Hujum qilayotgan jamoa tomonidan erkin zarba ijro etilganda: /raqib jamoa o`yinchilarining barchasi to`p o`yinga kiritilganga qadar,
to`pdan kamida 9,15 m masofda turishi kerak, bunda ular o`z jamoasi
darvozasi ustunlari orasida — darvoza chiziqlari ustida turishiga ham ruxsat
etiladi;
/to`pga oyoq tegib joyidan siljishi bilan, to`p o`yinga kiritilgan deb
hisoblanadi;
/Darvoza maydonchasi ichida qayd etilgan qoida buzilishi uchun belgilangan
erkin zarba, darvoza maydonchasini belgilab beruvchi, darvoza chizig`iga
parallel chiziq ustidan, qoida buzilgan joyga maksimal yaqin nuqtadan ijro
etiladi
Jarima maydoni tashqarisidan erkin yoki jarima zarbasi ijro etish /raqib jamoaning barcha o`yinchilari to`p o`yinga kiritilganga qadar, undan
kamida 9,15 m masofda turishadi;
to`pga oyoq tegib joyidan siljitilishi bilan, o`yinga kiritilgan hisoblanadi;
/erkin yoki jarima zarbasi qoida buzilgan nuqtadan ijro etiladi.
Qoida buzilishi, jazolar Agar erkin yoki jarima zarbasi ijro etilishidan avval raqib jamoa o`yinchilaridan biri to`pgacha belgilangan masofadan yaqinroq joylashgan bo`lsa: zarba qayta ijro etiladi.
/Agar himoyalanayotgan jamoa o`yinchisi o`z jarima maydonchasi ichidan erkin yoki jarima zarbasi ijro etganda to`p o`yinga kirmasa: /zarba qayta ijro etiladi.
Maydondagi o`yinchi tomonidan erkin yoki jarima zarbasi ijro etilishi To`p o`yinga kiritilgach, erkin yoki jarima zarbasini ijro etgan o`yinchi to`p boshqa o`iynchiga etib bormasdan yana to`pga tegsa (faqat qo`li bilan emas): /raqib jamoa foydasiga qoida buzilgan joydan erkin zarba berishi belgilanadi
(to`pga ikki marta tegish).*
Agar to`p o`yinga kiritilgandan so`ng erkin yoki jarima zarbasini ijro etgan o`yinchi to`p o`yinchilardan biriga borib tegmasdan avval to`pni qo`li