Ishning bajarish tezligini xarakterlaydigan fizik kattalik quvvat deyiladi. Quvvatni N harfi bilan belgilasak, uni toppish uchun bajarilgan ishni, shu ishni bajarish uchun ketgan vaqtga bo’lish kerak.
Quvvat=ish/vaqt N=A/t N-quvvat, A- ish, t-vaqt. Quvvatning o’lchov birligi sifatida Vatt qabul qilingan. Qisqacha W- bilan belgilanadi. Bu birlik birinchi bo’lib bug’ mashinasini o’ylab topgan ingliz ixtirochisi Jems Vatt (Uatt) sharafiga qo’yilgan
Kundalik turmushda avtomobil dvigatellarining quvvati ot kuchi (o.k.) deb ataladigan birlikda ham o’lchashadi. Bu bilan mashina motorining quvvati yuk tortuvchi otning kuchi bilan solishtiradi.
1 ot kuchi = 735,5 W O`quvchilarga tabiatda va texnikada uchraydigan quvvatlar haqida ma’lumot beriladi.
O’quvchilarga energiya turlari haqida 5-daqiqalik videofilm ko’rsatiladi.
Оlgаn bilimlаrni mustаhkаmlаsh: O’quvchilаrning yangi mаvzu bo’yichа оlingаn bilimlаrini mustаhkаmlаsh uchun bir nеchtа mаsаlа еchаmiz uchtа guruhning bittаdаn o’quvchisigа kichik tеst vаrаqаlаri bеrilаdi vа tо o’quvchilаr mаsаlа yеchgunchа ulаr tеst tоpshiriqlаrni bаjаrаdilаr.
1-mаsаlа: Ko’taruvchi kran 40 s ichida massasi 4000 kg bo’lgan plitani 20 m balandlikka ko’tardi. Uning quvvatini toping.