O ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə11/14
tarix15.03.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#53778
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
NE EE amaliy 1-qism

8 - AMALIY MASHG‘ULOT

Mavzu: Oʻzaro induktiv bogʻlangan elektr zanjirlarini xisoblash.
Tarmoqlangan induktiv bog‘langan zanjirlarni Kirxgofning birinchi va ikkinchi qonunlari asosida yoki kontur toklar usulida hisoblash mumkin. Tugun potensiallar usulini bevosita qo‘llab bo‘lmaydi, chunki bir shoxobchadagi tok nafaqat shu shoxobchadagi EYuK va shoxobcha ulangan tugunlarning potensiallariga, balki boshqa induktiv bog‘langan shoxobchalardagi toklar o‘zgarishiga ham bog‘liqdir. Ekvivalent generator usulini esa, faqat ikki qutblikka tegishli bo‘lmagan shoxobcha ikki qutblik tarkibiga kiradigan boshqa shoxobcha bilan induktiv bog‘lanmagan elektr zanjirlarida qo‘llash mumkin.

Hisoblash usullarini chegaralaydigan hollardan ozod bo‘lish uchun ba'zi bir hollarda induktiv bog‘lanishni bartaraf etadigan ekvivalent sxemalariga o‘tish zarur bo‘ladi.

Kirxgofning ikkinchi qonuniga ko‘ra tenglama tuzishda o‘zaro induksiya EYuKi mos kuchlanish kabi hisobga olinadi. k elementdagi kompleks kuchlanish ishorasi k elementini aylanib chiqishda s-elementdagi tokning musbat yo‘nalishini ham nazarda tutib belgilanadi. Agar bir xil nomlangan qismalarga nisbatan aylanib chiqish yo‘nalishi bir xil bo‘lsa, u holda ishorasi "musbat", aks holda esa-"manfiy" bo‘ladi.

8.1-rasm

Misol tariqasida 8.1-rasmda keltirilgan zanjir uchun Kirxgof qonunlari asosida tenglamalar tuzamiz. Tenglamalardagi kuchlanishlar ifodalarini konturdagi elementlarning joylashish tartibiga ko‘ra yozamiz:





Kirxgofning 2-qonuniga asosan tuzilgan kontur toklar tenglamalari sistemasini ham keltiramiz:






Bu tenglamalarni quyidagicha ko‘rinishda yozish mumkin:



Bunda , va -birinchi, ikkinchi va uchinchi konturlarning xususiy kompleks qarshiliklari, ; va -1 va 2, 2 va 3, 3 va 1 qo‘shni konturlarning o‘zaro kompleks qarshiliklari; Е1, Е2, Е3,-birinchi, ikkinchi va uchinchi konturlarning kompleks EYuK lari.

Misol uchun:


Induktiv bog‘langan zanjirlar uchun ham o‘zarolik xossasi o‘rinlidir. Bu holat o‘zgarmas tok zanjirlari uchun o‘zarolik xossasining qo‘llanishi kabi tushuntiriladi.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin