Vol. 25 (2022):
Miasto Przyszłości
172
Miasto Przyszłości
Kielce 2022
Impact Factor: 9.2
ISSN-L: 2544-980X
Ashtarxoniylar Davrida Davlat Tizimi, Boshqaruvi va Madaniy
Hayot
Ahmadjonov Ahrorbek
1
Annotatsiya:
Ashtarxoniylar davrida yerga egalik qilishning, ilgarigi asrlarda amalda bo’lganidek
mulki sultoniy,
xususiy mulk, vaqf yerlari shakllari mavjud edi. Mulki sultoniy davlat yerlari hisoblanib,
undan keladigan daromad xon
xazinasiga kelib tushardi. Davlat yerlaridan o’sha joylarda yashagan dehqonlar foydalangan,
ular yerni ishlatib, olingan
hosildan xiroj solig’i to’laganlar. Xon davlat tasarrufidagi yerlarni, aholi yashaydigan qishloqlarni shahzodalarga, yirik din
ulamolari va sayyidlarga suyurg’ol shaklida,
harbiy qism boshliqlari, saroy amaldorlariga tanho shaklida in’om qilardi.
Suyurg’ol qilingan katta yer egalari xon xazinasiga soliq to’lamas edi.
Kalit so’zlar:
Ashtarxoniylar, mulki sultoniy, xususiy mulk, vaqf yerlari, „Mulki xurri xolis”, Buxoro, Samarqand,
Qarshi, Toshkent, Balx
Ashtarxoniylar davrida davlat tizimi va boshqaruvi o’z tuzilishi, mohiyati jihatidan shayboniylar davridagidan deyarli farq
qilmas edi. Davlatning ichki va tashqi siyosatiga doir masalalar rasman oliy hokimiyat boshlig’i Xon ixtiyori bilan hal
qilinardi. Markaziy va mahalliy hokimiyat boshqaruvida ham shayboniylar davrida amalda bo’lgan lavozimlar saqlanib
qolgan. Ashtarxoniylar davrida saroy qutlovi davlat lavozimi joriy etilib, u davlat mablag’i hisobiga amalga oshiriladigan
qurilish, suv inshootlari barpo etish va obodonchilik ishlarini boshqargan. Buxoro xonligi ma’muriy jihatdan viloyatlarga,
viloyatlar tumanlarga bo’linib boshqarilgan. Viloyat hokimlari xon tomonidan tayinlangan. Harbiy sohada doimiy qudratli
harbiy qo’shin, markaziy harbiy qo’mondonlikning yo’qligi, qo’shinning zamonaviy qurol-yarog’lar, zambaraklar bilan
ta’minlanmaganligi Buxoro xonk’gining harbiy jihatdan o’ta zaiflashuviga olib keldi.
Ashtarxoniylar davrida yerga egalik qilishning, ilgarigi asrlarda amalda bo’lganidek mulki sultoniy, xususiy mulk, vaqf
yerlari shakllari mavjud edi. Mulki sultoniy davlat yerlari hisoblanib, undan keladigan daromad xon xazinasiga kelib
tushardi. Davlat yerlaridan o’sha joylarda yashagan dehqonlar foydalangan, ular yerni ishlatib, olingan hosildan xiroj
solig’i to’laganlar. Xon davlat tasarrufidagi yerlarni, aholi yashaydigan qishloqlarni shahzodalarga, yirik din ulamolari va
sayyidlarga suyurg’ol shaklida, harbiy qism boshliqlari, saroy amaldorlariga tanho shaklida in’om qilardi. Suyurg’ol
qilingan katta yer egalari xon xazinasiga soliq to’lamas edi. Tanho shaklida in’om qilingan yerlar tanhodorning xususiy
mulki bo’lmay, o’sha yerlarda ishlayotgan dehqonlardan soliq olish huquqi berilar edi.
Xon ayrim shaxslarga hukmdorga ko’rsatgan alohida xizmatlari uchun ham yer-mulklar in’om etardi.
Bunday mulklar
soliqlardan ozod qilinardi va shu boisdan ular „Mulki xurri xolis” deb atalardi. Xususiy mulkchilik tobora kuchayib bordi.
Xon tomonidan davlat yerlarini soliqqa tortmaslik sharti bilan yirik boylar va saroy amaldorlariga sotish hollari ham yuz
berdi. Xususiy mulk egalari u yerlarda o’zlari ishlamas edi, yersiz dehqonlarga ijaraga berib, ularni zo’ravonlik bilan
ishlatib, katta daromad olardilar. Diniy mahkamalarga mulki sultoniy
hisobidan berilgan u yerlar, masjidlar, xonaqohlar,
qabristonlar vaqf mulki hisoblanardi. Vaqf mulkidan ham soliq olinmas edi. Ko’chmanchi chorvador qabilalar ham katta-
katta yerlarni egallab, o’troqlashib, dehqonchilik bilan shug’ullanadigan bo’ldilar. Natijada Qo’ng’irot, Mang’it, Nayman,
Do’rmon va boshqa aholi yashaydigan yirik manzilgohlar vujudga keldi.
Tinimsiz urushlar, qabila boshliqlari va amirlar o’rtasidagi ichki kurashlar mamlakat iqtisodiy hayotini, aholining moddiy
turmushini ayanchli ahvolga tushirdi. Sug’oriladigan yerlarda bug’doy, афа, jo’xori, loviya, mosh, sholi, paxta, savzavot va
poliz ekinlari ekilgan. Dasht va tog’oldi lalmi yerlarda ham boshoqli ekinlar, kunjut, tarvuz, qovun ekilib,
dehqonchilik
qilingan. Dehqonchilik mamlakat iqtisodining butunlay inqirozga tushib qolishidan saqlab turgan asosiy omil bo’lib,
aholining oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilgan. Imomqulixon davrida, 1614 - 1615- yillarda
Qashqadaryodan Qarshi cho’liga kanal qazilgan. 1633 - 1634- yillarda Qo’shqo’rg’onda kanal qazilib, vohalarga suv
chiqarilgan. Biroq ashtarxoniylar davrida suv inshootlari qurilishiga yetarli e’tibor berilmadi.
Chorvachilik ham qishloq
xo’jaligining yetakchi tarmog’i bo’lgan. Mehnatkash aholi chorva mollarini boqib, go’sht, sut mahsulotlari yetishtirgan.
Ammo katta yaylovlar xon, saroy amaldorlari, din peshvolari, qabila boshliqlariga tegishli bo’lib, ming-minglab qo’ylar,
podalar, yilqilar, tuyalar boqilardi. Jun, ten va boshqa chorvachilik mahsulotlari yetishtirilar, ichki va tashqi bozorda sotilar
edi.
1
Andijon davlat universiteti, Tarix fakulteti 3-kurs talabasi