IX - XI asrlar Markaziy Osiyoda mantiq ilmining rivojlanishi.
IX - XI asrlarda mantiq masalari bilan astoydil shug’ullangan Markaziy Osiyo
mutafakkirlaridan Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Al-Xorazmiylarni ko’rsatish
mumkin. Bu mutafakkirlarning mantiqqa bag’ishlab yozgan asarlari, asosan,
to’qqiz nomdan iborat ekanligini va ularning nomlanishi, ketma - ketligi bir xil
ekanligini ko’rishimiz mumkin. Bunga sabab shuki, Arastuning «Organoni»ni
tashkil etuvchi oltita mantiqiy asarlariga («Kategoriyalar», «Talqin haqida»,
«Birinchi analitika», «Ikkinchi analitika», «Topika», «Sofistik raddiya»)
4
suriyaliklar uning «Ritorika»si bilan «Poetika»sini qo’shdilar. Bundan aw alroq
esa,
unga Porfiriyning «Isog’uvchi» asari qo’shilgan edi. Shunday qilib
«Organon» to’qqiz asardan iborat bo’lgan yaxlit ta’limot sifatida arab faylasuflari
tomonidan qabul qilingan. Shu asosga ko’ra Forobiy, Ibn Sino, A1 - Xorazmiylar
mantiqqa oid ta ’limotlarini aynan shunday tartibda ishlab chiqdilar.
Yaqin va O'rta Sharqda «Ikkinchi muallim» deb nom qozongan Markaziy
Osiyolik mashhur olim Abu Nasr al-Forobiyning mantiq ilmiga qo‘shgan hissasi
beqiyosdir. Forobiy hali hech bir mutafakkir uddalay olmagan vazifani ya'ni
Arastuning va umuman qadimgi grek mantiqini keng tinglovchilar o‘rganishi
muhim eng oddiy, tushunarli vosita va uslublami ishlab chiqishga muvaffaq
bo'lgan. Mantiq tarixchilaming ta'kidlashicha Forobiy bu tavsiyalari bilan
Arastuning mantiqiga o ‘zgacha fayz kiritib uning kitobxonlar orasidagi mavqeini
vanada ko‘tarilishiga erishdi.
Forobiyning mantiqqa oid asarlar jumlasiga «Isaguvchi» (kirish). «Maqulot»
(Kategoriya), «Ibora» (Hukm), «Qiyos» (Sillogizm). «Birinchi analitika»,
«Burxon» (Isbotlash-ikkinchi analitika), «Djadal» (Munozara «Dialektika»),
«Safsata» (Sofistik raddiya), «Xitoba» (Ritonka), «Sher'i» (Poedka),
kabi
kitoblarini kuzatishimiz mumkin.
Forobiy o'zining asarlarida mantiq ilmi uning predmeti, tuzilishi, vazifalari,
fikrlash jarayonining bosqich va shakllari, mantiqiy qonun- qoidalar, usul hamda
amallari haqida keng m a’lumotlar bergan. Jumladan. mantiq fanining predmeti va
5
tushunchasining etimologiyasi haqida gap ketganda, Forobiy qadimgi grek
mutafakkirlariga murojaat qiladi. Uning fikriha, greklar mantiqni uch ma'noda:
fikrni til orqali ifodalovchi inson nuqtai sifatida:
Inson Intellekti
yordamida zabt etiluvchi obyektlarga yo‘l ko‘rsatuvchi so‘z
sifatida;
olamni bilish uchun insonga in'om etilgan ichki ruhiy kuch sifatida tushunishgan.
Mazkur ta'riflami to'ldirgan holda, Forobiy mantiqqa «muayyan qonun-qoidalar
asosida insonning fikrlash intellektini yo’naltiruvchi va takomillashtiruvchi fan»
deb ta'rif beradi. Ushbu ta’rifni yanada aniqlashtirsak, Forobiy asarlarida mantiq
fanlarning fani sifatida tafakkuming qonun-qoidalarini o'rganuvchi bosh, fan,
hatto san'at deb baholanadi. Faqat tafakkur qonunlargina bizga chin haqiqatni
ochib bera oladi. Forobiyning ta'kidlashicha, ularsiz fikrimiz qachon chin, qachon
yolg’onligini yoki qachon xatoga y o i qo‘yganligimizni bila olmaymiz. Qolaversa
haqiqat zaminida yotgan qarama-qarshiliklar va ularning yechimlarini topa
olmaymiz.
Forobiyning asarlarida tushuncha, hukm va xulosa kabi tafakkur shakllari juda
keng qamrovli va batafsil izohlanadi. Aynuqsa. Sillogizm, uning paydo bo'lish
asoslari, figura va modulan ko'p o ‘rganilgan. Forobiyning tariflashicha, tushuncha
- universal tabiatga ega, hissiy idrok qilinuvchi narsalar haqida bilim beruvchi
kategoriya. Bundan tashqari,
Forobiyning mantiq tizimida tushunchani
shakllantirishning usul va amallan, undan hamda ularing o'rtasidagi munosabat
masalalari ham keng o'rin olgan.
Forobiy o‘z mantig'ida sillogizmlar ta'limotiga katta e'tibor beradi. Sillogizm ikki
va undan ortiq o ’zaro bog‘langan asoslardan mantiqan kelib chiquvchi
xulosalarning o ‘ziga xos
sifatida ta'riflanadi.
Forobiy falsafa, dialektika,
sofistika, ritorika va poetika kabi beshli sillogistik san'at turlarini alohida ajratib
ko'rsatadi. Sillogizmning strukturasi haqida gap ketganda, uni katta asos, kichik
asos va natija kabilarga bo'ladi. Shuningdek, sillogizm terminlani ham uchga
va'ni katta, kichik va o'rta terminlarga bo'ladi hamda har biriga alohida ta'rif
beradi.
Forobiyning mantig‘i haqida shuni aytishimiz
mumkinki, uning xizmati
Arastuning mantig’i bilan keng ilmiy jamoatchilikni tanishtirishga muvaffaq,
bo’lganligi qolaversa, tarixda «arab mantiq maktabi» deb nom olgan yangi
yo'nalishni vujudga keltirganligi bilan baholanadi.
O’zbekistonda falsafa fani taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan olimlardan biri
akademik Muzaffar Xayrullayevdir. Olim akademik Ibrohim M o‘minov
rahbarligida Abu Nasr Forobiyning ulkan ilmiy merosini tahlil etib, alloma
yashagan davmi Markaziy Osiyo fani tarixida o‘ziga xos uyg‘onish davri sifatida
baholaydi.
Bu davr bir tomondan Markaziy Osiyoda shakllangan islom madaniyati ta’sirida
ilm-fan taraqqiyotiga e’tiborning kuchaygan davri b o isa, ikkinchidan, yurtimizda
buyuk mutafakkirlar merosining qadimgi xalqlar, jumladan, yunon falsafasi
7
an’analari bilan chatishib ketganligi hamda mazkur merosni arabchaga tarjima qila
oladigan yuqori malakali olimlarning yetishib chiqqanligi bilan alohida
ahamiyatga ega edi.
Abu Nasr Forobiyning o ‘zi ham juda ko‘p qadimiy tillarni yaxshi egallagan,
xotirasi nihoyatda kuchli shaxs bo‘lgan. M.Xayrullaevning ta’kidlashicha, “arab
madaniyati,
arab
fani,
arab
falsafasi
nomi
ostida
dunyoga tanilgan
mutafakkirlarning aksariyati Markaziy Osiyodan - bizning yurtimizdan chiqqan
olimlar edi. Ularning alohida bir xususiyati - xotirasining kuchliligida edi”. Bu
hodisaning sababini biz Abu Rayhon Beruniyning “Osori al boqiya (Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar)” asarida ham uchratamiz. Markaziy Osiyoga
bostirib kelgan bosqinchilar har safar ajdodlarining bilimlarini egallagan olimlarni
qilichdan o‘tkazishgan, yozma manbalarini esa gulxanga tashlashgan. Natijada
qimmatli fikrlar bay on qilingan asarlar yo‘qolib ketmasligi uchun odamlar ularni
xotirada saqlashga majbur boiishadi. Shu tariqa Markaziy Osiyoda yod olish
san’ati vujudga kelgan. Butun boshli yirik epik asarlami yoddan aytadigan
baxshilar ham paydo boigan. Qimmatli fikrlarni she’rga solib hikoya qilish
rusmga aylangan. Shu sababli xotirasi kuchli kishilar paydo bo‘lgan. Kuchli
xotira ko‘p tillarni oson egallashga imkon beradi. Shu bois qadimgi ajdodlarimiz
kamida uch-to‘rt tilda erkin gaplasha olgan. Bu ilm-fan taraqqiyotida, ayniqsa,
tarjima sohasida juda qo‘l kelgan.
Ota-bobolarimiz qadimgi suriyon, yahudiy, yunon, sanskrit va boshqa unutilib
ketayotgan tillardan ham qimmatli asarlarni o ‘z tillariga tarjima qilishgan.
Ayniqsa, bu odat Markaziy Osiyoga islom dini kirib kelib, Qur’oni karimni. yod
olish ehtiyoji vujudga kelgan davrlarda hamda shu din orqali ilm-ma’rifatni
egallashga keng y o i ochilgandan so‘ng nihoyatda keng ommalashdi.
Bu davrda ko‘plab asarlar, jumladan, qadimgi yunon faylasuflari Suqrot, Aflotun,
Arastu, Arximed, Yevklid, Gipparx, Gippokrat, Ptolomey va boshqalarning
asarlari ham arab tiliga tarjima qilina boshladi. Bu bir tomondan islom diniga
e’tiqod qiluvchi mamlakatlarda ilm-fanning rivojlanishiga, ikkinchi tomondan
keyinchalik Yevropa mamlakatlarida ham antik davr fan va madaniyatining qayta
jonlanishiga zamin bo‘ldi.
Muzaffar Xayrullaev bu davrni “Sharq uyg‘onish davri” deb atadi. Totalitar
kommunistik mafkura oqni qora deb, 0 ‘rta Osiyo xalqlarini “madaniyati past,
qoloq, turmush tarzi ibtidoiy darajadagi feodal munosabatlar ta’sirida qotib
qolgan” tarzidagi g ‘ayri ilmiy baholashni zo’r berib targ‘ib etayotgan bir davrda
bu haqiqatdan ham ilmiy jasorat edi. M Xayrullaevning bu jasorati o‘sha davrda
keng e’tirof etilgandi. Jumladan, o ‘tgan asrning yetmishinchi yillari boshida
Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Hozirgi zamon fanlarining falsafiy muammolari”
mavzusidagi
ilmiy-nazariy
konferentsiyada
Moskvada
nashr
etiladigan
“Filosofskie nauki” jumalining bosh muharriri V.S.Gott so‘z olib, “Muzaffar
Xayrullaevning falsafa tarixiga, falsafiy fanlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi
haqiqatdan ham tahsinga loyiq. U falsafa tarixida forobiyshunoslik yo‘nalishini
taraqqiy ettirib, fanda butun boshli ilmiy maktab yaratishga erishdi», degan edi.
M.Xayrullaev aspiranturada mantiq ilmi bo‘yicha tadqiqot olib borgan va shu
fanning ravnaq topishi y o iid a buyuk vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy katta
ishlami amalga oshirganini chuqur anglab yetgan. Dahaqiqat, Abu Nasr Forobiy
Aristoteldan keyin mantiq ilmini yuqori cho‘qqiga ko‘tara olgan eng yirik
mutafakkirdir. Ayniqsa, Forobiyning sillogizmlar nazariyasiga qo‘shgan hissasi
mantiq fani tarixida alohida ahamiyatga ega. M.Xayrullaev Forobiyning ulkan
ilmiy merosini bitta ilmiy tadqiqot instituti doirasida amalga oshirish mumkin
emasligini tushunib yetib, hamkorlikka falsafa va huquq institutidan tashqari
Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, moskvalik va olmaotalik olimlarni
ham da’vat etadi. Forobiy asarlari qo‘lyozmalarini o ‘rganish uchun butun boshli
tarjimonlar guruhini shakllantiradi.
Ular Forobiyning
arab tilida yozilgan
qo‘lyozmalarini peshma-pesh tarjima qilib, sharhlar yozishadi.
Shu tariqa Forobiy zamondoshlari va Forobiy haqida izlanishlar olib borgan
keyingi davr olimlarining ham ilmiy merosi tadqiq etila boshladi. 0 ‘zbekistonda
o‘rta asrlar falsafa tarixini tadqiq etuvchi ijodiy maktab shakllandi.
Markaziy Osiyoning yana bir mashhur mutafakkirlaridan biri, Forobiy
mantig’ining davomclnsi, Sharqda «Shayhur-rais» (Olimu-ulamolar raisi) degan
nufuzli unvonga sazovor olim Abu Ali ibn Sinodir. Uning tibbiyotga, falsafa va
mantiqqa oid «Kitob ash-Shifo», «Kitob an-Najot», «Kitob al-Ishorat“
kabi
ko‘plab asarlari bizgacha yetib kelgan. Jumladan. «Kitob ash-Shifo» asari 18 ta
qismdan iborat bo'lib, ulardan 9 tasi bevosita mantiq masalalariga bag‘ishlanadi.
Ularda mantiqqa kirish, tushuncha, hukm, sillogizm,
isbot,
yo‘l qo‘yilish
mumkin bo‘lgan mantiqiy xatoliklar va ularning oldini olish yo‘llari haqida
gapiriladi.
Abu Ali Ibn Sino ilm taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan, 0 ‘rta Osiyo tuprog‘idan
yetishib chiqqan buyuk allomalarimizdan biri hisoblanadi. Buyuk allomaning
fanlar olamida tajriba o ‘tkazmagan va qalam tebratmagan sohasi yo‘q desa ham
boiadi, ayniqsa tibbiyot xazinasiga qo‘shgan ulkan hissasi bebahodir. Ibn Sino
ko‘p qirrali ilm sohibi bo‘lgan buyuk siymodir. Tibbiyot olamida Ibn Sinoning
tabarruk nomi Gippokrat va Galen kabi buyuk allomalar bilan bir qatorda turadi.
Ibn Sinoning otasi Abdulloh katta boy bo‘lib, o ‘sha davrda podshohga soliq
teradigan vazirlardan bo‘lgan. Somo'niylar davrida Afshona katta shaharlar
sirasiga kirgan va shahar ichida qal'a ham bo‘lgan. Soliq yigish uchun uning otasi
Abdulloh Buxoroga kelgan.
Tabobat ilmining sultoni bo‘lmish Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona
qishlog‘ida tugilgan, 5 yoshgacha Ibn Sino Afshona qishlog‘ida yashagan. Keyin
Ibn Sino oilasi bilan birgalikda Buxoroga ko‘chib kelgan.
Ibn Sinoning to‘liq nomi Abu Ali - A1 Xusein Ibn Abdullo ibn Al-Hasan ibn Ali
Ibn Sino 13 ta so‘z 47 ta xarfdan iborat. Yevropada ibn Sino Avitsenna nomi bilan
mashhur boigan. 10 yoshida Kur'on, til adabiyot, keyinchalik esa mantiq, aljabr,
hisob, falakkiyot kabi fanlami to‘liq o ‘zlashtiradi.
ll
Buyuk alloma tib ilmida juda tez kamol topa boshlaydi. Ibn Sino 17 yoshidayoq
Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. 0 ‘sha kezlarda Somoniylar
davlatining hukmdori Nux ibn Mansur kasal bo‘lib, saroy tabiblari uni
davolashdan ojiz edilar. Buxoroda o‘sib-ulg‘aygan yangi yosh tabibning ovozasi
saroyga ham yetib borgan edi, uni amirning davolash uchun saroyga taklif
qiladilar va tabibning nazoratida davolangan bemor tez fursatda oyoqqa turadi.
Buning evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega
bo‘ladi. Bu kutubxona o ‘sha vaqtda butun 0 ‘rta va Yaqin Sharqdagi eng katta va
boy kutubxonalardan sanalardi.
Kecha-kunduz tinmay mutolaa qilish natijasida Ibn Sino o‘z bilim doirasini
mislsiz darajada kengaytiradi. U o‘z davridagi yirik olimlardan biri hisoblangan
Abu Rayxon Beruniy (973 - 1048) bilan ilmiy munozaralar o ‘tkazadi. 999 yillarda
Koraxoniylar Buxoroni zabt etadilar, Somoniylar davlati inqirozga uchraydi. Bu
esa Ibn Sinoning Buxoroda tinch va xotirjamlikda ilmiy ishlarni davom ettirish
uchun imkoniyat bo‘lmaydi, buning ustiga 1002 yil Ibn Sinoning otasi Abdulloh
vafot etadi. Oqibatda buyuk alloma o ‘z tug‘ilib o ‘sgan yurti Buxoroni tark etib,
Xorazm (Urganch) ga ketadi.
Xorazm 0 ‘rta Osiyoning qadimiy boy va madaniy viloyatlaridan biri bo‘lib, u
yerda XI asrning boshlarida ilmiy hayot ancha rivojlangan edi. G‘aznaviylar
hukmdori Sulton Mahmud (998 - 1030 y) Xorazm yerlarini o‘z davlatiga qo‘shib
olishga harakat qiladi. Unga tobe boiishni istamagan Ibn Sino taxminan 1010 -
1011 yillarda Xorazmdan maxfiy ravishda chiqib, Xurosan tomon yo‘l oladi va
Kaspiy dengizining sharqiy-janubida joylashgan Gurgon amirligiga yetib keladi.
Bu yerda u Abu Ubayd Jurjoniy bilan tanishadi. Shu kundan boshlab bu yigit Ibn
Sinoga eng yaqin va sodiq shogirdi bo‘lib qoladi.
XULOSA:
Forobiyning
qarashlarida
ezgulik
bilan
go’zallik
m a’lum
ma’noda
aynanlashtiriladi, biri ikkinchisida yashovchi hodisalar sifatida talqin etiladi.
Shuning uchun uning asarlarida «go’zal xatti-harakatlar», «go’zal qilmishlar»
degan iboralarni ko’p uchratish mumkin. Go’zallikka yetishishni u falsafa tufayli
ro’y beradi, deb hisoblaydi. Uning fikriga ko’ra, har bir narsa-hodisaning
go’zalligi uning o’z borlig’ini to ’la namoyon etishi va mukammallikka erishuvi
bilan bog’liq. Alloma faylasuf insonda ikki xil go’zallikni farqlaydi - ichki va
tashqi. U ichki go’zallikni yuqori qo’yadi va bu boyning boyligini bezab,
kambag’alning kambag’alligini yashiradigan go’zallikni «adab» deb ataydi.
Bunday go’zallik yuksak axloqiy xatti-harakatlar va insoniy komillikda o’zini
namoyon etadi. Tashqi go’zallikka kelganda, faylasuf tabiiy go’zallikni har
qanday bezanish, yasanishlardan yuqori qo’yadi.
Forobiy o ‘z mantig'ida sillogizmlar ta'limotiga katta e'tibor beradi. Sillogizm
ikki va undan ortiq o’zaro bogiangan asoslardan mantiqan kelib chiquvchi
xulosalarning o ‘ziga xos
sifatida ta'riflanadi.
Forobiy falsafa, dialektika,
sofistika, ritorika va poetika kabi beshli sillogistik san'at turlarini alohida ajratib
ko'rsatadi. Sillogizmning strukturasi haqida gap ketganda, uni katta asos, kichik
asos va natija kabilarga bo'ladi. Shuningdek, sillogizm terminlani ham uchga
va'ni katta, kichik va o'rta terminlarga bo'ladi hamda har biriga alohida ta'rif
beradi.
Dostları ilə paylaş: |