O ’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 471,32 Kb.
səhifə4/6
tarix24.06.2022
ölçüsü471,32 Kb.
#62215
1   2   3   4   5   6
energiya

3-ko’rgazma: Massasi m va tezligi v bo’lgan aravacha devorga mahkamlangan prujinaga urilib uni 8 sm ga siqdi. 4-rasm Massasi 2 m va tezligi v bo’lgan aravacha esa devorga mahkamlangan prujinaga urilib uni 4 sm ga siqdi.
O`quvchilarni xulosa chiqarishga undaymiz.Demak bu turdagi energiya jismning massasiga to’g’ri proporsional ekan. Massa necha marta ortsa energiya ham shuncha marta oshadi.
E-m


Massasi m va tezligi v bo’lgan aravacha devorga mahkamlangan prujinaga urilib uni 8 sm ga siqdi. Massasi m va tezligi 2v bo’lgan aravacha esa devorga mahkamlangan prujinaga urilib uni 2 sm ga siqdi. 5-rasm.


O’quvchilarni yana xulosa chiqarishga undaymiz.


Xulosa:Jismning tezligi qancha katta bo’lsa, energiyasi ham shunch ortar ekan. Tajribada ko’rinib turibdiki jismning tezligi ikki marta ortganda bajariladigan ishi to’rt marta oshar ekan. Demak energiya tezlikning birinchi darajasiga emas balki ikkinchi darajasiga to’g’ri proporsionaldir.
E-v2
Aziz o’quvchilar mana shu sizlar kashf qilgan energiyani fizikada kinetik energiya deyiladi. Kinetik energiya jismning tezligi tufayli mavjud bo’ladi.
E=mv2/2
Tabiatda energiyaning ko’pgina turlari mavjud. Issiqlik energiyasi, elektr energiyasi, yadro energiyasi, shamol energiyasi, quyosh energiyasi va h.k.

Avtomobil, somolyot, katta kemalarni yurgizishda benzin, kerosin dizel yoqilg’isi deb ataluvchi neft mahsulotlari dvigatellarda yoqib, issiqlik energiyasi hosil qilinadi. So’ngra issiqlik energiyasi mexanik ishga aylanadi. Xuddi shunday, elektr stansiyalarda suvning mexanik energiyasi yoki yoqilg’i yonishi natijasida hosil qilingan issiqlik energiyasi elektr energiyaga aylatiriladi. Sanoatda, maiyshi xizmatda elektr energiyasi boshqa turdagi energiyaga yoki ishga aylanadi.


Insonlar va hayvonlar ham faoliyat ko’rsatishlari uchun energiya sarflaydilar. Ular bu energiyani iste’mol qiladigan ozuqalardan oladilar. Har kuni katta yoshli kishilarga 15 000 000 J, maktab yoshli bolalarga (12-15 yosh) 1vaqt ichida 2 000 000 J energiya kerak bo’ladi.
Aynan bir xil ishni bajarish uchun turlicha vaqt kerak bo’lishi mumkin. Masalan 20 000 ta g’ishtni ikki kishi tashishi uchun bir hafta vaqt sarflasa, mashinada bu ishni bir soatda bajarish mumkin. Ishni tez yoki sekin bajarilishini ko’rsatadigan kattalik sifatida quvvat tushunchasini kiritamiz.

Yüklə 471,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin