3.1. Kirish. Korxona atrof muhitini muhofazalash
Hayot faoliyati xavfsizligi - insonni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan va
bog’liq bulmagan faoliyatda uning atrof-muhitga antropologik ta’sirini
xisobga
olgan xolda xavfsizligini ta’minlovchi bilimlar tizimini tushunamiz
. Hayot
faoliyati xavfsizligi
har qanday yo’nalish buyicha o’zini izlanish ob’ektiga maqsad
va vazifasiga hamda metodologik yo’liga bog’liq. Xavfsizlik
deganda biz inson
hayot faoliyati davomida mavjud bo’lgan salbiy omillarni ta’sir extimolini ma’lum
darajada yoki butkul bartaraf qilinganini tushunamiz.
Tashqi muhitni muhofaza qilish muammosi bugungi kunning muammosi
emas. Insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida
bu muammolar har turli
qirralari bilan ko’rinish berib kelgan. Masalan, o’rta asr boshlarida jahonning katta
shaharlarida isinish uchun va boshqa maqsadalar uchun tosh ko’mirdan
foydalanish boshlangan kezlarda bu shaharlar tutunning ko’payib ketishi natijasida
odamlar tutunga qarshi kurash e’lon qilgani haqida ma’lumot bor.
Tabiatni muhofaza qilishga huquqiy yondoshishning umumiy printsiplari
barcha davlatlarni bir vaqtda va tabiatni saqlashning
oqilona qonunchiligiga ega
bo’lishini taqoza etadi. Shu sababli har bir mamlakatda tabiatni, ekologik muhitni
buzish orqali odamlar sogligiga etkazilgan zararlar uchun tovon to’lash bo’yicha
va boshqa qonunlar qabul qilinishi zarur. Bu qonun jismoniy shaxslar uchun ham,
xo’jalik faoliyati yurituvchi istalgan shakldagi sub’ektga ham bir xil darajada ta’sir
etishi lozim.
Ekologik masalalarni echimini amalga oshirilishi maxsus davlat organlariga
va aholisining faoliyatiga ham bog’liq bo’ladi. Bunday faoliyatni maqsadi – tabiiy
imkoniyatlardan
ratsional foydalanish, atrof-muhitni ifloslantirilishiga barham
berish, mamlakat barcha jamoatchiligini ekologik bilimlarga o’qitish va tarbiyalash
hisoblanadi.
Tevarak atrof, tabiiy-muhitini huquqiy jihatdan
muhofazalash deganda
muhofaza ob’ekti va uni ta’minlovchi tadbirlar hisoblanadigan me’yoriy aktlarni
tayyorlash asoslash va amalda qo’llash tushuniladi. Bu
tadbirlar jamiyat va tabiat
o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadigan ekologik huquqni tashkil etadi.
Atrof muhitni himoya qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
murakkab va ko’p rejali muammolardir. Bu muammolarni
echimlari inson va
tabiatni o’zaro munosabatlarini tartibga solinishi, ularni ma’lum
qonuniyatlarga,
yo’riqnomaga va qoidalarga bo’ysunishi bilan bog’liqdir. Bizning mamlakatimizda
bunday sistema qonunchilik tartibida o’rnatilgan [10].
Dostları ilə paylaş: