O ’z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o LI y va o ’rta maxs us t a ’lim



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/47
tarix02.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105996
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47
V a z I r L i g I

68 O ’sha asar. S 124.


50
Buxoroga kelgan G.Tompson savdo aloqalarining ilgarigi davrga 
nisbatan yomonlashganligini ko’radi. U Buxoroda yetishtiriladigan va ishlab 
chiqiladigan mahalliy mahsulot turlari bilan, Buxoro bozorlari va uning tashqi 
savdo aloqalari bilan qiziqadi. G.Tompson buxoroliklarning yevropa tovarlariga 
ehtiyojini o’rganib, 
buxoroliklarning yevropa tovarlariga talabi kamligini, 
movut kabi tovarlardan faqatgina bosh kiyim tikishda foydalanishini aniqlagan. 
U yevropa tovarlarini Buxoro bozorlariga olib kelib, tavakkal qilishdan foyda 
yo’q, degan xulosaga keladi.
G.Tompson Buxoroda boj solig’i olinishiga o’z e’tiborini qaratgan. 
Buxoroda hamma keltiriladigan mollardan 1%, olib chiqiladigan mollardan esa 
10% soliq olingan. Tinchlik davrlarida boj solig’idan keladigan foyda yiliga 
1000 dukatni tashkil qilgan. Xuddi shunday, Xiva xoni xazinasiga tushadigan 
boj solig’i foydasi yiliga 100 dukatgacha yetgan. SHundan ko’rinib turibdiki, 
Xivada Buxoroga nisbatan savdo aylanishi ancha past bo’lgan.
Bu kabi xolatni biz XVI asr o’rtalarida Xiva va Buxoroga kelgan A. 
Jenkinson 
ma’lomotlarida ham 
uchratgan 
edik. 
Bir 
asr muqaddam 
Jenkinsonning bergan fikrini G.Tomson va R.Xogglar ham tasdiklab turibdi. Har 
ikkalasi Buxoro bozorlarida o’zlari olib kelgan movutga xaridor topa 
olishmagan va bu yerda Yevropa tovarlari narxi hu darajada pastki tavakkal 
qilib, xatarli yo’llar bilan tovarlarni olib kelib sotishdan foyda yo’q, degan 
xulosaga kelishgan.
Aftidan, G.Tompson va R.Xogglar ushbu ma’lumotlarning Rossiya orqali 
o’tishini hisobga olib, rus hukumatining va rus sanoat doiralarining diqqatini 
ataylab chalg’itishga uringan ko’rinadi. Mazkur ekspeditsiyadan keyin 
G.Tompson Buxoroga, R.Xogg esa Peterburga qaytib ketadi.
Xuddi shu davrda Ozarbayjon, Eron va Kaspiybuyi viloyatlarining 
o’rganilishi natijasida inglizlar bu xududda savdo qilish foydali deb bilishgan. 
Ular bu xududlardan nafaqat ingliz tovarlari uchun bozor, balki xom ashe 
manbai sifatida foydalanishni afzal ko’rishgan.


51
Yuqorida zikr etilgan D.Elton va M.Gremlarning ekspeditsiyasi o’z 
yo’nalishi bo’ylab vaziyatni o’rganib, ular Mashhadda savdo kontorasini ochib, 
u orqali ingliz mollarini Eron, Afg’oniston, 
Hindiston va O’rta Osiyoga 
tarqatish mumkin degan xulosaga keladilar. Buning uchun tovarlarni Londondan 
Peterburgga, so’ng Astraxan, u yerdan Kaspiy dengizi orqali Astrobod va so’ng 
Mashhadga olib kelishi kerak edi.
SHunday kilib, ekspeditsiyalar natijasida ingliz savdogarlari orzulariga 
erishgan. D.Elton va M.Gremlar Kaspiy dengizi bo’ylarida ingliz savdosini 
kengaytirishdan katta foyda olish mumkin deb hisoblashgan. Hatto Eron shoxi 
Nodirshoxning o’g’li Rizoqulidan «Rus kompaniyasi»ga savdo qilish uchun 
imtiyozlar berish haqida farmon ham olgan edi.
Yuqoridagi ikkita kompaniya vakillarining bergan ma’lumotlarini tahlil 
qilish natijasida ularning bir biriga qarama-qarshi xulosaga kelishgani ma’lum 
bo’ldi. D.Elton bilan M.Grem Volga-Kaspiy savdo yo’li Eronga borish uchun 
juda qulay va bexavotir, hamda bu yerda, Eron va Ozarbayjon viloyatlarida 
ingliz savdosini kengaytirish Angliya uchun katta foyda keltiradi, deb 
hisoblashgan.
SHunisi e’tiborga molikki, XVIII asrda hind savdogarlari Astraxanda ham 
savdo 
qilishgan 
ekan. 
M a’lumotlarda 
hind 
savdogarlarining 
turli 
mamlakatlardan, xususan, Xiva va Buxorodan Astraxanga tovarlar olib 
kelganligi qayd etiladi. Jumladan, 1733-1734-yillarda hind savdogarlari 
Rossiyaga, xususan, Astraxanga Bokudan 126 to’p, Gilyandan 56 to’p, 
Darbanddan 12 to’p, Xivadan 3 to’p va Buxorodan 1 to’p tovarlar; 1744-1745- 
yillarda Gilyandan 50, Bokudan 24, Darbanddan 23, SHemaxadan 1 to’p tovar 
Lar keltirgan. Lekin 1744-1745-yillarda O ’rta Osiyodan hind savdogarlarining 
mol olib kelganligi daftarlarda qayd qilinmagan ekan. XVIII asrning birinchi 
yarmida hindlarning O’rta Osiyo bilan savdo aloqalari biroz kamroq bo’lgan. 
Jumladan, 1737- yil hind savdogarlari Xivadan 1187- rub.lik, 1739-yil 1740 
rub.lik va 1742-yil 1181 rub.lik tovar keltirgan. M a’lumotlarga ko’ra, xiva va 
buxoro ip gazlamalari, paxtasi, oshlangan qo’y terisi va qo’zi terisini Eronda


52
sotib olishgan. Demak Xivadan hind savdogarlarining Xiva tovarlarini kam olib 
kelishining sababi, bu tovarlarni hindlar Erondan sotib olib, so’ng Astraxanga 
keltirilganligi ekan.
Xulosa shulkim, mavjud manbalar, elchi va savdogarlarning ko’rsatmalari, 
elchilarning kundaliklarida e’lon qilingan xabarlar bizga Xiva xonligining tashqi 
iqtisodiy aloqalari to’g’risida muhim ma’lumotlarni berishi bilan hozirgi kunda 
ham o’zining qimmatini saqlab qolmoqda. Keltirilgan dalilalarga asoslanib, 
Xiva xonligi XVI-XVIII asrlarda Buxoro, Eron, Hindiston va Rossiya davlatlari 
bilan qizg’in savdo va diplomatik munosabatlarni yo’lga qo’ygan deyish 
mumkin.


53
2.2 XVIII asrda Rossiya bilan diplomatik m unosabatlar
XVIII asrning birinchi yarmida o'zbek xonliklari o'rtasida o'zaro kurash 
bormoqda edi. Buning ustiga jung'orlar va eronliklar Urta Osiyoga bostirib kirdilar. 
Jung'orlar XVIII asrning birinchi choragi oxirlarida Toshkent va uning atrof joylarini 
egallab, bu yerlarda bir necha yillar davomida xukmronlik qildilar. Ular Farg'onani 
bosib olish uchun ham harakat qildilar. Ammo bu maksadga erisha olmadilar. Ayni 
vaqtda Jung'oriya xonlari Sharkiy Turkistonda xukmronlik qshshoqda edi.
Xullas, XVIII asrning birinchi yarmida Urta Osiyoning ma'lum kismi 
jung'orlar ko'l ostida bo'lib, bu joylardagi savdo va karvon yo'llari shu ko'chmanchilar 
ixtiyorida edi. Shuning uchun ham Jungoriya xonlari o'rta osiyolik ba'zi savdogarlar 
orkali Sibir bilan bevosita savdo qilganlar va katta daromad olganlar.
XVIII 
asrning ikkinchi yarmida Buxoro va Xiva xonlikla-ri siyosiy va iktisodiy 
jihatdan ancha o'sdi. Shaharlarda savdo-hunarmandchilik ko'tarildi, ichki va tashki 
savdo ancha kuchaydi. Irrigatsiya ishlari kengaydi va, hatto, ko'chmanchi-lar ham 
o'troqlasha boshladi. Tovar-pul munosabatlari rivojlanib, qo'shni mamlakatlar, birinchi 
galda, Rossiya bilan aloqalar kuchaydi.Bu vaqtlarda Toshkent, Farg'ona va shu kabi 
shaxarlarning rivojlanishi Urta Osiyo hayotida muhim axamiyatga ega edi. Chunonchi,
XVIII asr oxirlariga kelib, Toshkentda mustakil hokimiyat tashkil topdi va bu shahar 
Urta Osiyoning yirik savdo-hunarmandchilik markaziga aylanib bordi. Fargonada ham 
ishlab chiqarish kuchlari birmuncha jonlanib, u yerdagi rayonlarning o'zaro 
alokalarikuchayib bordi.Natijada Fargonada Kukon xonligi tashkil topdi. Uzbek 
xonliklari Rossiya bilan aloqani kuchaytirishdan yafaatdor bo'lganligi uchun XVIII asr 
davomida savdo va elchilik munosabatlarini 
rivojlantirib borishni 
so'rab, birr 
necha marta o'z elchilarini rus davlatiga yubordilar. Bu davrda Rossiyada ishlab 
chiqarish kuchlari o'sib, milliy sanoat tashkil topdi, ichki va tashqi savdo kuchaydi. 
Qishlok xujaligida ekin maydonlari kengaydi va yangi ekin turlari yetishtirildi.
Rus xukumati savdoni rivojlantirish va mahalliy savdogarlarni rag'batlantirish 
uchun tadbirlar ko'rdi. Natijada Rossiyaning ichki savdosi bilan bir katorda, uning chet 
davlatlar bilan aloqasi kuchaydi. Masalan, XVIII asrning 60-yillarida Rossiya tashqi


54
savdosining yillik miqdori 21,3 milliok so'mga yetgan bo'lsa, 90-yillarida 109,6 
million so'mni tashkil etdi. Bu bilan bir katorda, Rossiyaga kelti-riladigan mollarga 
nisbatan u yerdan olib ketiladigan mol-lar mikdori ko'p bo'lgan. Bu vaqtlarda 
Rossiyadan G'arbiy YEvropaga, asosan, qishloq xo'jalik mahsulotlari hamda zi- 
g'irpoya gazlamasi, charm va yog'och chiqarilgan.Rossiyaga G'arbiy YEvropadan esa, 
asosan, yuqori tabaqa kishilari ehtiyoji uchun ketadigan movut, jun va ip gazla-malar, 
metall asboblar va ipak mollar keltirilardi. Ayni zaqtda Urta Osiyodan Rossiyaga keng 
mehnatkash ommaga zarur bo'lgan turli mollar olib ketilardi. Bu mollarning evaziga 
esa Rossiyadan Urta Osiyoga tayyor mahsulotlar olib kelinardi. Bu davrda rus davlati 
savdo va elchilik munosabatlari-ni kuchaytirish yo'li bilan Urta Osiyoning ichkarisiga 
yakinlashib borish siyosatini asta-sekin amalga oshira bordi. Shu nuqtai nazardan 
Qozog'iston yerlarida bir qator harbish qal'alar barpo etildi.
Rus davlati ayni vaktda Urta Osiyodagi tabiiy boylik-lardan foydalanishga 
harakat qildi. Bunga Rossiyaning cheg mamlakatlar bilan uzluksiz urush olib borishi 
natijasida xarajatlarning nihoyatda oshib ketishi sabab bo'lgan edi. Shuning uchun xam 
Pyotr I senatga: «Pulni imkon boricha ko'i yig'ish kerak, hozir pul urushning qon 
tomiridir»,— deb ko'r-satma bergan edi1. Davlat xarajatlarini oltin va kumur konlarini 
qidirib topish bilan qoplash maqsadida mamlakatkatda ekspeditsiyalar uyushtirildi. Bu 
bilan chegaralanmay. Urta Osiyodagi oltin va kumushdan foydalanish uchun maxsus 
ekspeditsiyalar tashkil etildi. Shaxsan Pyotr I ning farmo-niga muvofik, 1715-yilda 
podpolkovnik Ivan Buxgolts bosh-chiligida katta harbiy otryad oltin qidirib topish 
uchu1 Tobolskdan Yorkentga jo'nadi. Bu otryad Yamishev ko'liga kelib, tayanch 
punkti sifatida harbiy qal'a qura boshladn* Ko'p o'tmay, rus otryadiga jung'orlar 
hujum qildi. Uch oylik kamaldan so ng rus askarlari chekinishga majbur bo'ldj.1 
Shundan so ng Ivan Buxgolts Om daryosining Irtish daryosiga quyiladigan joyida 
1716-yshga Omsk qal'asini barpo etdi.
Ivan Buxgoltsga oltin qidirishdan tashqari, 
Yamishe» orqali 
savdoni 
rivojlantirish imkoniyatlarini 
aniqlash vazifasi yuklatilgan edi. Ammo bu harakat 
jung'orlar shiligi natijasida amalga oshmadi. Pyotr I Bekovich-CHerkya skiy 
boshchkligida ikkinchi ekspeditsiya tashkil etdi3. ekspeditsiyaning tashkil qilinishiga


55
Amudaryoning eski (yo'lida oltin mavjudligi haqida turkman Hoji Nafasni bergan 
ma'lumoti sabab bo'lgan edi. Ammo Bekovich CHerkaskiy boshchiligidagi 
ekspeditsiyaning maqsadi oltin qidirishdan tashqari, Xiva va Buxoro xonliklarini 
Rossiya qramligiga o'tishga ko'ndirish, Kaspiy dengizi sharqiy qirg'og'ida qal'a qurish 
va Amudaryoni Kaspiy dengiziga quyiladigan eski yo'liga burish choralarini ko'rish 
edi. Bundan maqsad Kaspiy dengizi orqali O’rta Osiyoga suv yo'lini ochish zdi.
Bekovich-CHerkasskiyning ekspeditsiyasi Kaspiy dengizidan Xiva tomon bordi. 
Bundan xabardor bo'lgan Xiva xoni o'z ko'shini bilan uning qarshisiga chiqib urush 
boshladi. Dastavval, xivaliklar mag'lubiyatga uchragan, lekin keyin hiyla ishlatib 
ekspeditsiya askarlarining deyarli hammasini kirib tashlagan.
Shu 
ravishda, 
Urta 
Osiyoga 
xarbiy 
zkspeditsiyalarni 
yuborish 
muvaffakiyatsizlik bilan tugallangan edi. Ammo bu hol Urta Osiyoning Rossiya bilan 
savdo aloqalariga putur yetkazmay, har ikki tomon Astraxan va Sibir orqali o'zaro 
aloqalarii davom ettirib bordilar. Pyotr I Urta Osiyoda Rossiyaning ta'sirini 
kuchaytirishga va, xatto, imkon bo'lsa, o'zbek xonliklarini bo'ysundirib olishga harakat 
kilgan.
XVIII 
asrda Rossiya O’rta Osiyo xonliklari bilan yakin savdo aloqalari 
o’rnatishga jadal kirisha boshlaydi. Bu davrda dengiz savdosining ahamiyati 
ortib bora boshlaydi. 
Savdogarlar Astraxandan Kaspiy dengizi orqali 
Mangishloqqa, u yerdan quruqlik bilan Urganch, Xiva va Buxoroga borishgan.
O’rta Osiyodagi agrar masalalar bilan shug’ullangan Ye. Zelkina o’rta 
asrlar boshlarida Yevropa bilan Hindiston o’rtasidagi savdo aloqalarida O’rta 
Osiyoning alohida o’rni bo’lganligi, bu davrda savdo-sotiq juda ham gullab 
yashnaganligi, ammo, XVI-XVII asrlarda bu savdo bir oz sekinlashgan bo’lsa,
XVIII asrda yana jonlanish sezilganligini ta’kilaydi. Muallif o’rta asr 
bozorlaridagi qul savdosiga ham e’tiborini qaratgan. Qulchilik bozori ko’proq 
Xivada bo’lganligi extimol. Zelkina ma’limotiga ko’ra, Xivaning katta 
bozorlarida 200 tagacha qullar bo’lgan, O’rta Osiyoda qullar mehnati samarasiz 
bo’lib, ular asosan uy ishlarida va dalalarda ishlatilgan. U Xiva va Buxoroning


56
Eron bilan chit, movut va qullar orqali qizg’in savdo qilganligini ta’kidlaydi69.
XVIII 
asrning 40-yillari oxirlaridan Erondagi ichki vaziyatning og’irligi 
va g’alayonlar hind savdosiga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatgan. Eronda 
xonavayron bo’lgan hind savdogarlari endilikda e’tiborlarini O’rta Osiyo 
savdosiga qaratishga majbur bo’lgan. Avvallari unchalik rivojlanmagan hind 
savdosi, XVIII asrning ikkinchi yarimida muntazam davom etadigan va keng 
miqyosda olib boriladigan bo’ldi.
Demak, birinchidan, Xiva xonligi Eron bilan savdo aloqalari o’rnatgan 
bo’lgan, ikkinchidan xiva tovarlari hind savdogarlari qo’li bilan Rossiyaga olib 
borilgan, uchinchidan hindlar Eron orqali Xiva-Rossiya savdosida vositachi 
rolini bajargan.
XVIII-XIX asrlarda Xiva xonligi muayyan dinamik taraqqiyot bosqichiga 
erishgan edi. Qo’shni Buxoro amirligi, Qozoq juzlari va 
bebosh turkman 
urug’larining murakkab o’rovi sharoitida bo’lishiga qaramay, xonlikda ba’zi 
stabil holatlar kuzatiladi. 
SHu davrda Xiva o’zining tashqi 
savdo 
munosabatlariga ham katta ahamiyat bergan. Lekin to’plangan materiallar shuni 
ko’rsatadiki, Xivaning tashqi iqtisodiy munosabatlari ko’proq Rossiya va u 
orqali g’arb mamlakatlari tomon intilgan. 
Xuddi shuningdek, G’arb 
mamlakatlarining, xususan, Angliyaning Xivaga qiziqishi va u orqali Eronga 
chiqish tendentsiyasi paydo bo’lgan. Aslida bu intilish XVI asrdan boshlab 
kuzatiladi. Masalan, Angliyaning Moskvada tashkil etilgan savdo kompaniyasi 
Ioan Grozniy yorlig’i bilan A.Jenkinson rahbarligidagi savdo ekspeditsiyasiga 
sabab bo’lgan.
Bu o’rinda Xivaning sharq mamlakatlari bilan 
savdo munosabatlari 
qanday kechgani masalasi yetarli darajada ma’lumotlar bilan ta’minlangan 
emas. Bu haqda XVI-XIX asrlar orasida Xivaga kelgan ko’plab savdo karvon 
ekspeditsiyalari 
tomonidan 
berilgan 
hisobotlardagi 
ma’lumotlargagina 
tayanilishi 
mumkin. 
SHu 
bilan 
birga 
Xivaga 
jo ’natilgan 
G’arb 
mamlakatlarining, xususan, Rossiya va Angliyaning XVIII-XIX asrlar

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin