Samarqandga, Xurosonga harbiy
yurishlar uyushtirdi. Bu yurishlar natijasida behisob o’ljalar, ko’p miqdorda
asirlar olib, xon
xazinasini yana boyitdi, uning harbiy yurishlarida faol
qatnashgan turkmanlarga nisbatan boshqacha siyosat yurgizdi. Agar otasi
Abulg’oziyxon turkmanlarni Xorazm hududidan uzoqlashtirish siyosatini
amalga oshirigan bo’lsa, Anushaxon ularni Xorazm atrofiga yaqinlashtirish
siyosatini yurgizib, ularning Xorazm vohasiga
qaytadan ko’chib kelishiga
ruxsat berdi.
Anushaxon hukmronligi uzoq davom etmadi. U saroy amaldorlari
tomonidan uyushtirilgan fitnaning qurboni bo’ldi. Anushaxon qatl qilingandan
so’ng, Xiva xonligi taxtiga uning o’g’li Xudaydod xon o’tirdi (1687-1688).
Xudaydodxon ko’p siyosatli va adolatli xon bo’lgan. Ammo uning ham umri
uzoq bo’lmadi. Uni o’z inisi Arangxon shahid etdi. Arangxon (1688-1690) ning
xon bo’lishiga Hudoyquli inoq qo’sh yordam berdi. Arangxon davrida e’tiborga
sazavorli ish qilinmagan. Faqat Ichonqal’aning Sharqiy Polvon darvozasi yonida
Oqmachitning oldida qiyotlik Muhammad Rizo Xo’jamberdibiyning buyrug’i
bilan bir madrasa bino qilingan. Mamlakatda osoyishtalik bo’lmagan. Bu davrda
mang’itlar va Amir Sayid inoqning o’g’li Odina Muhammad boshchiligidagi
Orol qo’ng’irotlari Xivadan ajralib chiqqanlar. Xondan arazlagan Odina
Muhammad Xiva atroflariga bir necha bor hujum qilib, talon tarojlik kiladi.
Dostları ilə paylaş: