KIRISH
Paxta xom-ashyoning qimmatbaho turlaridan biri bo’lib, undan keng
iste’mol mollari, texnik va maxsus vazifadagi mahsulotlarning 300 dan ortiq turi
ishlab chiqariladi. Paxta tolasi yengil sanoatining to’qimachilik, trikotaj,
tikuvchilik va boshqa sohalari uchun xom-ashyoning asosiy turi bo’lib hisoblanadi.
Undan turli xildagi gazlamalar, tikuvchilik iplari, sun’iy ipak, turli xildagi texnik
mahsulotlar (elektr o’ramlar, filtrlar, yuritish tasmalari, sun’iy charm va boshqalar)
va boshqa ko’plab mahsulotlari ishlab chiqariladi.
O’zbekiston dunyoda paxta etishtirish bo’yicha oltinchi, uni eksport qilish
bo’yicha uchinchi o’rinda turadi. Mamlakatimiz jahon to’qimachilik bozorining
eng faol ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. “O’zekspomarkaz” da ochilgan VIII
Xalqaro O’zbekiston paxta va to’qimachilik yarmarkasi ushbu sohada
mamlakatimiz bilan savdo, ishlab chiqarish va investitsion hamkorlikni
rivojlantirishga qiziqish ortib borayotganini yana bir bor namoyon etmoqda. Turli
mamlakatlarning paxta va to’qimachilik sanoati vakillari, treyderlar bu yerda
nafaqat ushbu tarmoqlarni rivojlantirish tendentsiyalari, ularning mahsulotlariga
bo’lgan talab va taklifning o’zgarib turishi, dunyo bozoridagi narx
kon’yunkturasini muhokama qilish, balki o’zbek paxta tolasini hamda undan
tayyorlangan to’qimachilik mahsulotlarini etkazib berish bo’yicha bevosita
shartnomalar tuzish imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar [13].
VIII Xalqaro O’zbekiston paxta va to’qimachilik yarmarkasining ochilish
marosimida Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan va butun dunyoda “o’zbek modeli” deb e’tirof etilgan
taraqqiyotning uzviy qismi hisoblangan keng ko’lamli iqtisodiy islohotlar salmoqli
natijalar berayotgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari tomonidan yuritilayotgan
puxta o’ylangan iqtisodiy siyosatning izchil amalga oshirilishi tufayli
mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligi, jumladan, milliy paxta va
to’qimachilik kompleksi samaradorligini oshirish, paxta tolasidan yuqori
qo’shimcha qiymatga ega sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda
eksport tarkibida uning ulushini ko’paytirish hisobidan yildan-yilga ortib
bormoqda.
O’zbekiston bugun iqtisodiyoti jadal rivojlanib borayotgan davlatlardandir.
Dunyoda global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hamon davom etayotgan bir paytda
mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining o’sish sur’atlari yiliga o’rtacha 8,2 foizni
tashkil etayotgani ham milliy iqtisodiyotimizning barqarorligi hamda ulkan
salohiyatga ega ekanidan yorqin dalolat beradi. Statistik ma’lumotlar ushbu ijobiy
tendentsiya joriy yilda ham saqlanib qolishini ko’rsatmoqda.
Mamlakatimizda jahonning eng yuksak talablariga javob beradigan paxta
tolasini etishtirish, qayta ishlash va sotish bo’yicha tashkil etilgan zamonaviy
kompleks ham jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Sohada chuqur tarkibiy
islohotlarning amalga oshirilishi, barcha bo’g’inlarning tizimli ravishda
modernizatsiya qilinishi, texnik va texnologik qayta jihozlanayotgani, tegishli
infratuzilmaning
jadal
rivojlanayotgani,
shuningdek,
zamonaviy
bozor
mexanizmlarining keng joriy etilayotgani sababli ushbu kompleks faoliyatining
samaradorligi yuksalmoqda. Bu esa sarflanayotgan mablag’lardan samarali
foydalanish darajasini oshirmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan Mamlakatimizda
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish kontseptsiyasi bu boradagi jarayonni yanada kuchaytirish uchun
yangi, yanada keng imkoniyatlar ochib berayotir. Ushbu dasturiy hujjatga muvofiq
iqtisodiyotni erkinlashtirishni jadallashtirishga qaratilgan qonunchilik bazasi
takomillashtirilmoqda, iqtisodiyotimiz, shu jumladan, paxta tolasini etishtirish
hamda to’qimachilik kabi muhim tarmoqlar raqobatbardoshligini yanada
oshirishga doir aniq maqsadli chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda.
Eng yuqori standartlarga mos o’zbek paxta tolasiga jahon bozorida talab
ortib borayotir. Xalqaro O’zbekiston paxta va to’qimachilik yarmarkasining
o’zbekistonlik sheriklari bilan amaliy munosabatlarni kengaytirishdan manfaatdor
ishtirokchilari soni yildan-yilga ko’payib borayotgani ham shundan dalolatdir.
Misol uchun, 2005 yilda o’tgan dastlabki yarmarkaga dunyoning 30 mamlakatidan
170 ga yaqin treyderlik va to’qimachilik kompaniyalari vakillari tashrif buyurgan
bo’lsa, o’tgan yili ularning soni 660 nafardan oshdi. Bu yil sakkizinchi marotaba
o’tkazilayotgan yarmarkada esa 38 davlatdan paxta va to’qimachilik sohasida
faoliyat ko’rsatayotgan kompaniyalarning ming nafardan ortiq vakili ishtirok
etmoqda. Shunisi e’tiborliki, nafaqat tolamizga talab yuqori bo’lgan Janubi-sharqiy
va Janubiy Osiyo mamlakatlarining to’qimachilik kompaniyalari, balki o’zbek
to’qimachilik mahsulotlarini sotish bo’yicha muvaffaqiyatli biznes yuritayotgan
Evropa, Lotin Amerikasi hamda boshqa mintaqalar savdo firmalarining
O’zbekiston bilan hamkorlikdan manfaatdorligi ortib borayotgani natijasida paxta
hamda undan tayyorlanayotgan tovarlarimizni etkazib berish jug’rofiyasi ham
tobora kengaymoqda [13].
Darhaqiqat,
O’zbekistonda
paxtachilikni
rivojlantirish
eng
ilg’or
agrotexnologiyalarni qo’llash, xususiyatlari yaxshilangan yangi navlarni yaratish
va paxta tozalash sanoatiga innovatsiya ishlanmalarini joriy qilishga asoslangan.
Misol uchun, istiqlol yillarida o’zbekistonlik selektsionerlar paxtaning 162 navini
yaratdi, ularning ertapisharligi, hosildorligining yuqoriligi, tolasining tozaligi va
uzunligi, zararkunandalarga chidamliligi hamda mamlakatimizning turli hududlari
iqlim sharoitiga mosligi bilan ajralib turadigan 45 tasi davlat reestriga kiritilgan va
etishtirish uchun tavsiya etilgan. Bugungi kunda dalalarimizda etishtirilgan
hosilning 83 foizini “oliy” va “yaxshi” navli paxta tolasi tashkil etadi. O’zbek
paxtasi jahon bozorida talab etiladigan va asosiy sifat ko’rsatkichlaridan biri
bo’lgan mikroneyr darajasiga to’liq javob beradi.
Albatta, O’zbekistonda bunday sifatli paxtani etishtirishda, birinchi
navbatda, mehnatsevar dehqon va fermerlarimizning xizmati kattadir. Davlatimiz
rahbari tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida fermerlik
harakatini rivojlantirish va yanada kengaytirish uchun barcha shart-sharoitlar
yaratildi. Fermer xo’jaliklarini imtiyozli kreditlar bilan ta’minlash tizimi tashkil
etilib, muntazam takomillashtirilmoqda, ular eng sara urug’lik, qishloq xo’jalik
texnikasi, yoqilg’i-moylash materiallari bilan ta’minlanmoqda, davlat buyurtmasi
doirasida ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining xarid narxlari oshib borayotir.
Paxta tozalash sanoati ham jadallik bilan modernizatsiya qilinmoqda, ishlab
chiqarishga eng zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda. So’nggi yillarda
mamlakatimizning turli hududlaridagi barcha paxta tozalash zavodlari
rekonstruktsiya va modernizatsiya qilindi. Buning natijasida ishlab chiqarish hajmi
22 foizdan oshdi, tola sifati ham ortdi.
Yarmarka qatnashchilari bu yerda namoyish etilayotgan va joriy mavsumda
mamlakatimiz paxta zavodlari tomonidan ishlab chiqarilgan paxta tolasi
navlarining namunalari bilan tanishish imkoniga ega. Yarmarkada sotib olinadigan
har bir toy paxta sifati «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
tomonidan kafolatlangan. Markaz va uning barcha hududiy laboratoriyalari paxta
tolasini tekshirish uchun eng zamonaviy HVI yuqori texnologik tizimlar bilan
jihozlangan. Shu bilan birga, yaqin kelajakda ushbu jarayonni yanada
modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqda.
Yarmarkaning ochilishida O’zbekistonda rivojlangan bozor iqtisodiyotini
shakllantirish va uni yuqori qo’shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab
chiqarishga yo’naltirish davomida to’qimachilik sanoati ham izchil rivojlanib,
yangi korxonalar ishga tushirilayotgani, ularning ishlab chiqarish quvvati ortib
borayotgani ta’kidlandi. Bundan tashqari, paxta tolasini chuqur qayta ishlash hajmi
oshmoqda. Bu ko’rsatkich XX asrning 90-yillaridagi 7 foizdan 2011 yilda 40
foizga o’sdi. Mamlakatimizda katta hajmda xomashyo, ishlab chiqarish resurslari
va yuqori malakali kadrlar mavjudligi bois ushbu jarayon yanada jadallashmoqda.
Hisob-kitoblarga ko’ra, yaqin yillar ichida O’zbekistonda etishtirilayotgan jami
paxta tolasining 70 foizgacha bo’lgan qismi o’zimizda chuqur qayta ishlanadi.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yil 15 dekabrda qabul qilingan
“2011-2015 yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor
yo’nalishlari to’g’risida”gi qarori ushbu vazifalarni hal etishga qaratilgan. Mazkur
hujjatda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mahalliy xomashyoni chuqur va
sifatli qayta ishlash hisobidan eksportga mo’ljallangan raqobatbardosh sanoat
mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirish, ularni xorijda sotish bozorlarini
kengaytirish zarurligi qayd etilgan.
Bugun mamlakatimizda 2,2 mingdan ortiq yengil sanoat korxonasi faoliyat
ko’rsatmoqda. Ularning 280 dan ortig’i “O’zbekyengilsanoat” davlat aktsiyadorlik
kompaniyasi tarkibiga kiradi. Shu bilan birga, qo’shma korxonalar soni ham
ko’paymoqda. 2015 yilga mo’ljallangan yengil sanoatni rivojlantirish dasturiga
muvofiq sohaga eng zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda, ishlab
chiqarilayotgan mahsulot turlari har yili yigirmadan ortiq turga ko’paymoqda.
Bugun O’zbekistonda tayyorlanayotgan to’qimachilik mahsulotlari dunyoning
qirqdan ziyod davlatiga eksport qilinmoqda. Talab esa yanada oshmoqda.
Mamlakatimizda qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhiti yaratilgani
sababli
to’qimachilik sanoatiga
investitsiyalar,
shu
jumladan,
xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish hajmi oshmoqda. Bu esa faoliyat ko’rsatayotgan
korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni
jadallashtirish, xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan muvaffaqiyatli raqobatlasha
oladigan yangi zamonaviy korxonalarni tashkil etish imkonini bermoqda.
O’zbekistonda iste’mol qilinayotgan kiyim-kechaklarning 25 foizi, trikotaj
buyumlar va ip gazlamaning 30 foizdan ko’prog’i, pyafzalning deyarli 50 foizi
chetdan keltirilar edi. Prezidentimiz o’z faoliyati boshidanoq respublikamizning
xalq iste’moli mollari jihatidan bunday qaramligini tugatish uchun sharoitlarni
yaratishga katta e’tibor qaratdi. Jumladan:
- yengil va mahalliy sanoatni rivojlantirishning tashib kelish va chetga
chiqarish balanslariga asoslangan muayyan dasturlarni ishlab chiqish;
- zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini egallash, ishlab
chiqarishning fan yutuqlari va intellektual mehnat ko’p sarflanadigan tarmoqlarini
jadal rivojlantirishga keskin burilish;
- mashinasozlik, radioelektronika, asbobsozlik korxonalarini tubdan
yangilash va yangilarini qurish hamda chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilash;
- fan va texnika taraqqiyotining oldingi marrasiga chiqish uchun mavjud
barcha resurs va shart-sharoitlar, ilmiy texnikaviy va loyiha-konstruktorlik bazasi
imkoniyatlaridan foydalanish;
- shu asosda boshqa mintaqalar va chet ellar bilan teng huquqli sheriklar
sifatida aloqalarni yo’lga qo’yish [1].
Mehnat unumdorligini oshirish, paxta tozalash sanoatida ishlab
chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilash, uning tannarxini kamaytirish,
mashinalarning puxtaligi va texnologikligini oshirish, shuningdek paxtani
dastlabki ishlash texnologik jarayonini kompleks mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish yanada takomillashgan texnikani yaratishni talab qiladi.
Paxtani dastlabki ishlash ishlab chiqarishining xususiyati bo’lib texnologik
jarayonning uzluksizligi hisoblanib, operatsiyalarni bajarishda funktsiyasi turlicha
bo’lgan, o’zaro mahsulot ishlab chiqarish unumdorligi bo’yicha biriktirilgan
mashina va mexanizmlarning katta qismi ishtirok etadi.
Chigitli paxtani dastlabki ishlashning yangi progressiv mashinalarini ishlab
chiqarish konstruktorlik, eksprimental va ilmiy-izlanish ishlarini kengaytirishni,
paxta tozalash ishlab chiqarishining mashinasozlik bazasi va texnologiyasini
rivojlantirishni talab qiladi.
Texnologik jihozlarni modernizatsiyalash bo’yicha dolzarb vazifalardan
kelib chiqqan holda, ushbu bitiruv-malakaviy ishida PLA markali chigitli paxtani
saqlashga tayyorlash qurilmasining konstruktsiyasini takomillashtirish masalalari
ko’rib chiqildi va zaruriy hisoblashlar amalga oshirildi.
Dostları ilə paylaş: |