48
kitoblarida O’rta Osiyodan Rossiyaga keltirilgan tovarlar ro’yxati, tovarlarning
o’lchov miqdori va narxlari haqidagi ma’lumotlarga asoslanib Rossiyaning O’rta
Osiyo bilan savdosida xivalik savdogarlar yetakchi o’rinni egallaganliklariga
umid qilish mumkin. Xivaliklar o’zlari bilan mahalliy tovarlar qatori Eron va
Hindiston tovarlarini ham Astraxanga olib borganliklarini ko’rishimiz mumkin.
Xiva xonligi tarixi va uning qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalari
to’g’risida anchagina ma’lumotlar mavjud. M a’lumotlarning aksariyati Rossiya
tomonidan O’rta Osiyo xonliklarini, Eron va Hindistonni o’rganish maqsadida
jo ’natilgan elchilar va diplomatlar tomonidan yig’ilgan dalillardan iboratdir67.
1734- yili Angliya bilan Rossiya o’rtasida Rossiya orqali sharq mamlakatlari
bilan tranzit savdo yo’llaridan foydalanish haqidagi bitim tuziladi. Bitim
imzolangach, darhol, Rossiya kompaniyasining ingliz vakillari Rossiya orqali
Eronga boradigan qulay savdo yo’llarini qidira boshlaydilar va shu maqsadda
O’rta Osiyo, Ozarbayjon va Eronga bir necha xufiya ekspeditsiyalari tashkil
qildilar.
Shu maqsadda, 1739-yili «Rus kompaniyasi»ning vakillari Djon Elton va
Mungo Gremlar Xiva va Buxoroga jo ’natilgan edi. Lekin Nodirshoxning O’rta
Osiyoga hujumi xavfi haqidagi xabarni eshitgach, ular Astraxandan to’g’ri
Eronga ketishni afzal ko’rishgan. Bu boshlangan ishni yakuniga yetkazish
maqsadida 1740- yil fevralda «Rus kompaniyasi» Xiva va Buxoroga yangi
ekspeditsiya uyushtiradi. Uning tarkibida Georg Tompson va Regnald Xogg
kabi josuslar bor edilar. Ular Xiva va Buxoroda savdo-sotiq sharoitlarini
o’rganishlari kerak edi. Mazkur ekspeditsiya Rossiyaning janubi-sharqiy
chegaralari va Qozog’iston cho’llari orqali yo’lga tushadi. G.Tompson va
R.Xogglarning kundaliklari Eronda bo’lgan «Rus kompaniyasi» savdogari Jonas
Xonvey kitobida nashr qilingan. Bu kitobdan, muallifning va XVIII asrning
birinchi yarmida Eronga kelgan boshqa yevropaliklarning yo’l kundaliklari o’rin
olgan. Ushbu kitobdagi ma’lumotlar XVIII asrning 30-40-yillarida O’rta Osiyo
shaharlari, Ozarbayjon va Erondagi ichki va tashqi savdoning ahvoli, shaharlar
Dostları ilə paylaş: