O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro muhandislik- tеxnologiya instituti



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/32
tarix02.06.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#123896
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi

 
 
 
 
 
 
 
 
3.11. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy
yordam ko’rsatish 
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga tibbiyot xodimi kelgunga qadar 
ko’rsatiladigan yordamni ikki qismga bo’lib qaraladi: tok ta’siridan qutqazish va 
birinchi yordam ko’rsatish. 
Tok ta’siridan qutqazish o’z navbatida bir necha xil bo’lishi mumkin. eng 
oson va qulay usuli bu elektr qurilmasining o’sha qismiga kelayotgan tokni 
o’chirishdir. 
Agar buning iloji bo’lmasa (masalan, o’chirish qurilmasi uzoqda bo’lsa), unda 
tok kuchlanishi 1000 V dan ko’p bo’lmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini 
sopi yog’ochli bo’lgan boltalar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimi 
quruq bo’lsa, uning kiyimidan tortib tok ta’siridai qutqazib qolish mumkin. 
Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo’lsa, unda dielektrik qo’lqop 
va elektr izolyatsiyasi mustahkam bo’lgan elektr asboblaridan foydalanish 
kerak. 
Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko’rsatish, uning 
holatiga qarab belgilanadi. Agar ta’sirlangan kishi hushini yo’qotmagan 
bo’lsa, uning tinchlantirib, vrach kelishini kutish yoki uni tezda davolash 
muassasasiga olib borish zarur. 
Agar tok ta’sirida xushini yo’qotgan ammo nafas olishi va yurak tizimi 
ishlayotgan bo’lsa, unda uni quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va yoqasini 
bo’shatish va sof havo kelishni ta’minlash zarur. Nashatir spirti hidlatish, yuziga 


suv purkash, tanasini va qo’llarini ishqalash yaxshi natija beradi. 
Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash holati 
bo’lsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo’lsa, unda bu kishiga sun’iy nafas 
oldirish ishlarini bajarish zarur. 
Klinik o’lim holati yuz bergan taqdirda sun’iy nafas berish bilan bir qatorda 
yurakni ustki tomondan massaj qilish kerak. 
Sun’iy nafas berish jarohatlangan kishini tok ta’siridan qutqazib olish, uning 
holatini anikdash bilanoq boshlanishi kerak. Sun’iy nafas berish "og’izdan 
og’izga" deb ataluvchi usul bilan, ya’ni yordam ko’rsatuvchi kishi o’z o’pkasini 
havoga to’ldirib, jarohatlangan kishi og’zi orqali uning o’pkasiga bu havoni 
haydaydi. Odam o’pkasidan chiqqan havo, ikkinchi odam o’pkasi ishlashi uchun 
yetarli midorda kislorodga ega bo’lishi aniklangan. Bu usulda jarohatlangan kishi 
chalqancha yotqiziladi, og’zini ochib begona narsalardan tozalanadi. havo o’tish 
yo’lini ochish uchun boshini bir yo’li bilan peshona aralash ko’tariladi, ikkinchi 
yo’l bilan dahanidan tortib, dahanini bo’yni bilan taxminan bir chiziqqa 
keltiriladi. Shundan keyin ko’krak qafasini to’ldirib nafas olib, kuch bilan bu 
havoni jarohatlangan kishi og’zi orqali puflanadi. Bunda yordam ko’rsatayotgan 
kishi og’zi bilan, jarohatlangan kishining og’zini butunlay berkitishi va yuzi yoki 
panjalari yordamida uning burnini berkitish kerak. 
Shundan keyin yordam ko’rsatuvchi boshini ko’tarib yana o’pkasini havoga 
to’ldiradi. Bu vaqtda jarohatlangan kishi passiv ravishda nafas chiqazadi. 
Bir minutda taxminan 10-12 marta puflashni doka, dastro’mol va trubka 
orqali ham bajarish mumkin. Agar jarohatlangan kishi mustaqil nafas olishini 
tiklagan taqdirda ham, sun’iy nafas oldirishni uning nafas olishiga bemor o’ziga 
kelguncha davom ettiriladi [10]. 



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin