Ko‘rgazma funksiyalarni qo‘llash
11
MathCAD tizimida ko‗pgina kirgizma funksiyalar mavjud. Xato,
kamchiliklarga yo‗l qo‗ymaslik uchun funksiyaning nomini klaviaturadan
kirgizmaslik tavsiya etiladi. Ko‗p ishlatiladigan sin, cos, tg, ln va boshqalarni
Calculator instrumentlar panelidan foydalangan holda berish mumkin. Boshqa
funksiyalarn Insert yoki f(x) buyruqlari bilan kirish lozim bo‗ladi. Buyruq taqdim
etadigan darchada (4-rasm) foydalanuvchi funksiyaning toifasini belgilashi, uning
yozilish namunasi bilan tanishish, so‗ngra kerakli tanlovni aniqlashtirishi mumkin.
Mana shulardan so‗ng tizim foydalanuvchiga zaruriy parametrlarni yozish lozim
bo‗lgan shablonni taqdim etadi.
Funksiya xususiyati qiymatni qaytarishdir, ya‘ni unga yuzlanilganda u
o‗zining qiymatini qaytaradi.
4-rasm. Insert->Function qo‗yilma funksiya buyrug‗ining ishchi darchasi
O‘zgaruvchilarni va foydalaniladigan funksiyalarni aniqlash
MathCAD tizimida boshqa istalgan dasturlash tillaridagidek, xotiraning har
bir uyachasiga bitta nom identifikator mos keladi. U esa tizimning o‗rnatilgan so‗z
tartibiga monand holda tanlanadi. MathCADda identifikatorlar lotin yoki grek
alfavitining harflaridan va raqamlaridan tuzilgan bo‗lishi, ammo boshlang‘ich
holatda faqat harf turishi mumkin.
Identifikator tizimdagi xizmatchi so‗zlar bilan ustma ust tushmasligi
darkor. MathCAD kichik va bosh harflarni ajrata olishini ko‗zdan qochirmaslik
kerak.
Lokal va global o‘zgaruvchilar
Boshqa dasturlash tillarida bo‗lganidek, MathCADda ham lokal va global
o‗zgaruvchilar farqlanadi. ―:=‖ ramzi bilan MathCADda lokal o‗zgaruvchilar
belgilanadi. Buning uchun ―:=‖ ramzi kiritilsa kifoya.
Global o‗zgaruvchi ―o‗zgaruvchi≡ifoda‖. Global o‗zgaruvchilarning lokal
o‗zgaruvchilardan farqi ularning hujjatining istalgan joyida qo‗llana olishidir (shu
bilan bir qatorda ularni aniqlashtirishdan oldin va yuqori qismida).
|