O ’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo


Hujjatlarni  o`rganish  metodi



Yüklə 329,48 Kb.
səhifə24/65
tarix02.01.2022
ölçüsü329,48 Kb.
#42854
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65
Psixologiya-fayllar.org

Hujjatlarni  o`rganish  metodi  sotsiologiya  fanidan  kirib  kelgan.  Bu  metodning  qator 

afzalliklari bor. Ulardan muhimlari shundan iboratki, u faoliyatning mahsulini tekshirishga 

imkon  beradi  hamda  o`plangan  ma

’lumotlarning  ishonchliligi,  matematik  qayta  ishlash 

imkoniyatining borligi bilan ajralib turadi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Hujjat-nuty  matnlari,  yozma, 

rasimy  hxujjatlar,  gazetalar,  jurnallar, 

maqolalar, xatlar, siyosiy, badiiy adabiyotlar. 

 

Amerakalik sotsiolog Lausel va Berelsonlar 



 

Hujjat  deganda  og`zaki  (so`zlangan  nutq  matnlari,  suhbatlarning  yozib  olgan  qismlari, 

bevosita  muloqot)  yoki  yozma  (rasmiy  hujjatlar,  gazetalar,  jurnallardagi  maqolalar,  xatlar 

siyosiy yoki badiiy adabiyot materiallari) holda tavsiya etilgan ma

’lumotlar nazarda tutiladi. 

Ana  shu  materiallarni  ma

’naviy  jihatdan  ham  sifat,  ham  miqdoriy  analiz  qilinish  usuli 

ijtimoiy  psixologiyada  kontent  -  analiz  deb  ataladi.  Kontent-analizning  ilmiy  mohiyati 

shuki, uning yordamida biror matnda ma

’lum fikr, goya yoki tushunchalarning necha marta 




 

36 


Hodisalarni ilmiy 

asosda bilib olish 

uchun quyidagi 

talablarga amal 

qilinadi 

Tekshiriladigan 

hodisaga boshqa 

hodisalar boglangan 

deb qaraladi 

Har bir hodisaning 

vujudga kelishi, 

taraqqiy etishi, 

o’zgarish jarayonini 

k

o’zdan kechirish 



Miqdor 

o’zgarishlarning 

sifat 

o’zgarishlarga 

o’tishlari



qaytarilishi  qayd  etiladi,  ya

’ni  ma’lum  mazmun  miqdor  ko`rinishiga  keltiriladi.  Bu 

metodning asoschilari amerikalik sotsiologlar X. Lassuell va B. Berelsonlar bo`lib, ular bu 

usulni  birinchi  marta  ikkinchi  jahon  urushi  yillarida  bir  siyosiy  gazetaning  mazmunini, 

g`oyaviy yo`nalishini aniqlash maqsadida qo`llagan edilar. Ular "Haqiqiy amerikalik" nomli 

gazetaning kundalik chikishlarini kontent-analiz qilib, ularni fashistik  yo`nalishdagi gazeta 

ekanligini isbot qilishgan va uning chikishini ta

’kiklashga erishgan edilar.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Kontent-analizni  ko`llashda  tadqiqotchi  oldida  turgan  asosiy  muammo  bu  tekshiruv 



birliklari-kategoriyalarini  aniqlashdir.  Chunki,  bunday  birliklar  tadqiqotning  maqsadi  va 

tadqiqotchining  etiqodi  va  dunyoqarashiga  ko`ra  har  xil  bo`lishi  mumkin.  Masalan,  o`sha 

kontent-analizning  asoschilari  Lassuell  va  Berelsonlar  bunday  birlik-ramziy  birlik  yoki 

simvollar  bo`lishi  mumkin,  deb  hisoblashgan  bo`lsalar,  boshqa  amerikalik  tadqiqotchi  L. 

Lovental  bunday  birlik  yaxlit  mavzu  bo`lishi  kerak,  deb  hisoblaydi.  Rus  sotsiologlari  va 

tadqiqotchilari  esa  ijtimoiy  g`oya  yoki  ahamiyatli  mavzu  bo`lishi  kerak,  degan  fikr 

tarafdorlari.  

Aslida,  manaviy  birliklar  kontent-analizda  ilmiy  taxmin  va  tadqiqotchining  metodologik 

asoslari bilan belgilanishi kerak. Shuning uchun ham ko`pgina tadqiqotlarni umumlashtirib, 

analiz uchun birliklar quyidagilar bo`lishi mumkin deb hisoblaymiz: 

a)  Alohida  iboralar  yoki  so`zlarda  bildirilgan  tushunchalar  (masalan,  demokratiya,  faollik, 

tashabbus, hamkorlik va hokazo);  

b)  Yaxlit  abzatslar,  matnlar,  maqolalar  va  shunga  o`xshashlarda  ko`tarilgan  mavzular 

(masalan,  millatlararo  munosabatlar  mavzusi,  insonlardagi  milliy  qadriyatlar  mavzusi  va 

hokazo) ; 

v) Tarixiy allomalar, siesatshunoslar, tanikli shaxslarning nomlari

g)  Ijtimoiy  hodisa,  rasmiy  hujjat,  biror  aniq  fakt,  asar  (masalan,  oilaviy  mojarolar, 

O`zbekiston Konstitusiyasi muhokamasi, yangi yozilgan asarga o`quvchilarning munosabati 

va shunga o`xshash). 


 

37 


Tanlab olingan analiz birliklari boshqa turdosh yoki o`ngacha birlikka nisbatan hisoblanishi 

mumkin  (masalan,  u  yoki  bu  faktga  qancha  "Tarafdoru,  qancha  odam  qarshi"  manosida), 

yoki  bu  kategoriya  tekshirilaetgan  massivda  necha  marta  qayd  etilgani  absolyut  ravishda 

hisoblab  chiqiladi.  Masalan,  hozirgi  zamon  ayolining  mehnatga  munosabatini  aniqlash 

uchun  "Saodat"  jurnalining  ma`lum  davrdagi  barcha  sonlardagi  ishlayotgan  ayollar  fikri 

"ijobiy"  yoki  "salbiy"  moddalar  jihatidan  analiz  qilish  yo`li  bilan  aniqlanadi.  Bazan 

ko`tarilgan  mavzu  yoki  o`rganilayotgan  faktning  ijtimoiy  ahamiyatini  aniqlash  maqsadida 

matnning  jismoniy  maydoni:  qatorlar  soni,  abzatslar  soni,  unga  ajratilgan  varaqlar,  radio 

bo`lsa, unga ajratilgan vaqt, televidenieda esa necha marta qaytarilayotganligi, efir vaqti va 

hokazolar hisobga olinadi.  

Yaxshi  o`tkazilgan  kontent-analiz  aslida  ijtimoiy  psixologik  tadqiqotlarda  juda  katta 

ahamiyatga  ega.  Lekin  olingan  malumotlarning  ishonchliligini  shu  borada  ilgari  ishlagan 

shaxslar-ekspertlar bahosi, ayni shu faktni tekshirish uchun boshqa metodlarni ham qo`llash 

va  malumotlarni  solishtirish  va  ayni  ob`ekt  va  ayni  vaziyatda  qayta  analiz  qilish  yo`llari 

bilan  erishildi.  To`plagan  miqdoriy  malumotlar  yaxshigina  matematik  qayta  ishlovdan 

o`tkazilmogi lozim. Kontent-analiz tadqiqotchidan kattagina o`quvni talab qiladi, chunki bir 

tomondan,  u  yoki  bu  matnni  tushunish  mahorati  bo`lishi  kerak,  ikkinchi  tomondan, 

tadqiqod so`ngida qo`lga kirilgan miqkdoriy birliklarni yana qayta sifat formasiga keltirish 

lozim, yani tushuntirib berish kerak.  

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 

Ijtimoiy     psixologik    axborotning    ishonchliligi     va validligi nima? 

Ijtimoiy    psixologik    tadkiqot    natijalariga   ta

’sir etuvchi omillar. 

Tayyorgarlik bosqichida amalga oshiriladigan vazifalar. 

Tadqiqot metodi, metodikasi haqida tushuncha. 

Pilotaj tekshiruv nima? 

Reprezentativ tekshiriluvchilar. 

Ijtimoiy psixologik tadqiqot o

’tkazish bosqichlari. 




Yüklə 329,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin