9
bo‗lgan nomdor obyektlar o‗zgarishi mumkin bo‗lganda ularni o‗zgaruvchilar
deyiladi. O‗zgaruvchining turi uning qiymati bilan aniqlanadi; o‗zgaruvchilar son
qiymatli, qatorli, belgili va h k.z. bo‗lishi mumkin. Konstantalar, o‗zgaruvchilar va
boshqa obyektlarning nomi identifikatorlar deb yuritiladi.
MathCAD da
identifikatorlar lotincha yoki grekcha harf va sonlarning to‗plamidan iboratdir.
MathCAD da uncha katta bo‗lmagan maxsus obyektlar guruhi mavjuddirki,
ularni konstantalar va o‗zgaruvchilar klasslariga qo‗shib bo‗lmaydi. Ularning
qiymatlari dasturni ishga tushirilgan pastda aniqlanadi. Ularni tizim tomonidan
ilgaridan boshlang‘ich qiymatlari belgilangan tizimli o‗zgaruvchilar
deb atash
to‗g‘riroq bo‗ladi. Tizimli o‗zgaruvchilar qiymatlarini o‗zgartirish MathCAD
Options ning Matematika -> Opsiyalar buyrug‘i bo‗yicha bajariladi,
bunda uning
o‗zgaruvchilar dialogli darchasining qo‗yilmasidan foydalaniladi.
Oddiy o‗zgaruvchilar tizimlilaridan shunisi bilan farqlanadiki, ular
foydalanuvchi tomonidan dastlab aniqlangan bo‗lishlari, ya‘ni kam deganda bir
marta qiymat berilgan bo‗lishlari lozim. Bu holda ―:=‖ belgisi qo‗llaniladi.
Agar o‗zgaruvchi := operatori yordamida boshlang‘ich
qiymat berilsa,
klaviaturadagi : klavishi bosilib u chiqarilsa, bunday belgilash lokal deyiladi.
Bungacha o‗zgaruvchi belgisi aniqlanmagan va uni qo‗llash mumkin emas. Ammo,
≡ belgisi yordamida (klaviatura ~ belgisi) global belgilashni ta‘minlash mumkin.
MathCAD hujjatni ikki marta chapdan o‗ngga va yuqoridan pastga to‗liq o‗qib
chiqadi. Birinchi o‗tishda (≡) lokal belgilash operatori tomonidan aniqlangan
barcha
harakatlar bajariladi, ikkinchi o‗tishda esa (:=) lokal belgilash operatori
belgilanib bergan harakatlar amalga oshiriladi va hisoblashlarning barcha zaruriy
natijalari (=) qayd etiladi.
Bundan tashqari quyuq tenglik = belgisi (Ctrl+=) ham mavjud bo‗lib, u
tenglamalar tizimini yechishda taxminiy tenglik operatori sifatida qo‗llanadi. Yana
simvolli tenglik belgisi → (Ctrl+) qam mavjud.
Dostları ilə paylaş: