Vol. 25 (2022): Miasto Przyszłości



Yüklə 306,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix21.10.2023
ölçüsü306,45 Kb.
#159221
1   2   3
172-174 Ashtarxoniylar Davrida Davlat Tizimi, Boshqaruvi (2)

Vol. 25 (2022): 
Miasto Przyszłości
 
173 
Miasto Przyszłości 
Kielce 2022 
Ho’kizlardan yer haydashda, omoch va mola tortishda keng foydalanilar edi. Hunarmandchilik mahsulotlari asosan 
shaharlarda, qisman yirik qishloqlarda yetishtirilar edi. Hunarmandchilikning to’qimachilik tarmog’ida ip yigirish, 
gazlamalar tayyorlash, tayyor kiyimlar tikish, gilam to’qish, kashtachilik ancha rivojlandi. Hunarmandchilikning 
kulolchilik tarmog’i ham rivoj topadi. O’lkada sog’ tuproq manbalarining ko’pligi sopol va chinni idishlar, ko’za, kosa va 
boshqa tayyor kulolchilik mahsulotlari tayyorlashga imkoniyat berardi. Metall va yog’ochga 22 ishlov berish orqali uy-
ro’zg’or buyumlari tayyorlash, binolar qurilishida yog’och va ganch o’ymakorligi kabi hunarmandchilik tarmog’i ham 
ancha o’sdi. Buxoro va Samarqandda yuqori sifatli yozuv qog’ozi ishlab chiqarish, tog’li hududlardan nodir metallar, kaliy 
qazib olish ham yo’lga qo’yilgan. Buxorolik hunarmandlar 200 ga yaqin kasb turlari bilan shug’ullangan. XVII - XVIII 
asrlarning birinchi yarmida savdo-sotiq ishlari ham bir qadar o’sib bordi. Savdo-sotiq ishlarida Buxoro, Samarqand, Qarshi, 
Toshkent, Balx va boshqa yirik shaharlarning mavqeyi baland edi. Ichki savdoda dehqonchilik, chorvachilik 
mahsulotlariga, hunarmandchilik buyumlariga ehtiyoj kattaligi sababli bozorlar gavjum bo’lardi. Tashqi savdo ham to’xtab 
qolmadi. Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Qashg’ar, Turkiya mamlakatlariga paxta, teri, jun, turli matolar va boshqa 
qishloq xo’jalik mahsulotlari chiqarilar edi. Buxorolik savdogarlarning Sibir shaharlarida o’z savdo rastalari bo’lgan.
Xitoydan shoyi matolar, chinni idishlar, dori-darmon, choy, Hindistondan qimmatbaho toshlar, matolar, oltin iplar olib 
kelib sotilgan1 . Ashtarxoniylar davrida davlat xazinasini boyitishning yagona usuli soliq deb hisoblangan. Shu boisdan 
soliqlar turi va miqdori ko’paytirilgan. Asosiy soliq to’lovchi raiyat — dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar, savdogarlar 
bo’lib, ulardan xiroj, zakot, ixrojot, boj va boshqa soliqlar undirilgan. Soliqlardan tashqari aholi kanallar qazish, ariqlarni 
tozalash, qurilish va boshqa ishlarga majburan jalb etilardi. Urush yillarida soliq miqdori haddan tashqari oshirilardi. 
Subhonqulixon davrida raiyatdan 7 yillik soliqlarni birdaniga yig’ib olish hollari bo’lgan.
Ubaydullaxon esa aholidan yig’iladigan soliqlar miqdorini 4 baravarga ko’paytirgan. Ubaydullaxon 1708- yilda pul islohoti 
o’tkazib, tarkibining 35 foizini kumush tashkil etuvchi tangalar o’rniga, tarkibida 9 foiz kumush bo’lgan tangalarni zarb 
ettiradi va uning qimmatini oldingi tangalarga teng deb belgilaydi. Natijada pulning qadri 4 baravar kamayadi, norozilik 
kuchayib, do’kondor va hunarmandlar o’z mahsulotlarini sotmay qo’yadi, do’konlar yopiladi, savdo-sotiq ishlariga katta 
zarar yetadi. Muhammad Amin Buxoriyning „Ubaydullanoma” asarida „Oddiy xalq va kambag’allar mushkul ahvolda 
qoldilar, kundalik yeyish-ichishdan mahrum bo’ldilar, hatto kafan uchun mato topolmay,jonlarini xudoga topshirdilar”, deb 
yozilgan edi. Bunday ahvolga chiday olmagan xalq 1708- yilda Buxoroda qo’zg’olon ko’taradi. Qo’zg’olonchilar xon 
saroyiga yaqinlashib, saroyni o’rab oladilar. Ark darvozasiga tosh yog’dirib, xonni haqoratli so’zlar bilan badnom qiladilar. 
Qo’zg’olon bostiriladi, yangi tangalar qimmati ikki baravarga tushirilib, do’konlar qayta ochiladi. 1712- yilda Samarqandda 
qo’zg’olon ko’tarilib, xalqqa zulm va zo’ravonlik qilayotgan kenagas qabilasidan qo’yilgan Sulton To’qsabo shahardan 
haydaladi. XVIII asrda Balx, Karmana, Miyonqol, Shahrisabz va boshqa viloyatlarda ham xalq qo’zg’olonlari ko’tariladi. 
Biroq qo’zg’olon tartibsiz, tarqoq holda bo’lganligi uchun tezda bostiriladi. Xalq qo’zg’olonlari Buxoro xonligi siyosiy 
tartiblarining istiqboli yo’qligini yaqqol ko’rsatdi va uni yanada zaiflashtirdi.
Ashtarxoniylar davrida avj olgan ichki ziddiyatlar, tinimsiz urushlar, siyosiyparokandalik ma’naviy-ma’rifiy, madaniy 
hayotga salbiy ta’sir etdi. Biroq bunday murakkab siyosiy vaziyat maorif, ilm-fan, madaniyat rivojini to’xtatib qololmadi. 
XVII - XVIII asrlarda shahar va qishloqlarda ko’plab maktab (maktabxona)lar faoliyat ko’rsatgan. O’g’il va qiz bolalar 
alohida alohida maktablarda o’qitilgan. O’g’il bolalar maktablari masjidlar, madrasalar, korxonalar qoshida yoki xususiy 
maktabdorlar xonadonlarida tashkil etilgan bo’lib, masjid imomi yoki madrasani tugatgan ziyoli kishilar o’qituvchilik 
qilgan. Ularni domla deyishgan. Qiz bolalar maktablari badavlat kishilar yoki o’qituvchi ayollar uylarida tashkil etilgan, 
qizlarni otinoyi, otinbibi, bibixalifa,bibiotin deb atalgan ayol o’qituvchilar o’qitishgan. Maktablar xarajati va domlalarning 
maoshi vaqf mulkidan tushgan daromadlar hamda o’quvchilarnmg ota-onalari tomonidan o’qish uchun to’langan 
mablag’lar hisobidan qoplangan.
Yetim-yesirlar bepul o’qitilgan. Bolalar maktabga 6 - 7 yoshdan berilgan va 5 - 8 yil davomida ularga boshlang’ich ta’lim 
berilgan. O’quvchilarga avval harflar o’rgatilgan, keyin bo’g’inlar, ularni qo’shish orqali so’z tuzish, «Haftiyak» („Qur’oni 
Karimning yettidan biri”) kitobini o’qish o’rgatilgan. Hisob darsida sonlar, ularni qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish 
amallari o’rgatilgan. O’quvchilar Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Mashrab, Hofiz Sheroziy, So’fi Olloyor asarlarini, „Chor kitob”ni 
o’qib saboq olganlar. Qizlar maktablarida uy-ro’zg’or tutish, pazandachilik, odob-axloq, pokizalik sirlarini o’rganishga 
ko’proq o’rin berilgan. Bolalar o’qishni to’liq o’zlashtirib olganlaridan keyingina yozishga o’tganlar. Bolalarga kitoblardan 
ko’chirib yozish, mustaqil ravishda duoyi salom xati, ish yuzasidan turli ma’lumotlar yozish malakalari o’rgatilgan. 
Maktablarda imtihonlar bo’lmagan, o’quvchilarga maktabni bitirgani to’g’risida hujjat ham berilmagan. Bolaning ravon 
o’qishi, to’g’ri yoza olishi, hisob-kitobni bilishi maktabni bitirganligiga guvoh bo’lgan. Madrasa o’rta va oliy o’quv yurti 
hisoblangan. Madrasaga maktabxonalarni tugatganlar qabul qilingan. Madrasa ta’limi talabalar iqtidoriga qarab 7 - 12 yil 
davom etgan. Buxoro xonligi shaharlarida 150 dan ortiq madrasa bo’lgan. Madrasada arab, fors tilida yozilgan kitoblar 
o’qitilgan, ular talabalarga mudarris tomonidan turkiy tilda sharhlab berilgan. O’qish „Avvali ilm” deb nomlangan fors 
tilidagi o’quv qo’llanmasini o’zlashtirishdan boshlangan. Keyin arab tili grammatikasi o’qitilgan1 . Fiqh (huquq) kursi 
majburiy kurs hisoblangan.
Madrasalarda umumta’lim kurslaridan falakiyot, handasa, tibbiyot, kimyo, tarix, jug’rofiya, adabiyot, araz ilmi, 
me’morchilik asoslari, xattotlik, musiqa, axloq, notiqlik kabi fanlar o’qitilgan. Talabalardan Imom al-Buxoriy, Abu Mansur 
Moturidiy, Marg’inoniy asarlarini, jami 137 darslik va o’quv qo’llanmalarini o’zlashtirish talab etilgan. Diniy mutaassiblik, 
xalq ommasidan diniy aqidalarga so’zsiz itoat etish talablarining kuchayishi ilm-fan ravnaqiga salbiy ta’sir etdi. Shunga 
qaramasdan ilm-ahllari ijodi batamom to’xtab qolmadi. XVII asrning taniqli olimi, Mir Arab madrasasi mudarrisi 
Muhammad Sharif Buxoriy (1609-1697) falsafa, tasavvur, tarix, fiqh, tilshunoslik, astronomiya sohasida 20 dan ortiq 



Yüklə 306,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin