32
kabi tarixiy asarlar yozgan. Ularda 1813-1872-yillar oralig’idagi xonlik hayoti,
yirik siyosiy arboblar to’g’risidagi ma’lumotlar xronologik tarzda mohirona
joylashtirilgan43.
“Munis va Ogahiyning asarlari adabiy hamda tarixiy asar sifatida biroz
nuqsonlari bo’lsa-da,-deb yozgandi V.V.Bartol’d,-bu asarlar bayonotining
mukammalligi va haqiqiy materiallarning miqdori jihatidan Buxoro va Qo’qon
xonliklarining tarixiga doir bizning davrimizgacha saqlanib kelgan hamma
asarlardan ustun turadi”44.
Xiva xonligi tarixini to’laqonli yoritishga intilgan muarrixlar orasida,
shubhasiz, Muhammad Yusuf Abdulkarimbek o’g’li Bayoniy yuqori
o’rinlardan birini egallaydi.
1911 -yilda Xiva xoni Asfandiyorxon amaldor Avazberdi eshon o’g’li
Tolib xo’ja tavsiyasi bilan Bayoniyga buyuk Munis va Ogahiydan meros qolgan
ishlarni davom ettirish hamda xonlik tarixini yangi avlod tushunadigan tilda
yozishni buyuradi. Natijada 1914-yilda 16 bobdan iborat katta tarixiy asar
yaratiladi45. Unda
bashariyatning vujudga kelishidan tortib, to XX asr
boshlarigacha bo’lgan davrda Xorazm zaminida ro’y bergan voqealar aks
ettiriladi. Keyinchalik muallif o’z izlanishlarini davom qildirgan bo’lsa-da,
ammo 1923-yildagi vafoti oqibatida, mo’ljallagan rejalari amalga oshmasdan
qolgan. Bayoniyning 508 varaqdan iborat “SHajarayi Xorazmshohiy” asari
qo’lyozmasini o’rgangan
M.Yo’ldoshev shunday deb yozgandi: “Bu asar
bayonotining mukammalligi va haqiqiy materiallarning ko’pligi jihatidan Munis
va Ogahiyning ko’p tomlik qo’lyozmalaridan ko’p marta ustun turadi”46.
“Xonlar tarixi”, “Sayyid Muhammadxon tarixi”, “O’rta Osiyo”, “Xivada
osori-atiqalar tarixi”, “Xorazmning ta’rifi”, “Xiva shahri va uning atrofining
Dostları ilə paylaş: