I V B O B
N U Q T A N I N G K U C H L A N I S H H O L A T L A R I
Mavzu mazmuni. Mazkur bob materiallar qarshiligi fanining asosiy
(markaziy) mavzularidan biri bo‘lib, bunda nuqtaning turli kuchlanish holat-
lari tahlil etiladi. Bir nuqtaning turli tomonlarida kuchlanishlar turlicha
boMishiga nazar tashlaymiz. Uch xil kuchlanish holati uchun kuchlanishlar
formulalarini chiqaramiz, misollar keltiramiz.
Nuqtaning kuchlanish holatlari haqida gap yuritmoqchi ekanmiz, awa-
lo kuchlanishning o‘zi nima, ya’ni uning fizik ma’nosi nimadan iborat ekan-
ligini bilib olishimiz lozim.
Kuchlanish jism yuklanganda uning zarrachalari orasidagi, o‘zaro ta’siming
mahsulidir. Tashqi kuchlar zarrachalaming o‘zaro joylashuvlarini o'zgartirishga
intiladi, kuchlanish esa zarrachalaming ko'chishiga qarshilik ko‘rsatadi.
Materialning yaxlitligi haqidagi gipotezaga muvofiq jismning har bir
zarrachasini turli yo‘nalishlarga ega boMgan ko‘plab zarrachalar qoplab tura-
di. Ma’lum nuqtada joylashgan zarrachaning o‘z atrofidagi zarrachalar bi
lan o‘zaro ta’siri bir hil boMmaydi. Shuning uchun ham ma’lum nuqtadagi
kuchlanishlar turli yo‘nalishlarda turlicha boMadi. Kuchlanishlarning barcha
yo'nalishlarda bir xil boMishi kamdan-kam uchraydigan holdir.
Kuchlanish holatida boMgan jismning A nuqtasi atrofidan kub shaklida
cheksiz kichik element ajratib olamiz (4.1-rasm, a) va uni kattaroq
masshtabda tasvirlaymiz (4.1-rasm, b). Koordinata o‘qlari kub qirralari
bo'ylab yo'nalgan deb faraz etamiz.
Bunda kub tomonlari (yoqlari) x, y, z o‘qlariga tik boMadi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: