2.1 -jad val
Paxtaning sinflar bo’yicha iflos aralashmalarning vazniy
ulushi va namlikning vazniy nisbati me’yorlari, foiz,
ko’pi bilan
Paxta
Sinflar
1
2
3
iflos
aralashma-
larning
vazniy
ulushi
namlik-
ning
vazniy
nisbati
iflos
aralashma-
larning
vazniy
ulushi
namlik-
ning
vazniy
nisbati
iflos
aralash-
malar-
ning
vazniy
namlik-
ning
vazniy
nisbati
I
II
III
IV
3,0 5,0
8,0
12,0
9,0
10,0
11,0
13,0
10,0
10,0
12,0
16,0
12,0
13,0
15,0
17,0
16,0
16,0
18,0
20,0
10,0
16,0
18,0
20,0
1 va 2-sinflar uchun ifloslanganlik belgilangan me’yoridan
yuqori bo’lgan taqdirda paxtani ifloslanganligi bo’yicha u to’g’ri
kelgan sinfga o’tkaziladi, namlik miqdori oshgan taqdirda esa
belgilangan tartibda narxini kamaytiradilar.
I, II, III va IV navlarida 3-sinf uchun belgilangan ifloslanganligi
yoki namligi me’yoridan oshiq bo’lsa, paxta topshiruvchiga qaytarib
beriladi yoki past nav bo’yicha qabul qilinadi.
Agar ifloslanganligi yoki namligi me’yori 22 foizdan oshib
ketsa, paxta topshiruvchiga qaytarib yuboriladi yoki belgilangan
tartibda narxi yoki vazniy miqdori kamaytirib qabul qilinadi.
O’rta darajali bakterial zamburug’ bilan kasallangan paxta past
navga o’tkaziladi. Kuchsiz darajali bakterial zamburug’ yoki shira
bilan kasallangan paxtaning narxi esa kamaytiriladi.
Paxtadagi shira moddalarni aniqlash qabul qilish vaqtida yoki
terim
oldidan
daladan
olingan
dastlabki
namunalar
bo’yicha
o’tkaziladi. Agar shira mavjud bo’lsa, paxta alohida qabul qilinadi va
jamlanadi. Bu paxtaning navi paxta zavodida qayta ishlangandan keyin
aniqlanadi.
Paxta tupida tasma singari burilgan pallachalar mavjud bo’lsa,
shuningdek,
to’daning
20
foizidan
ortig’i
gommoz
bilan
kasallanganligi aniqlansa (sariq yoki qo’ng’ir yig’indilar mavjud
pallachalarda yopishib kolgan, nihoyatda kam titilgan tolachalar bilan
ta’riflanadi) paxta past navga qabul qilinadi. Paxta etishtiradigan
xo’jaliklar chigitdagi pestitsid qoldiqlarining miqdori haqida hujjat
(sertifikat)
topshirishadi.
Chigitdagi
pestitsid
O’zbekiston
Respublikasining Sog’liqni
S
aqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan
me’yordan ortiq bo’lmasligi kerak.
Chigitda ruxsat etilgan me’yordan ortiq pestitsid mavjud bo’lsa,
belgilangan tartibda paxtaning narxi kamaytiriladi.
Paxta to’dasining jamlanishi, saqlanishi va qayta ishlanishi
«Paxta terish va tayyorlash bo’yicha yuriknoma»ga (3) binoan
tolaning turiga va paxtaning sifat ko’rsatkichlariga qarab har bir
xo’jalik bo’yicha alohida amalga oshiriladi.
Har bir tayyorlov punktida paxtani ikki yoki uch mintaqaviy
tizim bo’yicha qabul qilish tartibi paxta zavodi direktorining buyrug’i
bilan belgilanadi. Paxta uch mintaqaviy tizimda qabul qilinganda
tayyorlov punkti uch zonaga bo’linadi. Birinchi zonada tashib
keltirilgan paxtaning sifati aniqlanadi. Ikkinchi zonada tarozida
tortiladi. Uchinchi zonaga qabul qilingan paxtani tushirish va g’aram
hamda omborga joylash amalga oshiriladi. Uchinchi zonaga quritish-
tozalash sexi kiradi.
Birinchi zonada topshiriladigan paxtani tarozida tortishga kadar
klassifikator taqqoslash yo’li bilan paxtaning navi, namligi va
iflosligi, respublika standartlari me’yorlariga mosligini aniqlaydi,
shuningdek, navi, namligi va ifloslanishini laboratoriyada aniqlash
uchun paxtadan namunalar tanlaydi.
Shubhali hollarda klassifikator laboratoriyaga paxta navini
asboblar bilan baholashni so’rab murojaat qilishi kerak. Laboratoriya
tahlilidan keyin paxta laboratoriya tomonidan aniqlangan navga qabul
qilinadi. Keyin klassifikator xo’jalik xujjatidagi «qabul kilindi»
ustunini to’ldirib, so’ngra nakladnoyni (ikki nusxa) topshiruvchiga
beradi va paxtani tortish uchun ikkinchi zonaga jo’natadi.
Ikkinchi nusxa o’ng yuqori burchagida «nusxa» degan bosma
yozuv bo’lishi kerak, agar yo’q bo’lsa, katta klassifikator qo’lda siyox
bilan "nusxasi" deb aniq yozib qo’yish kerak.
Paxta topshiruvchilardan qabul qilganda uning sifati faqat
tayyorlov punktining laboratoriyasi tomonidan aniqlanadi. Agar paxta
namunalarini tanlash va sifatini tahlil qilish shu tayyorlov punktining
laboratoriyalari tomonidan bajarilmagan bo’lsa, ular haqiqiy emas deb
hisoblanadi.
Paxtaning
konditsion
vazni
katta
klassifikatorga
bo’ysunmaydigan laboratoriya belgilaydigan namligi va iflosligi
ko’rsatkichlariga bog’liqligini hisobga olib, katta klassifikator paxtani
laboratoriya tahlilidan o’tkazishda ishtirok etishi mumkin.
Agar olingan laboratoriya natijalaridan rozi bo’linmasa, katta
klassifikator paxtaning sifatini takror tahlil etilishini talab qilishga
haqli. Bu haqda qabul paytida namunalar oluvchi katta klassifikator
yoki klassifikator laboratoriya qayd daftariga yozib qo’yadi. Bunday
holda laboratoriya klassifikator ishtirokida qayta tahlil o’tkazilib,
uning natijasi jurnalda «takroriy» deb yoziladi. Agar takroriy tahlil
natijasi dastlabki belgilangan chegaralarda bajarilgan bo’lsa, unda
dastlabki aniqlangani to’g’ri hisoblanib, katta klassifikator bunga rozi
yoki norozi bo’lishidan qat’iy nazar, topshiruvchi bilan hisob-kitob
qilish uchun buxgalteriyaga beriladi.
Tayyorlov
punkti
laboratoriyasi
tahlillarining
natijalari
topshiruvchi hamda paxtani qabul kiluvchi klassifikator uchun
majburiy ma’lumot hisoblanadi.
Agar topshiruvchi klassifikator tomonidan aniqlangan paxtaning
navi, namligi va iflosligiga rozi bulmasa, bahs tayyorlov punktining
laboratoriyasi tomonidan xal etiladi, buning uchun ular ishtirokida
tayyorlov punkti laboratoriyasining vakili paxta sifatini asboblar bilan
sinash uchun o’rta namuna tanlaydi.
Keltirilgan paxta sifati klassifikator tomonidan yoki bahsli
hollarda laboratoriya tahlili orqali aniqlangandan keyin tortish uchun
ikkinchi zonaga o’tkaziladi. Topshiruvchi (xo’jalik vakili) tayyorlov
punktining laboratoriyasi o’tkazgan tahlil ma’lumotlariga rozi
bulmasa, topshiruvchi ishtirokida takroriy tahlil o’tkazib, uning
natijasi, topshiruvchi va tayyorlovchi uchun qat’iydir.
5-XL shaklidagi chiqish ruxsatnomasisiz va xo’jalik naklad-
noyida katta klassifikatorning yozuvisiz transportning tayyorlov
punkti hududidan chiqib ketish ta’qiqlanadi [3].
Paxta avtomobil tarozilarda tortilib, brutto vazni 14-XL shak-
lidagi jurnalga yozilgandan keyin klassifikator yoki klassifikator
tarozibon ikki nusxadagi nakladnoyning «brutto vazni» qatorini
to’ldiradi, bir nusxasini olib qoladi va birinchi nusxasini g’aramlash
joyni ko’rsatib transport xaydovchisiga topshiradi va paxtani uchinchi
zonaga jo’natadi.
Uchinchi zona klassifikatori paxta jamlanadigan joyda tushirish
paytida qabul qilingan paxtani ko’rib chiqadi va biron-bir begona
narsa aralashgani hamda paxtaning namligi va iflosligi chegaralangan
me’yordan ortiqligini payqab qolsa uni ikkinchi zonaga qaytarib,
nakladnoyning «g’aramlash» bo’limida qaytarilgan paxtani dastlab
belgilangan miqdordan chiqarish uchun tegishli belgi qo’yadi.
Uchinchi zona klassifikatori tomonidan qabul qilingan paxta
g’aramga joylanadi. Ayni paytda klassifikator xo’jalik nakladnoyida
«g’aramlash» bandini to’ldiradi va unga imzo chekadi. Shundan keyin
transport xaydovchisiga transport vositasini tortish va qabul qilingan
hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ikkinchi zonaga jo’naydi.
Katta klassifikator (ikkinchi zona) transport vositalari, tarani
tortib,
qabul
qilingan
paxtaning
netto
vaznini
transport
nakladnoyining «qabul kilindi» bandi va qabul qilish kvitantsiyasi
PK-17 shakliga yozib ko’yadi. Transport nakladnoyisiz yoki ustunlari
to’ldirilmagan nakladnoylar bilan jo’natilgan paxtani qabul qilish va
paxtaga qabul qilish kvitantsiyasini yozish man qilinadi.
Katta klassifikator (ikkinchi zona) va birinchi hamda uchinchi
zonalar
klassifikatorlari
tomonidan
imzolangan
nakladnoyning
birinchi nusxasi qabul qilish kvitantsiyasiga tirkaladi va tayyorlov
punkti buxgalteriyasiga xo’jalik hisob-kitob qilish uchun beriladi,
ikkinchi zona klassifikatori tomonidan imzolangan nakladnoy nusxasi
esa topshiruvchiga beriladi.
Transport xaydovchisi paxtani topshirgandan keyin tayyorlov
punkti hududidan chiqish 5-XL shaklidagi ruxsatnomasi bilan chiqib
ketadi. 5-XL chiqib ketish ruxsatnomasi navbatchi soqchida qoladi va
u kun oxirida bu ruxsatnomalarini ro’yxatga tirkagan holda tayyorlov
punkti buxgalteriyasiga imzo chektirib topshiradi.
Ikki zonani qabul qilishda qabul qilinadigan paxtaning sifatini
aniqlash va tortish birinchi zonada amalga oshiriladi. Paxtani
tushirganda
va
g’aram
omborlarga
joylaganda
uning sifatini
qo’shimcha tekshirish ikkinchi zona klassifikatori tomonidan uch
zonali tizimda uchinchi zona klassifikatori tomonidan amalga
oshiriladi.
Katta klassifikator uch zonali va ikki zonali tizimlarda paxtani
qabul qilish, jamlash, saqlash, tashish, ortish va tushirish bo’yicha
barcha ishlarni moddiy javobgar shaxs sifatida tashkil etadi.
Birinchi zona klassifikatori uch zonali va ikki zonali tizimlarda
qabul
qilinadigan
paxtaning
navi,
namligi
va
ifloslanishini
organaleptik usulda aniqlashning to’g’riligi va namunalarini tanlash
to’g’riligi uchun bevosita javob beradi.
Uchinchi zona klassifikatori uch zonali yoki ikkinchi zona
klassifikatori ikki zonali tizimda paxtani to’dalarga jamlash hamda uni
g’aram va omborlarga joylashning to’g’riligiga, qabul kilingan
paxtaning saqlanishiga, uni paxta tozalash zavodiga jo’natish va
transportning me’yordan ortiq bekor turishiga yo’l qo’ymaslik,
shuningdek,
ushbu
zonada
bajariladigan
ishlarda
xavfsizlik
texnikasiga rioya kilinishi va ortish, tushirish ishlarida mavjud
mexanizatsiya vositalaridan to’g’ri foydalanishi uchun bevosita javob
beradi.
Zonalarning
klassifikatorlari
katta
klassifikatorga
bo’ysunishadi.
Paxtani xo’jalikdan qabul qilib olishda katta klassifikator yoki
klassifikator tarozibon shaxsan uch nusxada PK-17 shaklidagi qabul
qilish kvitantsiyasini to’ldiradi, unda hamma ko’rsatkichlar aniq
yozilishi kerak. Qabul qilish kvitantsiyasini yuqorida ko’rsatilgan
shaxslardan boshqa kishining yozishi man qilinadi.
Xo’jalikdan qabul qilingan bir selektsion nav va sinf paxtasi bir
qabul qilish kvitantsiyasi bilan rasmiylashtirilib, u buxgalteriyaga
hisob-kitob qilish uchun beriladi.
Keyingi kun buxgalteriya hisob-kitobdan so’ng qabul qilish
kvitantsiyasining birinchi nusxasini paxta topshiruvchiga topshiradi,
ikkinchisini Makroiktisodiyot va statistika vazirligining tuman
inspektsiyasiga jo’natadi, uchinchisi—tayyorlov punktida qoladi.
Katta klassifikator qabul qilish kvitantsiyalari PK-17 shaklida
ko’rsatilgan ma’lumotlarning (paxtaning konditsion vazndagi miqdori,
selektsion, sanoat navlari, sinflari va jamlash o’rinlari) to’g’riligi,
tayyorlov punktining mudiri va katta buxgalter, konditsion vazn va
qabul qilingan paxta uchun pul hisob-kitoblarining to’g’riligi
(qo’shish va kamaytirishni hisobga olib) uchun (PK-17 shaklining
orqa tomoni) shaxsan javob beradi.
PK-17 shaklidagi qabul qilish kvitantsiyalari asosida Davlat
statistika organlari tomonidan paxta tayyorlash to’g’risida har kuni
hisobot tuziladi. Har qanday boshqa hujjatlar paxta tayyorlash
to’g’risida hisobotlar tuzishga asos bo’la olmaydi.
Xarid hisobotida qabul qilish kvitantsiyalari asosida har bir
xo’jalik
tomonidan
topshirilgan
paxtaning
konditsion
vazni
hisoblanadi.
Xo’jaliklardan paxtani tilxat bo’yicha saqlash uchun qabul
qilishga ruxsat etilmaydi. Tartib butun paxtaga, shuningdek, tanlab
terilgan urug’lik oilaviy va tajriba namunalariga xam taalluqlidir.
Tayyorlov
punkti
laboratoriyasining
to’dalar
bo’yicha
(xo’jaliklar, bo’linmalar, brigadalar) paxtaning ifloslanishi va namligi
uchun tahlillar natijalari uning konditsion vaznini hisoblash uchun
qat’iydir.
Qabul kilinib, to’dalab jamlangan paxtadan olingan namunalar
bo’yicha o’tkazilgan nav, namlik va ifloslanish natijalari xo’jalik,
bo’linma, brigada bo’yicha qabul qilishda aniqlangan va qabul
qilingan kunda belgilangan paxtaning konditsion vazni bo’yicha
paxtaning sifatini o’zgartirish uchun asos bo’la olmaydi. Shunga
muvofiq ravishda xo’jaliklar bilan pul hisob-kitoblari va paxta
xaridlarini hisoblash u qabul kilayotgan har bir kun uchun belgilangan
konditsion vazn bo’yicha olib boriladi.
Paxta ifloslanishi (iflos aralashmalarning vazniy ulushi) va namlik
(namlikning vazniy nisbati) yagona hisob me’yorlariga hamma sanoat
navlari uchun keltirilgan konditsion vazn bo’yicha qabul qilinadi va
hisobga olinadi [6].
Dostları ilə paylaş: |