O ’z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o LI y va o ’rta maxs us t a ’lim


Bu manbalarning barchasi qo’lyozmasifatida O ’zFASHI fondlarida saqlanmoqda



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/47
tarix02.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105996
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47
V a z I r L i g I

47 Bu manbalarning barchasi qo’lyozmasifatida O ’zFASHI fondlarida saqlanmoqda.


34
3. Mustaqillik davrida olib borilgan va davom ettirilayotgan izlanishlar
tadqiqotlar va chop etilgan adabiyotlar.
4. Xorijda amalga oshirilgan tadqiqotlar.
Birinchi guruhga oid yaratilgan asarlar XIX asr - XX asrning boshlarida 
O’rta Osiyoga, jumladan Xiva xonligiga turli yillarda kelgan sayyohlar, olimlar, 
harbiylar va boshqa davlat vakillarining yozgan asarlari, mamlakatning o’sha 
davr tarixi, xo’jaligi, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotini o’rganishda asosiy 
manba bo’lib xizmat qiladi.
Bular qatorida N.Murav’yov, M.Ivanin, L.Sobolev, L.Kostenko, A.Kun, 
N.Veselovskiy, G.Danilevskiy, D.Gladishev, X.Vamberi, V.Vel’yaminov- 
Zernov, A.Kaul’bars, A.SHile, Ye.Jelyabujskiy, A.Samoylovich, Grishfel’d kabi 
olim va sayyohlarning esdalik va asarlarini tilga olish mumkin.
Yuqorida nomlari keltirilgan mualliflarning asarlarida XIX asr ikkinchi 
yarmi - XX asr boshlaridagi madaniy muhitning asosi bo’lgan kitobat va 
kutubxona ishiga ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o’zgarishlarning ta’siri bo’lganligi 
haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Rus sharqshunosligida Xiva xonligining siyosiy tarixi, ijtimoiy - iqtisodiy 
munosabatlari, ma’muriy va davlat tuzilishi va boshqa masalalar xolisona 
o’rganilmadi. Rus sharkshunoslari asarlarida bu masala bo’yicha bayon etilgan 
fikrlariga e’tiroz bildirish mumkin. Ayniqsa G.Danilevskiy, N.Murav’yov, 
A.Sobolev, N.Veselovskiy asarlarida Xiva xoni saroy amaldorlari ta’sirida 
bo’lib, o’zining mustaqil fikri yo’q, ertadan kechgacha aysh-ishrat bilan 
shug’ullangan shaxs sifatida kursatilgan, xonlikda 
ma’muriy bo’linish 
bo’lmagan, saroyda hech qanday kengash faoliyat ko’rsatmagan, xonlikda 
harbiy-feodal tuzum qaror topgan, degan salbiy fikrlarni bayon qilganlar.
Xiva tarixchilari Munis, Ogahiy va Bayoniy asarlarida hamda Xiva xonlari 
arxiv hujjatlaridagi ma’lumotlar Xiva xoni Muhammad Rahimxon I (1806-1825) 
davridayoq davlat boshqaruvining ma’muriy-hududiy, moliyaviy, harbiy va 
diniy-ma’rifiy negizlari yaratilganligini, bu esa o’z navbatida, Xorazmda 
davlatchilik rivojida muhim bosqich bo’lganini tasdiqlaydi.


35
L.Kostenko, A.Kaul’bars, A.SHile, Ye.Jelyabujskiy, Grishfel’d kabi 
mualliflarning asarlari XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xiva xonligi aholisi, 
etnik tarkibi, asosiy mashg’ulotlari, xonlikda yashagan xalqlar va ijtimoiy- 
siyosiy, madaniy muhit haqidagi ma’lumotlar bilan qimmatlidir. SHu o’rinda 
A.Kun va A.Samoylovichlarning asarlari va esdaliklari mavzuni yoritishda 
alohida ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchi guruhga kirgan asarlar orasida V.Bartol’d, B.Lunin, P.Ivanov, 
Ya.G’ulomov, 
A.Boltaev, 
M.Yo’ldoshev, 
A.Muhammadjonov 
va 
T.Ne’matov, Q.Munirov, H.Ziyoev,T.To’xtametov, Q.Raxmonov, N.Komilov
48
va boshqalarning ishlarini tilga olish mumkin .
Bu adabiyotlar mavzuni yoritishda 
tahlil qilinib, kerakli 
xulosalar 
chiqarishda yordam berdi .
Uchinchi guruh tadqiqotlarini mustaqillik yillarida yaratilgan asarlar 
tashkil qiladi. SHular orasida Xiva xonligi tarixi bilan bog’liq SH.Vohidov, 
A.Erkinov, M.Rahmonqulova, H.Aminov, D.Nozilov, A.Mirzarahimovlarning 
maqolalarini ham qayd qilish lozim.
Tadqiqot ishining tegishli bo’limlarida ushbu tadqiqotlardan ham 
foydalanib, xulosalar berildi.
Xiva xonligi tarixiga oid ayrim ma’lumotlarni Xorazm tarixchilarining 
asarlaridan ham olish mumkin. Jumladan, A. Abdurasulov, K.Nurjonov, 
K.Xudoyberganov, D.Rahim va SH.Matrasul, N.Qobulov, N.Polvonov, 
P.Yusupovlar bilan birga kutubxona tarixi to’g’risida, A.Kormilitsin,
O.Qosimova Xiva adabiy muhiti borasida, B.Mannonov, S.Hasaniy kabi olimlar

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin