O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Maktabgacha ta'Iim muassasasida mehnat



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/98
tarix25.09.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#148641
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   98
Maktabgacha pedagogika 2

2. Maktabgacha ta'Iim muassasasida mehnat
tarbiyasining mazmuni
YOsh aviodga mehnat tarbiyasi berish masalasi hozirgi davrda eng dolzarb 
mavzu hisoblanadi. Mehnat har bir kishi kamolotida va umuman jamiyat 
taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Bog'cha yoshidagi bolalami jismoniy, 
aqliy, axloqiy va estetik tomondan tarbiyalashda mehnat tarbiyasi muhim ahamiyatga 
egadir.
Mehnat har bir yosh guruhidagi bolalarning o’ziga xos xususiyatlarini e'tiborga 
olib tashkil etiladi, unga to’g’ri rahbarlik qilingandagina etarli natijaga erishish 
munjkin.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaltir mehnatining o’ziga xos tomonlari 
ko’pgina olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarda keng o’rganib chiqilgan.
Bolalar mehnatining muhim belgisi uning ma'Ium maqsadga qaratilganligidir. 
Kichik bog’cha yoshidagi bolalarning mehnati biror jarayonga oid harakat bo’lib, u 
faqat kattalarning rahbarligi natijasidagina amalga oshirilishi mumkin.
Bola kubiklarni bir joydan ikkinch» joyga, mashinadan - stolga, stoldan -
mashinaga ko’chiradi va hokazo. Tarbiyachi boshqa stol ustidagi kubiklarni ko'rsatib, 
uni mashinada ortib olib borish kerakligini aytadi. Bola kubiklarni mashinasida 
shkafga tashiy boshlaydi va joyiga tartibli qilib joylab qo’ya boshlaydi. «Qatnov» bir 
necha marta takrorlanib. barcha kubiklar joyiga yig’ishtirib qo’yiladi. Bolalar 
faoliyatida maqsad paydo bo’ladi. Keying! galda bolaning o’zi o’ynayotgan 
o’rtoqlariga o ’ynab bo’lgandan keyin o’yinchoqlarni mashinada joyiga olib borib 
qo’yishni aytadi.
Katta guruh bolalarida mustaqil maqsad qo’yish qobiliyati moddiy samara 
beradigan mehnat turlarida muvaffaqiyatli rivojianadi: gulzorda, ekinzorda ishlash, 
o ’yinchoqlar yasash va boshqalar.
Faoliyatni rejalashtirish mehnat tarbiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Bolalami ko’zatish ular faoliyatining tartibsiz, rejasiz ekanligini ko’rsatadi. Bolalar 
bunday harakatlar orqali biror natijaga erishish uchun juda ko’p vaqt va kuch 
sarflaydilar, shu bilan bir vaqtda o’z ishlaridan o’zlari qoniqmaydilar.
Tarbiyachi bolalami o’z faoliyatlarini tahminiy rejalashtirib olishlariga o’rgatish 
va ular faoliyatiga rahbarlik qilishi lozim.
81


SHunday qilib, butun bog'cha yoshi davrida mehnat va o'yin o’zaro bog'liq 
xolda kechadi, biroq bar qanday xolda ham bolalar mehnatini o’yinga aylantirish, 
□ laming farqini ishlab chiqarish noto'g’ri bo’lar edi. Tarbiyachilar va ota-onalar 
ta'sirida asta-sekin bolalar mehnati o 'z vazifasi, mazmuni, metodi va tashkil etilishi 
bilan mustaqil faoliyat sifatida ajratib boriladi.
Mehnatda uning beradigan samarasi f'aoliyatning majburiy, tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Ammo bolalar bilan olib boriladigan larbiyaviy ishda mehnat natijasiga 
bolalarda mehnatga xavas xissini tarbiyalash uchun yordam beradigan pedagogik 
omil deb qarash kerak.
Mehnatda natijaga erishishda, mehnat malakalarini shakllantirishda pedagogning 
va bolalar o ’rtoqlarining baxosi va o ’ziga-o'zi baho berish katta ahamiyatga ega. 
Bolalar yasagan buyumlari o'yin va mashg’ulotlarda qo’llanilsa, ular o'zlari 
yasayotgan buyumlar yanada sifatli bo’lishiga intiladilar.
Maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning yoshi uig'ayishi bilan mehnat 
sabablari ham o’zgarib boradi. Mutaxasislarning 
olib borgan ilmiy izlanishlari 
natijasi shuni ko'rsatadiki, bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali ular 
kattalardan mehnatning ijtimoiy sababini ancha erta o’zlashtirib olar ekanlar.
Lekin ular biron ishni mustaqil bajarganlaridagina o’z mehnatlari boshqalar 
uchun foydali ekanligini ongli ravishda bilib oladilar. Masalan, onalar va buvilar 
uchun 
8-martga sovg’a tayyorlash, 
kichiq guruh bolalari 
maydonchasini 
yig’ishtirishga yordamlashish, yirtilgan kitoblarni yamab berish, kontsert va teatr 
qo’yib berish va boshqalar bolalardi mehnatning muayyan natijasiga intilish 
uyg’otadi, faoliyatning ijtimoiy sabablarini anglatib, mehnatga xavasini, iehni 
bajarishda bolalarning o 'z oldilariga qo’yadigan talablarini oshiradi. 

V.I.Loginovaning olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlarida ta'kidlanishicha bolalarga 
mehnat tarbiyasi berish uchun ular mehnat va mehnat malakalari to’g’risidagi 
bilimlar sistemasini o’zlashtirib olishlari kerak ekan:
1. Mehnat maqsad qo’yish va uning natijasini belgilab olishdan boshlanadi: 
maqsad - mehnat tasviri.
2. Mehnat qilishdan ko’zlangan maqsad bo’yicha kerakli materiallarni tanlab 
(ajratib) olish.
3. Materialni ishlash uchun kerakli asboblarni tanlab (ajratib) olish.
4. Natijaga erishish uchun mehnat harakatlarini bajarish.
Bu sistemani quyidagi sxemada keltirish mumkin: maqsad, mehnatni tanlash, 
materialni tanlash, mehnat faoliyati - mehnat quroli, mehnat natijasi.
SHunday qilib, maktabgacha yosh davrida mehnat faoliyati shakllantiriladi. 
Pedagog rahbarligida mehnatning ijtimoiy sabablarini hamma muhim tomonlari 
shakllanadi. Kattalar mehnati va uning ijtimoiy ahamiyati to’g’risidagi bilimlar 
o’zlashtirilib olinadi.
Maktabgacha tarbiya yoshi davrining o’ziga xos tomonlaridan yana biri bolalar 
mehnatining o’yin bilan bog’liqligidir.
O’yin jarayonidagi biror harakat doimo biror mehnat jarayonini aks ettirishga 
yo’naltirilgan bo’ladi. Ikkinchi tomondan, mehnat jarayonini bajarishda uni o’yin 
shakliga aylantirishadi, masalan, barglarni zambillarda tashishadi, mashinalarda 
yurishadi.
82


SHu bilan birga o'zining xususiyati, mazmuni, yuzaga kelish sababiga ko'ra 
mehnat va o'yin bir-biridan farq qiladi. Mehnatda maqsad qo'yiladi. uni amalga 
oshirish, natijasiga erishish uchun shart-sharoit yaratiladi. vositalar iziab topiladi. 
O'yinda esa bolalar kattalarning mehnat faoliyatiga taqiid qiladi. O'yinda mehnat 
singari biror aniq natijaga erishilmaydi, ammo u mehnat singaii bolalarga quvonch 
bag ishlaydi. ular o’zlarida qoniqish xissini sezadilar. O’yinda bola o'z o'ylaganini 
rivojlantirishi etakchi roini o’ynaydi, mehnatda esa natijaga erishish yo'lidagi mehnat 
harakatlari, o'yin o’zining rivojianishidagi har qanday bosqichda to'xtatilishi 
mumkin, mehnatda esa albatta ko'zlangan natijaga erishiladi.
Bolalarning mehnat f'aolivati qachon va qanday qilib o’yindan ajratiladi? Kichik 
bog’cha yoshidagi bolalar mehnatining asosiy turi o’z-o'ziga xizmatdir. Bu kichik 
bolalar uchun ancha mashaqqatli ish. SHuning uchun bu yoshdagi bolalarni 
mehnatning bu turiga o’rgatishda ko’pincha o’yin vaziyatlaridan foydalaniladi 
(«Ko’g’irchoqni sayrga otlantiramiz», «Qo’g’irchoqni uxlatamiz» va shularga 
o’xshashlar). Avvaliga bolalar o’yin obrazi orqali mehnatga o’rgatiladi. SHu orqali 
bolalar ishonch bilan harakat qilishni o’rganadilar.
Sekin-asta o’z-o'ziga xizmat qilish malaka va ko’nikmalari shakllana boradi.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin