ishini maxsus tuzilgan hay’at huzurida himoya qiladi. Himoya vaqtida talaba kurs
ishi mavzusining o'rganilganlik darajasi, kurs ishida amalga oshirilgan vazifalar, kurs
ishining tadqiq obyekti va metodi, ishning
ilmiy va amaliy ahamiyati, kurs ishining
tuzilishi haqida m a’lumot beradi hamda mavzuning asl mohiyatini qisqa shaihlaydi.
Shu bilan birga, ilmiy rahbar taqrizida ko'rsatilgan e’tiroz
va kamchiliklarga javob
beradi.
Himoya jarayonida talaba kurs ishida ko‘tarilgan muammo yuzasidan chuqur
bilimga ega ekanligini namoyon etishi, muammo bo'yicha o‘z nuqtayi nazarini bayon
qilishi lozim.
Kurs ishini himoya qilish vaqtida talabaga hay’at a’zolari,
shuningdek,
himoyada ishtirok etayotgan professor-o'qituvchilar,
talabalar mavzu yuzasidan
savollar berishi mumkin.
Hay’at a ’zolari talabaning himoyadagi javoblari asosida uning yozgan ishiga
yakuniy baho
qo‘yadilar. Agar kurs ishi talab darajasida yozilmagan b o isa ,
talaba kurs ishi
himoyasiga qo'yilmaydi va ish qayta ishlash uchun qaytariladi. Kurs ishini
belgilangan muddatda rasmiylashtirmagan hamda uni himoya qilmagan, shuningdek,
hay’at a’zolari tomonidan kurs ishi qoniqarsiz baholangan talaba akadem qarzdor
sanaladi.
Ko'tarilgan muammoning tadqiq darajasi, kurs ishi va uning b o iim (bob)larida
ko'tarilgan masalalar tahlili asosida mukammal darajada yozilgan ilmiy asoslarga boy
kurs ishini
amaliyotga tatbiq etishga, xususan, amaliy va tajriba mashg ulotlarida,
talabalar ilmiy anjumanlarida foydalanishga tavsiya etish mumkin. Himoya hay’ati
qarori asosida bunday kurs ishini nashr etishga tavsiya etish ham mumkin.
Mukammal yozilgan kurs ishini talaba bitiruv malakaviy ishi darajasiga olib
chiqishi ham mumkin.
22