O` zbekistonrespublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə17/58
tarix13.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#174392
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58
portal.guldu.uz-Sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish va hakamlik qilish

O`yinni davom ettirish
Agar o`yinni bosh hakam qoidabuzarni ogohlantirish uchun to`xtatgan
bo`lsa, unda:
/O`yin raqib jamoa tomonidan erkin to`p tepish orqali uchrashuv to`xtatilgan
joydan davom ettiriladi.
5-QOIDA: Bosh hakam
Har bir o`yinni futbol qonun qoidalari asosida boshqarish uchun hakamlar
tayinlanadi.
4.11-rasm


Huquq va majburiyatlari
Hakam
/Uchrashuvda qonun-qoidalarni nazorat qilish;
/Uchrashuvni yon hakamlar va 4 – hakam bilan birgalikda nazorat qilish;
/2 – qoida talablariga asosan to`pni nazorat qilish;
/4 – qoida talablariga asosan o`yinchilarning kiyimlarini nazorat qilish;
/Uchrashuvni qayd etib borish;
/Har qanday qoida buzilishlarda uchrashuvni to`xtatish, uzib qo`yish yoki
butunlay to`xtatish o`yindagi bosh hakam qarashiga bog`liq;
/Bosh hakam uchrashuvni har qanday tashqi muhitning aralashuvida
to`xtatishi yoki butunlay tugatishi mumkin;
/Bosh hakam fikriga ko`ra maydondagi o`yinchi qattiq jarohat olganda yoki
o`yinchilarni maydondan evakuvatsiya qilish zarur bo`lganda uchrashuvni
vaqtinchalik yoki butunlay to`xtatishi mumkin;
/Bosh hakam fikriga ko`ra o`yinchi yengil jarohat olganda to`p maydondan
chiqib ketmaguncha uchrashuv davom ettiriladi;
/Har qanday o`yinchining jarohatidan qon chiqsa, ushbu o`yinchini maydon
tashqarisiga chiqishini ta`minlash hamda ushbu o`yinchi maydonga
qaytayotganda qon oqishi to`xtaganiga ishonch hosil qilgandan so`nggina
unga ruxsat berishi;
/O`yin qoidasini buzgan jamoa darvozasi tomon hujum bo`layotgan bo`lsa
o`yinni to`xtatish zarur emas, hujum tugagandan so`ng yoki to`p maydondan
tashqariga chiqqanda qoidabuzarni ogohlantirish zarur;
/Qoidabuzar yoki ogohlantirilgan o`yinchi yana bir bor qoidani buzsa,
o`yinchi shu zahoti qattiq ogohlantirilish bilan jazolanishi kerak;
/Agar uchrashuvda qoida buzilsa, hakam to`p maydonni tark etgandan so`ng
qoidabuzarni albatta ogohlantirishi zarur;
/Jamoalardagi o`zini tuta olmayotgan rasmiy vakillarga nisbatan maydondan,
zahira o`rindig`idan chetlatishi yoki ularga jazo qo`llashi mumkin;
/Bosh hakam yo`l qo`yilgan qoidabuzarlikni ko`rmay qolgan vaziyatlarda
uning yordamchisi yetkazgan ma`lumotlar asosida jazo qo`llashi mumkin;
/Maydonga futbolchilardan boshqalarni tushirmaslikni nazorat qilish;
/O`yin to`xtatilganda davom ettirish;
O`yin bayonnomasi (bayonnomaga uchrashuv atrofida, uchrashuv
boshlanishiga qadar, uchrashuv davomida, uchrashuvdan so`ng bo`lib o`tgan
barcha voqealarni yozma ravishda)ni to`ldirish va uchrashuv
tashkilotchilariga taqdim etish zarur.
Hakam qarori
Har qanday o`yin holatida faqat bosh hakam yakuniy qaror chiqara oladi.
Agar hakam yordamchilari bilan maslahatlashib noto`g`ri qaror qabul
qilganini tan olsa, unda faqat o`yin to`xtatilgan vaziyatda o`z qarorini o`zgartirishi
mumkin.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin