bilan rasmiylashtirilgan paxta keltirilgan to’da hisoblanadi.
Agar bu to’dada turli selektsion va sanoat navlari, turlari hamda
sinflariga tegishli paxta aralashtirilgan bo’lsa, paxta shu to’dada
mavjud bo’lgan eng past nav, tur va sinflari bo’yicha qabul qilinadi.
Belgilangan selektsion paxta tolasining turi me’yoriy hujjatlariga
muvofiq o’rnatilgan tartibda aniqlanadi (O’zRST 615-94 ga binoan).
Har bir paxta turi rangi, tashqi ko’rinishi va pishib etilganligi
koeffitsientiga binoan besh navga bo’linadi I, II, III, IV, V. Paxta
navi, rangi va pishib etilganlik koeffitsienti ko’rsatkichlariga ko’ra
aniqlanadi.
Paxta navi 2.1-jadvalda berilgan me’yorlarga muvofiq, if-
loslanganlik (iflos aralashmalarning vazniy ulushidan) va nam-lik
(namlikning vazniy nisbati) miqdoriga qarab 1 (qo’l), 2 (mashina) va
3 (to’kilgan paxtani terish) navlarga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: