O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro muhandislik- tеxnologiya instituti


Paxtaning sifatini nazorat qilish



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/32
tarix02.06.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#123896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi

2.4. Paxtaning sifatini nazorat qilish. 
Tayyorlov punktida paxta qabul qilishda qabul qilinadigan 
mahsulotning sifatini nazorat qilish muhim o’rin tutadi. Uning 
aniqligiga nafaqat paxta zavodining daromadi, balki g’aramning 
to’g’ri jamlanishi xam bog’liq bo’lib, paxtaning ishonchli saqlanishini 
ta’minlaydi. Namunalar tanlash paxta sifatini nazorat etishning 
dastlabki va eng mas’ul jarayoni xlsoblanadi. Paxta tayyorlov 
punktida respublika standarti 643-95 «Paxta. Namuna tanlash usullari»
bo’yicha olib boriladi. Shuningdek, namuna tanlashga paxtani 
tushirish joylarida xam ruxsat etiladi. Namuna tanlash uchun odatda, 
doimiy usti yopiq ayvon jihozlanib, unda paxta namligi va iflosligini 
aniqlash uchun paxta namunalari solingan bankalarni quyosh nuri, 


chang va yog’ingarchilikdan saqlaydigan joy tanlanadi. Paxtaning sifat 
ko’rsatkichlarini aniqlash uchun keltirilgan paxta to’dasining turli 
joylaridagi istalgan nuqtalardan olingan namuna turkumi tuziladi. 
To’da deganda bitta selektsion sanoat navidan olingan sifati 
bo’yicha 
bir 
xil 
bo’lgan 
bitta 
transport 
nakladnoyi 
bilan 
rasmiylashtirilgan paxta miqdori tushuniladi. Har bir keltirilgan to’da 
nuqtalaridan namunalarni tayyorlov punktining klassifikatori paxta 
topshiruvchi ishtirokida paxta tortilguncha qo’lda tanlab oladi. 
Nuqtalardan namunalar tanlashga paxta tushirilgan joylarda ham 
ruxsat etiladi. Keltirilgan paxta to’dasining har ikki tonnasidan turli 
chuqurlikdagi kamida uch joydan xar biri 100—150 g miqdorida 
namuna tanlab olinadi. 
Paxtaning iflosligi va namligi tayyorlov punkti laboratoriyasida har 
bir xo’jalik (bo’linma yoki brigada) bo’yicha o’rtacha kunlik 
namunalarga qarab jamlangan to’dalar doirasida aniqlanadi. O’rtacha 
kunlik namuna bir kunda keltirilgan paxtadan yig’ilgan namunalar 
to’plamidan iborat. U quyidagicha tuziladi. Nuqtalardan olingan paxta 
namunalari namligi va iflosligini asboblar yordamida tekshirish uchun 
bitta kichik (bir kilogrammli) qopqog’i zich yopiladigan bankaga 
solinadi. Uning yorlig’ida topshiruvchi xo’jalikning nakladnoy 
nomeri, to’da nomeri, terim turlari, paxta navi ko’rsatiladi. Keyin 
kichiq bankalarga yig’ilgan nuqtalardan olingan paxta namunalari 6—
8 kg sig’adigan katta bankalarga joylanadi (katta bankaning taxminiy 
xajmi balandligi 0,7 m, diametri 0,4 m). Katta bankaga xo’jalik, 
bo’linma, brigadalar, paxtaning selektsion va sanoat navi, terim turi 
va jamlanadigan to’da nomeri ko’rsatilgan yorliq yopishtiriladi [6]. 
Qabul qilingan paxtani iflosligi va namligi bo’yicha tahlil 
qilishdan oldin har bir katta bankadan kichigiga 400—500 g dan 
namuna olinib, uni bir sutka davomida namlikni nazorat tekshiruvi 
uchun saqlanadi. Namunani sutka davomida saqlash vaqti namunaning 


nazorat qilinadigan kismi kichiq banka (namlikni aniqlash uchun) va 
qop yoki bankaga (ifloslikni aniqlash uchun) joylangan paytdan 
hisoblanadi. Namlik va ifloslikning kunlik tahlillaridan keyingi 
namuna qoldig’ini sifat hamda iflosligini nazorat tekshiruvi uchun 
qoldiriladi va qog’oz qoplarda saqlanadi. Namunali kichiq bankani 
imzolab, sana, xo’jalik, brigada, selektsion va sanoat navlari, 
jamlanadigan to’dalar ko’rsatilgan yorlik yopishtirib ko’yiladi. Bir 
sutkadan keyin nazorat namunalari tegishli to’dalarga qo’shiladi. 
Qabul qilingan paxtaning navi, namligi va ifloslanganligini 
aniqlash uchun namunalar tanlash va tahlillar 643-95, 592-92, 593-92, 
644-95 (1, 2, 3, 4) raqamli respublika standartlari bo’yicha standart 
namunalarda tekshirilgan yoki «Uzdavstandart» ning metrologik 
xizmati 
attestatsiyasidan 
o’tkazilgan 
asboblarda 
olib 
boriladi. 
Namunalar tanlash, laborantlar ishi, laboratoriya asbob-uskunalarini 
paxta zavodining TNB boshligi nazorat kiladi. 
Tayyorlov punktining laboratoriyasi quyidagi asboblarga ega 
bo’lishi kerak: Uz-7m shkafi, USX-1 va VXS yoki VXS-M1 namlikni 
aniqlash asbobi, 
paxta ifloslanganligini aniqlash uchun LKM 
kurilmasi, LPS-4 tola navini aniqlash asbobi, PPV jin tola tozalagich, 
paxta uchun SXL-3 laboratoriya kuritgichi, mayda qadoq toshli texnik 
tarozilar, mikroskop, mikroskopga P-2 nurni qutblantiruvchi moslama 
eksikator, namunalar olish uchun bankalar (katta va kichiq), LPS-4 
asbobida nazorat tekshiruvlarining ruxsat etiladigan farqlari paxta 
tolasi bo’yicha 2,5 foizdan oshmasligi kerak. Agar bu ajrimlar 
orasidagi farqlar ruxsat etiladigan miqdordan oshib ketsa, unda ikkita 
qo’shimcha namuna LPS-4 da o’lchanadi va o’lchov natijalari 
bo’yicha o’rtacha qiymat hisoblanadi [3]. 
Ikki namuna tahlilining natijalari orasidagi farq, ifloslikni 
nazorat tahlilida ifloslanganlik 10% gacha bo’lganda — 0,6% (mut.) 
dan oshmasligi, 10 foizdan yuqori bo’lganda esa 1,0% (mut.) dan 


oshmasligi kerak. Ikki namunani sinash natijalari orasidagi farqlar 
nazorat tahlillarida paxta namligi 10,0% gacha bo’lganda 0,5% dan 
oshmasligi va namligi 10% dan ko’proq bo’lganda 5,0% (nisb.) dan 
oshmasligi lozim. Agar dastlabki va nazorat tahlillarining natijalari 
orasidagi farqlar yuqorida ko’rsatilgan chegaralardan chiqmasa, unda 
dastlabki tahlil to’g’ri hisoblanadi. 
Namunalar tanlash to’g’riligini tekshirish, klassifikatorlar va 
laboratoriya tomonidan qabul qilinadigan paxtaning navi, ifloslanishi 
hamda namligini aniqlash uchun har kunlik laboratoriya tahlillari 
belgilanadi. Shu maqsadda qabul qilishdan keyingi kun tayyorlov 
punktida jamlanayotgan har bir to’dadan klassifikator ishtirokida bir 
kunda qabul qilingan paxtadan birlashgan paxta namunalari tanlanadi. 
Unga paxtaning selektsion va sanoat navlari, terim turi, namuna 
olingan to’da yoki g’aram nomeri ko’rsatilgan yorliq tirkaladi. 
Shundan so’ng mazkur namunalar bo’yicha laboratoriyada paxtaning 
namligi, iflosligi va navi asboblar yordamida aniqlanadi. Tahlil 
natijalari klassifikator uchun majburiydir. Ular bo’yicha klassifikator 
paxtani to’g’ri qabul qilish va jamlashni ta’minlash yuzasidan 
choralar ko’rishi shart. To’dani jamlash ma’lumotlari bo’yicha 
iflosligi va namligi ko’rsatkichlari, qabul qilishdagi ma’lumotlarga 
muvofiq kelishi kerak yoki yuqorida ko’rsatilgan ruxsat etiladigan 
chegaralarda og’ishlarga ega bo’lishi mumkin. 
Tayyorlov punktida qabul qilingan paxtaning sifatini baholash 
maqsadida har bir jamlangan paxta to’dasiga respublika standarti 
«Paxta. Namuna tanlash usullari» bo’yicha o’rta namuna tuziladi [6]. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin