67
bilan Astrobod oralig’i karvon uchun xatarli bo’lganligi
sababli savdo karvonlari
74
Kaspiy dengizining sharqiy qirg’oqlari bo’ylab yurgan .
XIX
asrning 30-yillari boshlarida O’rta Osiyo bozorlarida ingliz va rus
tovarlari o’rtasidagi raqobat tobora kuchaya boradi.
SHu davrlarda ingliz
tovarlari Afg’oniston orqali O’rta Osiyo xonliklariga, rus tovarlari esa O’rta
Osiyo xonliklari orqali Afg’onistonga ko’proq kirib kela boshlaydi.
Natijada
afg’on savdogarlari xalqaro savdo munosabatlariga tobora keng jalb qilina
boshlangan. A.Borns xabariga ko’ra, afg’on savdogarlari
rus yarmarkalariga
ham tashrif buyurishgan. Buxoro savdogarlari afg’on savdogarlarining ingliz
75
tovarlarini O’rta Osiyo bozorlariga olib kelayotganligidan narozi bo’lishgan .
1838-yilda Qandahor, G’azna, Kobul, Qunduz, Balx,
Buxoro kabi Xiva
karvonsaroylari ham nil bo’yog’iga to’lib ketgan. M a’lumotlarga ko’ra 1838-yil
Buxoro bozorlarida nilning pudi ikki tillo-yu to’rt yoki besh tangadan sotilgan.
Lekin o’sha yillardagi bo’yoqlar sifati avvalgilardan ancha past bo’lgan ekan.
SHuning uchun nilning narxi tushib ketgani rost emish. Bundan avg’on
savdogarlari sezilarli zarar ko’rishgan. 1838-yili har bir tuya yukdan (16 pud) bir
tillodan zarar ko’rilgan ekan76.
Orenburg general-gubernatori Perovskiy ham afg’on savdogarlarining
Buxoro va Xivaga ko’plab ingliz tovarlarini olib kelayotganligini e’tirof qilib,
ularni rus tovarlariga nisbatan ancha past narxlarda
sotayotganligidan mamnun
bo’lgan. Biroq, shunga qaramasdan ingliz tovarlarining xaridorlari kam. Buning
sababi afg’onlar ingliz tovarlarini Buxoro
va Xiva tovarlariga ayirbosh
77
qilmasdan, faqat naqd pulga sotishadi, deb ta’kidlagan edi .
Afg’onistonning ichki va tashqi tranzit savdo aloqalarida mamlakatda
yashovchi afg’on
savdogarlari kabi tojiklar, hindlar va eronlik savdogarlar katta
rol o’ynagan. Ko’chmanchi afg’on qabilalari hisoblangan
povinda vositachi
rolini bajargan. Elfinston ma’lumotiga ko’ra, povinda orasida XIX asr
Dostları ilə paylaş: