3. Aqliy tarbiya vazifatari Bolani maktab ta'Iimiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning ahamiyati kattadir.
Bolani bilimlarini egaHab olishlari ularni aqliy faolligini rivojiantirish aqliy malaka
va ko'nikmalarini egallab olishlari ularni maktabda muvofaqqiyatli o'kishlari uchun
bo lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishida manba bo’lib xizmat qiladi.
Odamning aqliy faoliyati - bu umumiy ham maxsus aqliy harakallar xilma-xil
sistcmalarining katta miqdoridir. Ko’pgina vazifalarni hal etishda qo’llaniladigan
kcng ko'lamdagi aqliy harakatlarni shakllantirish ayniqsa muhimdir. Bunday
harakatlarga tahlil, qiyoslash, umumlashtirish kiradi.
Ham umumiy, ham maxsus aqliy harakatlarni egallash aqliy faollik va
mustaqillikning rivojianishini ta'minlaydi. Aqliy faoliyatning moslashuvchanligi va
Jo'shqinligini. hodisalarni xilma-xil aloqalar va munosabatlarda ko’ra bilishni
shakllantirishga yordam beradi. «Aqliy mehnat madaniyati» tushunchasiga aqliy
faoliyatning umumiy tartibliligi, rejaliligi, vazifani qabul qilish va o'rtaga qo'yish,
uni hal etish usullarini tanlash, ishlab chiqilgan harakat rejasini izchil amalga oshirish
natijalarini baholash mahorati kiradi.
Aqliy
mehnat
madaniyati
aqliy
faoliyatning
maxsus
malakalari va
ko’nikmalarini, kitob bilan ishlash ko’nikmalarini egallash darajasi, ilmiy bilish
usullari va metodlarini, turli yordamchi vositalardan foydalanish bilan ham
bog’liqdir. Aqliy tarbiya vazifalaridan har biri maktabgacha yoshdagi bolaierni
tarbiyalashni tashkil etishda hisobga olish lozim bo’lgan bir qancha vazifalarfi o’z
ichiga oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat.
52
Boladagi qiziquvchanlik va aqliy faollikning qay darajada rivojlanganligini
bolaning aqliy ko’rsatkichining yuqoriligida ko'rish mumkin.