III. KURS ISHINI BAHOLASH TARTIBI Kurs ishlari 0 ‘zR Oliy va o ‘rta maxsus ta ’lim vazirligining 2013-yil
13-dekabrdagi 470-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va 0 ‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida 2013- yil 13-dekabrda № 981-2-son raqami bilan ro‘yxatdan
o‘tgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini baholashning reyting tizimi
to ‘g‘risida Nizom”ga ko‘ra 100 ballik tizim orqali baholanadi.
Reyting nizomiga muvofiq ballar taqsimoti quyidagicha belgilanadi: 8 6 - 100 ball - “a ’lo”
71 - 85 ball - “yaxshi”
55 - 70 ball - “qoniqarli”
0 - 5 4 ball - “qoniqarsiz”.
“Hozirgi o ‘zbek adabiy tili” fanidan yozilgan kurs ishlarini baholashda
talabaning kurs ishini yozish va himoya qilishga qo‘yilgan talablarga qay darajada
amal qilganligi muhimdir.
“Hozirgi o ‘zbek adabiy tili” fanidan kurs ishlarini yozish va himoya qilishga
quyidagi talablami qo'yish maqsadga muvofiq:
1. Kurs ishi mavzusining dolzarbligini ochib berish, mavzuning tadqiq
darajasini belgilash va unga xolisona tanqidiy munosabat bildirish.
2. Kurs ishining maqsad va vazifalarini to ‘g ‘ri belgilash.
3. Kurs ishi mavzusi yuzasidan mustaqil mushohada yuritish, mavzuni
atoroflicha va izchil yorita bilish.
4. Kurs ishi mavzusini yoritishda til hodisalarini o‘zaro aloqa-bog‘lanishda
tahlil etish, til hodisalarining o'xshash va farqli jihatlariga aniqlik kiritish.
5. Kurs ishi mavzusini yoritishda masalaga oid
daliliy misollami to ‘g‘ri
tanlash, ulami tahlil etish asosida nazariy xulosalar chiqara bilish.
6. Kurs ishi mavzusini yoritishda nazariy bilimlami amaliyot bilan boglash.
7. Kurs ishi mavzusi yuzasidan umumlashma xulosalar chiqarish.
8. Kurs ishi mavzusini ochiq himoya qilish.
23
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan kurs ishini yozish va himoya qilishga
qo'yilgan bu talablar asosida uni baholashning quyidagi mezonini tavsiya etish
mumkin: