Add Line operatori
Qora uzun vertikal chiziqdan iborat bo‗lib, chiziqdan o‗ng tomonda
dasturni yozish uchun joy ajratadi va dasturning boshi va oxirini bildiradi. Bu
chiziqdan dasturda ichma-ich bir necha marta joylashtirish mumkin, xuddi
dasturlash tillaridagi
Begin …. End
; ga o‗xshaydi.
if shart operatori
Shart operatorining umumiy ko‗rinishi quyidagicha. ifoda if shart.
Agar shart bajarilsa ifodaning qiymatini qaytaradi.
while shartli takrorlash operatori
Umumiy ko‗rinishi quyidagicha while shart . Bajariladigan ifoda pastki
bo‗sh joyga kiritiladi. Bu yerda agar shart bajarilmasa, pastki ifodaning qiymatini
qaytaradi agar shart bajarilsa, takrorlash davom etaveradi.
Bu misoldan ko‗rinadiki, A(2) deganda x=2 qiymat qabul qilyapti va s>2
bo‗lsa yig‘indini hisoblash jarayoni to‗xtatilib, natija sifatida s ning qiymati
qaytarilyapti. Xuddi shunday A(3)hisoblanadi.
continue operatori
Bu operator biror bir jarayonni davom ettirish uchun ishlatiladi. Ayniqsa
for va while operatorlarida.
return operatori
return operatori qiymat qaytarish vazifasida ishlatiladi.
18
Agar ayrim misollarda natijani hisoblash cheksiz davom etsa, uni [Esc]
tugmasini bosish bilan to‗xtatiladi.
19
Satr ustida bajariladigan funksiyalar
Mathcad dasturida o‗zgaruvchilarning satrli tipi mavjud bo‗lib ularning
qiymatlari qo‗shtirnoq ichida beriladi va ular ustida bir qancha amallarni bajarish
mumkin. Quyida satr ustida bajariladigan funksiyalar keltirilgan.
concat(s1,s2) – s1 va s2 satrlarni birlashtiradi.
num2str(z) – z sonni satrga aylantiradi.
str2num(s) – s satrni songa aylantiradi.
str2vec(s) – s vektorni songa aylantiradi.
vec2str(v) – v vektorni satr ko‗rinishda aniqlaydi.
strlen(s) – s satr uzunligini aniqlaydi.
search(s,s1,n) – s satrda s1 belgini n-marta qatnashgan o‗rnini aniqlaydi.
substr(s,n,m)- s satrni n- belgisidan boshlab m- belgisigacha qirqib boladi.
|