O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/98
tarix25.09.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#148641
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   98
Maktabgacha pedagogika 2

o’z-o’ziga xizmat qilish,
topshiriqni bajarish, yakka tartibdagi mehnat, navbatchilik, qo’l mehnati
bo’yicha mashg’ulotlar, jamoa mehnati. 
O’z-o’ziga xizmat, topshiriqni bajarish, 
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining boshlang’ich shakli 
hisoblanadi.
O ’z-o’ziga xizmat qilish bolalar mehnatining shakli sifatida yosh guruhlarida 
tashkil etiladi. U kun tartibidagi uyqu va sayrdan oldin va keying! jarayonlar; 
ovqatlanish, kiyinish va echinish, kiyim va badanni toza tutish bilan uzviy bog’liqdir. 
(Bu mavzu «Jismoniy tarbiya» bobida batafsilroq yoritilgan.)
YOsh guruhlarida topshiriqdan foydalaniladi; u yakka tartibda va guruhiy 
bo’lishi mumkin. Kichkina guruhlarda bulalarga uncha murakkab bo’lmagan va qisqa 
muddatli topshiriqiar beriladi; «O’yinchoqni, kitobni, stuini olib kel, o’rniga olib 
borib qo’y, tushki ovqat uchun stol ustiga qoshiqiami qo’yib chiq». Bunday 
topshiriqlarni ayrim bolalar guruhdan tashqari joylarda ham bajarishlari mumkin.
O ’rta va katta guruhlardagi bolalarga beriladigan topshiriqiar ancha murakkab 
bo’lib, ular endi xonadan tashqarida bajarishga mo’ljallangan va ikkinchi bir kishiga 
murojaat qilish bilan bog’langan bo’Iadi, masalan, boshqa guruhning tarbiyachisiga, 
enagaga, shifokorga, hamshiraga murojat qilish va hokazo.
Bu guruhlarda topshiriqiar 2-3 boladan tashkil topgan kichik guruhlar tomonidan 
bajarilishi mumkin (o’yinchoqiarni yig’ishtirish, gullarga suv qo’yish, to’kilgan 
barglarni terib, tegishli joyga olib borib tashlash kabi).
89


Maktabga 
tayyorlov 
guruhida 
beriladigan 
topshiriqiar 
yana 
ham 
murakkablashadi. Bunday topshiriqiar endi javobgarlik va boshqa kishilarga 
mehribonlarcha munosabatda bo'lish xissini shakllanlirish bilan bog’liq bo’lishi 
mumkin: kichkina guruh bolalarini sayrga chiqishdan oldin, uyqudan keyin 
kiyinishiga yordam berish; ularning slolini tushlik ovqalga layyorlab berish. enagaga 
toza sochiqiarni osishga, toza choyshablarni olib kelishga yordamlashish va hokazo.
I'opshiriq uzoq vaqt bajarilishi mumkin. Masalan. ma lum bir gul yoki bir 
qancha gullar bir halta davomida parvarish qilinishi yoki bu ish yanada uzoqrok 
cho’zilishi mumkin (biror o’simlikni ekish va o’slirish).
Tarbiyachi bolalarning topshiriqni bajarishlariga rahbarlik qilish bilan ham 
axloqiy, ham mehnal tarbiyasining muhim tomonlarini amalga oshiradi, mehnatda 
qalnashish istagini, o ’rtoqlariga g'amho'rlik va e'tibor bilan qarash ruhini singdiradi. 
bolalarni tcngdoshlari va katlalar bilan o’zaro xushmuomala bo'lishga odatlantiradi, 
lopshirilgan ishda burch \a javobgarlikni sezish xissini, natijaga crishishda 
sabollilikni larbiyalaydi.
Navbalchilik - bu jamoa uchun mo’ljallangan mchnat I'aoliyalining shakli bo'lib. 
u majburiy tartibda bajariladi. Bolalarning navbatchiligi ikkinchi kichik guruhda yil 
oxiridan (oshxonada) boshlanadi.
Oshxonada 
ll'kichik guruh
Mashg'ulolga
layyorlaiiish
bo’vichao'rta
lab ial burchagida 
katta guruh
Barcha bolalarning mehnatda doimiy ishtirok clishlarini ta'minlash uchun 
navbatchilikning 
xilma-xil 
lurlari 
uyushtiriladi: 
oshxonada 
(hamma 
yosh
guruhlarida). mashg’ulolga tayyorlanishda (o’rta guruhdan boshlab), o’simlik va 
hayvonlarni parvarish qilishda (katta va maktabga tayyorlov guruhlarida).
Ikkinchi kichik guruhdagi bolalar oshxonada navbalchilik qiladi. Birdaniga 4-5 
bola navbalchilik qilishi mumkin, har bir bola 1-2 stolni bezaladi. Katta va tayyorlov 
guruhlarida bolalarning vazifalari kengayadi. Nonushta va tushlik ovqatga, kech 
tushki va kechki ovqatga dasturxon tuzatish, ovqatlanib bo’lingandan keyin idish- 
tovoqni ovqat tarkatiladigan stolga yig’ishtirish, stollar ustini tozalab olish, enagaga 
choy idishlarini yuvishda yordam berish shular jumlasidandir. Bu yoshdagi bolalar 
ikkitadan navbalchilik qilishadi, ammo har bir bolaning ish xajmlari ko'payadi.
Mashg'ulollarga tayyorgarlik bo’yicha navbalchilik qilish o’rta guruhda-bolalar 
oshxonada navbalchilik qilishni bilib olganlaridan keyin kiritiladi. Bu navbatchilar 
slol va stullarni, mashg’ulolga kcrakli materiallarni, qo’llanmalarni mashg’ulolga 
tayyorlaydilar va xonani lartibga soladilar.
Katta guruhdan boshlab bolalar tabiat burchagida navbalchilik qila boshlaydilar. 
Navbatchilikning bu turi ham larbiyaviy, ham la'limiy ahamiyatga ega.
90


Navbatchilikning bu turida ham bolalar ikkitadan layinlanadi: biri o'simliklarni 
parvarish qilsa, ikkinchisi jonivorlarga qaraydi. Ulardan qaysi biri bo'sh qolsa 
ikkinchisiga yordam beradi.
Navbatchilikning hamma luri yaxshi tashkil etilganda foydali bo’ladi. 
Navbatchilikni boshlashdan oldin «Biz navbatchilik qilamiz» degan mavzuda 
mashg'ulol 
o'tkazish 
mumkin. 
Masalan. 
tabiat 
burchagida 
navbatchilikni 
boshlashdan oldin tarbiyachi mashg'ulot o’tkazib, bolalarni tabiat burchagida nimalar 
borligi. o’simlik va hayvonlarni qanday parvarish qilish xaqida suhbal o tkazadi. 
Tarbiyachi tabiat burchagida yashovchilarni har kuni va to’gTi boqish, o'simliklarni 
sug’orish va yuvish, qurigan shoxcha barglarini qirqish kabilarga diqqatni jalb etadi, 
ish usullarni tushuntiradi.
Tarbiyachi bolalarni o ’simlik va hayvonlarni kuzatishga, o’zgarishlarni aniqlab 
borishga. burchakdagi o simlik va hayvonlarga g’amxo’rlik bilan munosabatda 
bo'lishga, ularda yuz beradigan o zgarishlami ko’ra bilish va ular to g risida so’zlab 
bcrishga o’rgatadi. Yozda navbatchilarga ertalab gulpushtalarni sug’orish, guldasta 
tuzash, gul solingan guldonlar suvini almashtirish topshiriladi.
Maktabga tayyorlov guruhi bolalari hayvonlarga ovqat berish vaqtini, miqdorini, 
ovqatni mustaqil tayyorlashni, kataklarni tozalashni bilishlari kerak.
Navbatchilarning vazifasi va bajargan ishining sifati nazorat qilib boriladi. 
Bunday nazoratda bolajarning o’zlari qatnashsalar yana ham yaxshi bo’ladi.
Ba'zan navbatchilarning ish natijalari bolalaming uyga ketar oldidan muhokama 
qilina^i. Tarbiyachi bolalarga; bugun navbatchilar o’z vaqtida keldimi? Ular hamma 
ishni qilishdimi? Nonushtaga, tushlik ovqatga stol to’g’ri tuzatildimi? Navbatchilar 
hamma narsani vaqtida bajarib, o’ynashga ham ulgurdilarmi? Kim yaxshiroq va 
chiroyli bajardi? -kabi savollar beradi va ular ishini baholaydi. Navbatchilar har kuni 
almashtirib turiladi, bu har bir bolaning navbatchilikning har xil turlarida 
qatnashishiga va turli mehnat malakalarini egallab olishiga imkon yaratadi.
Navbatchilik ishlari bolalaming ^og’lig’iga zarar etkazmaydigan (suyuq 
ovqatlarni, choyni bolalar tarqatmaydilar, og’ir narsalarni bolalar ko’tarmaydilar va 
hokazo) qilib tashkil etilishi kerak. Navbatchilik uchun hamma kerakli jihozlar 
bo’lishi lozim, bolalar ulardan mustaqil, ehtiyotlik bilan foydalanishga, ishdan keyin 
joyiga yig’ishtirib qo’yishga o’rgatiladi.
Ayniqsa, navbatchilarni guruhlashga e'tibor berish juda muhimdir; passiv 
bolalarni faolroqiari bilan, navbatchilikni endi boshlagan bolalarni tajribali bolalar 
bilan birga tayinlash kerak. Lekin bunda faol bolalaming passiv bolalar ishni 
bajarishlariga yo’l qo’ymaslik darkor. Navbatchilarni tanlash va tayinlash har xil 
bo’lishi mumkin; bolalaming xohishiga qarab stollar bo’yicha, ro’yxat bo’yicha, 
sekin-asta navbatchilik galini bolar o’zlari esiab qoladilar va shu tartib bilan borishini 
nazorat qilib boradilar.
Navbatchilarning borligi boshqa bolalar hamma ishdan ozod bo’lishini 
bildirmaydi, ovqatni eb bo’lgan har bir bola o’zining idishini stoini ustiga tahlab 
qo’yadi, salfetkani ham ma'lum joyga qo’yishadi, stol ustidagi urvoqiarni maxsus 
cho’tka bilan idishga yig’ib olishadi. Mashg’ulotdan keyin ham shu xol takrorlanadi; 
har bir bola o ’zining qalamini qalamdonga solib qo’yadi, o ’z mo’yqalamlarini yuvib, 
qiyqimlarni yig’ishtirib qo’yishadi va h.k. Eng muhimi - bolalarda o ’zaro mexr-
91


muhabbatni tarbiyalash, bir-biridan qo’lidan kelgan yordamini ayamaslikka o’rgatish 
kerak. Bulaming hammasiga tarbiyachi rahbarlik qiladi.
Bolalarning mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllaridan yana biri qo’l mehnati 
bo'yicha mashg’ulotdir. Bilim va malaka birinchi marta berilayotgan bo’Isa va 
tiishuntirish hamda barcha bolalarga yaqqol, ko’rgazmali qilib ko’rsatishni talab 
etgan xollarda ana shunday mashg'ulotlar o ’tkaziladi.
Bolalarning jamoa mehnati dastlabki jamoachilik asoslarini shakllantirishda 
muhim ahamiyatga ega. Jamoa mehnatida birgalikda harakat qilish, o'zaro yordam, 
shu bilan birga mehnat taqsimoti ham mujassamlashgan bo’ladi. Bunda mehnat 
yutuqlaridan birgalikda quvonadilar, ish yaxshi chiqmasa birgalikda qayg’uradilar.
Mehnatda bolalarning birlashishlari tarbiyaviy vazifaga qarab har xil shakida 
bo’ladi. «YOnma-yon mehnat»da hamma bolalar bitta ishni bajaradilar, ammo har 
bittasi o’sha umumiy ishning birqismini bajaradi (bittasi mo'yqalamlarni yig’ishtirdi, 
boshqasi bo’yoqlarni va h.k.). Ishning bunday tashkil etilishi bolalarni mehnat 
malakalariga o’rgatishda ham, ularning ishini nazorat qilib turishda ham o’ng’aylik 
tug’diradi.
«Umumiy mehnat»da har bir bola o!z ishini bajaradi, ammo oxirida hamma 
qatnashuvchilar mehnati umumlashtiriladi (har bir bola hamirdan uzib olib pechene 
yasaydi va u bitta idishga solib pishirishga qo’yiladi, pishgandan keyin bitta idishga 
solib bolalar mehmon qilinadi). YOki hamma bolalar guruh xonasini yig’ishtirishadi 
- har bir bola biron ishni bajaradi, yig’ishtirib bo’lingach, natija bitta qilib 
yakunlanadi (hamma yaxshi ishladi, shuning uchun guruh xonasi toza, saranjom- 
sarishta, chiroyli bo’lib koldi). 
»
Birgalikdagi mehnat qo’yidagicha tashkil etilishi mumkin: masalan, itonani 
yig’ishtirishda bolalarning bittasi o’yinchoqlarni yuvadi, ikkinchisi artadi, uchinchisi 
o’yinchoq tokchasini tozalaydi va unga o’yinchoqlami teradi. YOki tabiatdagi 
mehnatda bittasi tuvaklarga qum va tuproqiarni soladi, ikkinchisi unig’ yoki 
ko’chatni o’tkazadi, uchinchisi Joyiga olib borib qo’yadi. Bu erda bolalarning ish 
harakatida o’zaro mutanosiblik bo’lishi, ya'ni har bir bola bir xilda chaqqonlik bilan 
harakat qilishi kerak, buning natijasida ma'Ium mehnat munosabatlari yuzaga keladi. 
Bunday vaziyatda taibiyachining bolalar o’rtasida to’g’ri munosabat o’rnatishga 
qaratilgan bevosita rahbarligi zarur.
Bunday rahbarlik, ma'Ium izchillikda amalga oshiriladi.
Tarbiyachi bolalarga bir necha kishilar birgalikda biron ishni bajarayotganligini, 
uiarning ishi bir-biriga bevosita bog’liqligini, ulardan har bii i umuiiiiy ishning biron 
qismini bajarayotganini, ish qanday izchillik bilan amalga oshirilayotganini 
tushuntiradi (buning uchun tushuntirish, xikoya qilib berish, bolalar badiiy 
adbiyotidan foydalanadi).
Bolalarning kichkina guruhi bilan ularning birgalikdagi mehnatini tashkil etish. 
Bunday mehnat ertalab, sayr paytlarida tashkil etiladi.
Bolalarning mehnat t'aoliyatini rejalashtirganda tarbiyachi uni mehnat Jarayonida 
amalga oshiriladigan tarbiyaviy vazifalariga kura belgilaydi.
Bolalar bog’chasida mehnat tarbiyasining shart-sharoitlari. Bolalar bog’chasida 
mehnat tarbiyasining vazifasi va mazmunini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun 
kerakli shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Bolalar mehnati uchun Joy va vaqt, gigienik
92


shart-sharoil yaratilmog'i lozim. ozodalik. toza havo. kerakli darajadagi yorug'lik, 
mehnatning bolalar imkoniyatiga muvofiq bo'lishi, mehnat vaqtini bolalar yoshiga 
qarab to’g'ri belgilash (kichik yoshli bolalar uchun 10-12 daqiqa, katla guruh bolalar! 
uchun 15-20 daqiqa), bolalar harakatlarini almashtirib lurishni ham e'tiborga olish 
kerak.
Mehnat bolalarga quvonch bag'ishlaydigan qilib rejalashtirilishi lozim. U 
ma’lum izchillik bilan amalga oshirib borilishi kerak.
Mehnat qilishlari uchun hamma bolalarga etarli mikdorda kerakli qurollar, 
asboblar bo'lishi, ular bolalarning yoshiga, imkoniyatiga mos kelishi, o'zlari mustaqil 
foydalanadigan qilib joylashtirilishi kerak. Navbatchilar uchun fartuklar, qalpoqcha. 
qo'lqopcha, idish yuvish uchun klyonkadan fartuklar zarur. Ovqat tayyorlash uchun 
kichiqroq pichoqlar, tarelkalar. o’qlovchalar, hamir qorish uchun tog’arachalar. 
shakichalar kerak boMadi. Xonani tozalash uchun toza latta, kichikroq tog'aracha. 
stoldan urvoqlarni yig'ib olish, polni supirish uchun cho'tkalar, a.xlatni yig'ib olish 
uchun xokandozlar kerak. Kir yuvish uchun tog'ara. chelalakchalar, kichkina dazmol 
taxtasi, kiyim tozalash uchun cho'tka. supurgi, tikish uchun tugmachalar solingan 
quticha, ip, nina, mato parchalari, o'yinchoqlarni yasash va singanlarini. 
buzilganlarini tuzatish uchun maxsus stol yoki taxtacha, bolg'achalar, mixlar, qisqich, 
yaxshi randalangan taxtachalar, karton, ip, arqon, tashlandiq materiallar, gugurt 
qutilari, konfet, atir qutichalari, ipdan bo’shagan g’altaklar va hokazolar zarur. Guruh 
xonasidagi tabiat burchagida, MTM xovlisidagi polizda, gulzorda ishlash uchun 
belkutak. xaskash, supirgi, kichkina zambilchalar, chelakchalar, leyka, savatchalar 
kerJk bo’ladi. Barcha buyum ishlatib bo’lingandan key in tozalab joyiga qo’yiladi.
Bolalarga to’g’ri mehnat tarbiyasi berishda kattalarning bir-biri bilan o’zaro 
dustona munosabat bilan hamkorlikda ishlashlari ijobiy natija beradi.
Mehnat tarbiyasi masalalari MTMning yillik rejasida aks ettiriladi va 
tarbiyachilarga mehnat tarbiyasini to’g’ri rejalashtirish va amalga oshirilishida 
yordam beradi.
MTMda mehnat tarbiyasini to’g’ri tashkil etish va unga rahbarlik qilish yosh 
avlodni har tomonlama tarbiyalash vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin