Agar to`p o`yin paytida o`z holatini yo`qotsa, unda:
Uchrashuvni to`xtatish zarur,
To`p almashtirilgandan so`ng o`yin to`xtagan nuqtadan «baxsli to`p»
orqali davom ettirish zarur.
Agar to`p o`z holatini: maydon tashqarisiga chiqib ketganda, jarima to`pi belgilanganda, burchak to`pi tepilayotganda, 11 metrli jarima to`pi tepilayotganda, yon chiziqdan o`yinga kiritilayotgan paytda yo`qotsa, unda: To`p almashtirilgandan so`ng o`yin to`p kiritilishi bilan davom ettirilishi
ko`zda tutiladi.
O`yin paytida hakamning ruxsatisiz to`pni almashtirish mumkin emas. 3-QOIDA: O`yinchilar soni
O`yinchilar: O`yinda ikki jamoa har birida 11 tadan oshiq bo`lmagan o`yinchi qatnashadi.
11 o`yinchidan bittasi darvozabon bo`lishi kerak. Agar jamoalarda 7 tadan kam
o`yinchi bo`lsa, unda uchrashuvni boshlash mumkin emas.
4.4-rasm
Rasmiy uchrashuvlar:FIFA, qit`a konfederatsiyalari yoki milliy
assotsiatsiyalar tomonidan o`tkaziladigan uchrashuvlarda uchtagacha o`yinchi
almashtirishga ruxsat etiladi. Agar musobaqa reglamentida ko`proq o`yinchi
almashtirish mumkin bo`lsa, unda yettitagacha o`yinchi almashtirish mumkin.
Boshqa uchrashuvlar: Boshqa uchrashuvlarda quyidagi shartlarga asosan 5 tagacha o`yinchi
almashtirish mumkin:
Ikki uchrashadigan jamoa maksimal darajada o`yinchi almashtirishga
kelishganda, bosh hakam ushbu kelishuv haqida uchrashuv boshlanguniga qadar
ogoh etilsagina. Agar uchrashuv hakami kelishuv haqida o`yin boshlanguniga
qadar ogohlantirilmasa yoki ikki jamoa maksimal darajada o`yinchi almashtirishga
kelisha olmasa, uchrashuvda 3 tagacha o`yinchi almashtirish mumkin.
Barcha uchrashuvlar uchun:Barcha uchrashuvlarda o`yin boshlanguniga
qadar zaxira o`yinchilari ism – shariflari uchrashuv bayonnomasidagi ro`yxatga
kiritilgan bo`lishi lozim. Uchrashuv bayonnomasidaga ro`yxatga kiritilmagan
futbolchi o`yinda qatnasha olmaydi.