47
polkovnik I.I.Garber rahbarligida Xiva va Buxoroga qo’riqchilar bilan savdo
karvoni jo ’natadi. Unga savdo yo’llari xaritasini tuzish, Xiva va Buxorodagi
iqtisodiy ahvol haqida ma’lumotlar to’plash, Xiva va Buxoroning savdo
aloqalari, ularga bir yilda qanday tovarlar va qancha miqdorda kerakligi haqida
ma’lumotlar to’plash topshirilgan edi. Bundan tashqari, Garberga Hindistonga
borish yo’lini aniqlash, oltin va qimmatbaho toshlar bor joylar haqida
ma’lumotlar yig’ish vazifasi ham yuklangan edi. Lekin 1732-yili yuqoridagi
ko’rsatmalar asosida jo ’natilgan karvon yo’lda qozoq sultoni Botirxon
tomonidan talangani sababli maqsadga erishaolmagan.
SHuni alohida ta’kidlamoq kerakki,
Rossiyaga O’rta Osiyodan
keltirilayotgan tovarlar orasida Eron tangalari ham bo’lgan. Masalan, 1749-yil
Orenburg orqali Astraxanga 14 savdogar 17896 rub.lik 17 partiya tovarlar, shu
jumladan, 10532 rub.lik 15 pud 10 funt og’irlikdagi kumushdan iborat bo’lgan 3
Dostları ilə paylaş: