O ’z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o LI y va o ’rta maxs us t a ’lim


 Гильмерсен Г. Хива в нынешнем своем состоянии. Выр. «Отечественные записки». 1840. с. 105



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/47
tarix02.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105996
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
V a z I r L i g I

78 Гильмерсен Г. Хива в нынешнем своем состоянии. Выр. «Отечественные записки». 1840. с. 105.
79 O ’sha asar.b. 117, 121.


69
qulay ekanligini e’tirof qila turib, yana Xivaning cho’l zunasida joylashganligi 
uchun o’zining mahsulotari bilan keng savdo qilolmaydi, deb qo’shib qo’yilgan. 
Xiva Rossiyaga boradigan hamma qisqa savdo yo’llari kesishgan joyda 
joylashgani uchun Osiyo tovarlari uchun ombor vazifasini o’taydigan joy bo’lib 
qolgan. Sartlar Osiyoning turli joylaridan tovarlar sotib olib, ularni Orenburg va 
Astraxanga yetkazib bergan va u yerda o’z tovarlarini yupqa movut, barxat, 
kumush, tillo, qand, igna, ustara, pichoq, yupqa bo’z, ko’zgu, qog’oz, mis, 
qo’rg’oshin va cho’yan idishlar, hamda boshqa Yevropa tovarlariga ayirbosh 
qilgan80.
1840-yillarda Buxoroda bo’lgan Xanikov Buxoroning Xiva bilan savdo 
munosabatlari haqida ma’lumotlar qoldirgan. Amudaryodan yozda o’tish 
qiyinligi sababli Buxoro Xivaga kuzning oxirlari va qishda savdo karvonlari 
jo ’natgan. Xivadan Buxoroga asosan olma va oshlanmagan teri keltirilgan. 
Muallifning yozishicha, faqat shu ikki tovar bilan Buxoroda savdoni davom 
ettirish qiyin, shuning uchun xivaliklar Orenburgdan cho’yan va teri
buyumlarini ko’proq sotib olib Xivaga keltirishgan. Rus metal buyumlarining
81
bir qismi Buxoroga ham olib borilgan .
Xiva xonligi haqidagi ma’lumotlardan biri 1843- yili «Manufaktur i 
torgovlya» jurnalida nashr qilingan maqola hisoblanadi. Unda yozilishicha, 
Rossiya, Eron, Qo’qon va Buxorodan metal buyumlar: qo’rg’oshin, miss, temir, 
cho’yan oladi. Xiva tovarlari tuya va kemalarda suv yo’li orqali Rossiya, Eron 
va Buxoroga olib borilgan.
Maqolada 1837 -1838-yillardagi tillo va kumush tangalar kursining 
muntazam o’zgarib turishi haqida ma’lumot beriladi. Xabardan Xivada 
muomalada bo’lgan pullar kursi haqidagi ma’lumot ham o’rin olgan. Unda 
yozilishicha Xivada tillo pul zarb qilingan. 1 tillo 26-35 tanga yoki 15 rub.ga 
teng kelgan, 2 tanga (kumush pul) 1 abbosiy chaqaga teng kelgan, 1 abbosiy 1 
rub.ga tenglashtirilgan. Demak, 1 tillo qiymat jihatidan 15 rub.ga mos kelsa, u

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin