Erkin zarba maydonning qoida buzilgan joyidan o`yinga kiritiladi. Intizomiy jazolar Ogohlantirish ko`rsatish bilan jazolanuvchi qoida buzilish holatlari Agar o`yinchi quyidagi 7 qoida buzilish holatlarining birini sodir etsa, hakam tomonidan sariq kartochka ko`rsatish orqali ogohlantiriladi: 1. sport qoidalariga xilof ravishda harakat qilsa;
2. so`zlari yoki harakatlari orqali hakamning qaroriga norozilik bildirsa;
3. o`yin qoidalarini doimiy ravishda buzsa;
4. sun`iy ravishda o`yinni davom etishiga halaqit qilsa;
5. burchak, jarima to`pi yoki erkin zarba amalga oshirilayotgan paytda
masofaviy joylashishni buzsa;
6. hakamning ruxsatisiz maydonga chiqsa yoki maydonga qaytsa;
7. hakamni ruxsatisiz ongli ravishda maydonni tark etsa.
Maydondan chetlatish bilan jazolanuvchi qoida buzilish holatlari Agar o`yinchi quyidagi 7 qoida buzilish holatlarining birini sodir etsa, hakam tomonidan qizil kartochka ko`rsatish orqali ogohlantiriladi: 1. o`ta qo`pol va xavfli harakatni amalga oshirsa;
2. o`zini juda betartib holda tutsa;
3. raqib o`yinchisi yoxud boshqa kimsaga nisbatan tupursa;
4. to`pni atayin qo`li bilan ushlab qolish orqali raqib jamoa o`yinchilarining
to`pni darvozaga kiritishiga xalaqit qilsa (darvozabon o`z jarima
maydonchasi ichida to`pni qo`li bilan o`ynashi bundan mustasno);
5. erkin zarba, jarima to`pi yoki 11 metrlik jarima to`pi belgilash bilan
jazolanuvchi qoida buzilishi holatini sodir etgan holda zarba berish holatiga
chiqayotgan raqib o`yinchisini to`xtatib qolsa;
6. xaqoratli, odobsiz so`z va iboralarni ishlatsa;
7. bir o`yinda ikki marta sariq kartochka bilan ogohlantirilsa.
XALQARO KENGASH QARORI Qaror 1. Agar darvozabon o`z jarima maydonchasi ichida qo`lidagi o`yin holatidan
chiqmagan to`p bilan raqib jamoa o`yinchisiga zarba bersa yoki bunga harakat
qilsa, uchrashuv hakami 11 metrlik jarima to`pi belgilashi kerak.