ст bu yerda crmax- o ‘yiq, teshiklar yaqinida hosil boMadigan eng katta (maksi- mal) kuchlanish; cr - kuchlanishlar tekis tarqalgan zonadagi kuchlanish, ya’ni o ‘rtacha kuchlanish; bu kuchlanishni ko‘pincha nominal kuchlanish deb ataladi. Kuchlanishlar konsentratsiyasi (bir joyga to ‘planish) koeffitsientini aniq lash uchun k o ‘rinib turibdi. Ammo bu kuchlanishni aniqlash ancha murakkab masala. Uni faqat elastiklik nazariyasi uslublari orqali yoki tajriba yoMi bilan aniq lash mumkin xolos. Turli holatlar uchun aniqlangan ст ning qiymatlari spra- vochniklarda beriladi. Odatda, uning qiymatlari 1,2-3 atrofida boMadi. Samolyot va mashina detallarini loyihalash va mustahkamlikka hisob- lashda kuchlanishlar konsentratsiyasini hisobga olish lozim boMadi. Imkoni boricha chuqur o ‘ymalar, kesim keskin o ‘zgaradigan joylar, turli xil teshik lar qilishdan qochmoq zarur. Chunki aynan ana shular atrofida kuchlanish lar konsentratsiyasi paydo boMadi, bular esa materialni muddatidan ilgari ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Detal sirtlariga, ayniqsa, o ‘ta mus- tahkam toblangan poMat kabi materiallar sirtlariga yaxshilab ishlov berish kerak. S illiqlagich diskdan qolgan arzimas izlar ham qattiq toblangan poMatning mustahkamlik chegarasini 10-20% ga kamaytirishi mumkin. 2.8. Ruxsat etilgan kuchlanishlar. Kesim tanlash Barcha narsa va hodisalarning m e’yori boMgani singari kuchlanishlar ning ham yoM q o ‘yiladigan, ruxsat etiladigan m e’yori, darajasi bor. Tashqi kuchlar ta’siridagi konstruksiya elementlari xavf-xatarsiz ishlashi uchun ular- dagi kuchlanishning eng katta qiymati ma’lum chegaradan, yani m e’yordan oshib ketmasligi kerak. Ana shu chegara, ana shu m e’yor turli xil material