olayotgan havo bilan organizm ichkarisiga kirayotgan mayda changlar katta
changlarga qaraganda uzoqroq masofaga o’pkagacha boradilar, katta changlar esa
yuqori nafas olish yo’llarida ushlanib qoladilar va bir oz muddatdan keyin
tashqariga chiqib ketadilar, shuning uchun mayda changlar katta changlarga
qaraganda xavfliroq.
Changlarning inson organizmiga ta’siri. Changlarni inson terisiga ta’siri
natijasida teri yallig’lanadi, biroz shishadi, qizaradi va og’riq paydo bo’ladi.
Changlar teri va yog’ bezlari teshiklariga tushib ularni normal ishlashga yo’l
qo’ymaydi, natijada terida yog’ va suyuqliklar etishmaydi va teri quriydi, yoriladi.
Yog’ bezlarining teshiklari chang bilan kirgan ba’zi bir mikroblar bilan t
ыlib qolsa
toshmalar kelib chiqishi va terini yiringlab ketishi mumkin. Teri bezlari
teshiklariga chang t
ыlib qolishi terining ter ajratish xususiyatini pasaytiradi. Bu esa
issiq ishlab chiqarish binolarida kishi tanasiga yomon ta’sir ko’rsatadi, chunki
terlash organizmning haddan tashqari qizishiga qarshi himoya vositasi sifatida juda
muhim ahamiyatga ega.
Ishqorli changlarning teriga ta’sirini alohida hisobga olish kerak, chunki bu
chang terida teri yaralanishi kasalligini olib kelishi mumkin. Bunday changlarga
xrom ishqorli tuzlar, mishyak, ohak, soda, kaltsiy karbidi, osh tuzi, superfosfat
changlari va hokazolar kiradi.
Changlarning ko’zga ta’siri natijasida ko’zlar kon’yuktivit kasali bilan
kasallanadilar, bunda ko’z qizarib yosh oqadigan bo’ladi, ayrim xollarda ko’z
shishadi va yiringlaydi [16].
Dostları ilə paylaş: