O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro muhandislik- tеxnologiya instituti


Paxta tozalash zavodlarida chiqariladigan changlari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/32
tarix02.06.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#123896
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi

 
3.7. Paxta tozalash zavodlarida chiqariladigan changlari
va uning inson organizmiga ta’siri. 
Chang deb, havoda qattiq jismlarning mayda zarralarini ma’lum bir vaqtda 
osilib turilishiga aytiladi. Changlar havo ta’siri ostida doimo harakatda bo’ladi. 
Ishlab chiqarish binolaridagi havoning tarkibida, u yoki bu miqdorda chang 
bo’ladi, hatto nisbatan toza changsiz degan xonalarda ham ma’lum miqdorda 
chang bo’ladi. Buni oddiy qurollanmagan ko’z bilan ham o’tib turgan quyosh 
nurlariga qaraganda kura olish mumkin. 
Ishlab chiqarish binolarida changni ko’plab ajralib chiqishi, ishlab chiqarish 
texnologiyasini xarakteriga bog’liq. Ishlab chiqarish sharoitida chang ajralib 
chiqishi ko’pincha mexanik jarayonlar bilan bog’liqdir, masalan, burab teshish, 
parchalash, ishqalash, elash, o’tkirlash, arralash, sepiladigan materiallarni tashish, 
kuyish va erishdan hosil bo’ladi. Chang bunday paytlarda ishchilar tanasi uchun 
xavfli bo’lib, ularni o’rab turgan muhitni aniqlovchi bir omil bo’lgani uchun biz 
ularni sanoat changlari deb ataymiz. 
Changlarning fizikaviy va ximiyaviy xususiyatlari, ularni tabiatiga, ya’ni 
qanday materialdan yoki qanday xom-ashyodan paydo bo’lganiga va paydo bo’lish 
mexanizmiga (ezish, maydalash, ko’yish va hokazo) bog’liqdir. 
Changlar qanday materialdan ajralib chiqishiga qarab organik va anorganik 


changlarga bo’linadi. Organik changlar; o’simlik changlari-yog’och, paxta, zig’ir, 
un changlari va shunga o’xshashlari, xayvon mahsulotlaridan chiqadigan changlar-
jun, qil, suyak, shox changlari va hokazolar kiradi. Bulardan tashqari organik 
changlarga ximiyaviy mahsulotlar changlari plastmassa, ximiyaviy tola changlari 
va boshqa changlar. Anorganik changlarga; 1) metall changlari-mis, cho’yan, temir 
va boshqalardan chiqqan changlar, shuningdek 2) mineral changlar-jilvir 
qog’ozdan chiqqan chang, qum changi, kvarts, fosfor, tsement, oxak changidan va 
boshqalardan chiqqan chanlar kiradi. Ishlab chiqarishda ko’pincha aralash changlar 
ham uchraydi, masalan, metall buyumlarni charxlash va shlifovka qilishda mineral 
va metall changlari, tosh ko’mir chiqarishda mineral va ko’mir changi ifloslangan 
paxtani tozalaganda paxta va tuproq changlari uchraydi. Changlar qaysi 
materialdan ajralib chiqishga qarab suyuqlikda (suvda, qonda, limfada, oshqozon 
sokida) eriydigan va erimaydigan changlarga bo’linadi. 


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin