Jarima to`pini amalga oshiruvchi va himoyalanayotgan jamoa darvozabonidan tashqari qolgan barcha o`yinchilar: /maydonda;
/himoyalanayotgan jamoa jarima maydonchasi tashqarisida;
/11 metrlik jarima nuqtasi orqasida;
11 metrlik jarima nuqtasidan 9,15 metrdan kam bo`lmagan masofada
joylashishlari kerak.
Hakam barcha o`yinchilar 14-Qoidada ko`rsatilgan tartibda joylashmagunga qadar
11 metrlik jarima to`pini amalga oshirish uchun xushtak chalinmasligi kerak.
11 metrlik jarima to`pi amalga oshirilishi yakunlanganligi to`g`risida qaror
qabul qilishi kerak.
Jarima to`pini amalga oshirish tartibi va yo`l-yo`riqlari: o`yinchi, jarima to`pini amalga oshirishda to`pni faqat oldinga yo`naltirishi
kerak;
u zarba bergandan so`ng, to`pga boshqa o`yinchi tegmasdan turib, ikkinchi
marta tegishga haqqi yo`q;
oyoq bilan zarba berilgandan so`ng to`p nuqtadan oldinga qarab siljisa, to`p
o`yinga kirgan deb hisoblanadi.
11metrlik jarima to`pi amalga oshirilgandan so`ng, uchrashuvning asosiy vaqti yoki jarima to`pini amalga oshirish uchun qo`shib berilgan vaqt davomida to`p darvoza to`sinlari orasidagi va darvoza ustuni ostidagi chiziqni to`liq kesib o`tsa, gol hisobga olinadi: to`p bir yoki bir necha marta darvoza to`sinlari, ustuni yoki darvozabonga
tegib darvoza chizig`ini to`liq kesib o`tadi.
Qoida buzarliklar, jazolar Agar uchrashuv hakami 11 metrlik jarima to`pi belgilasa va to`p o`yinga kiritilgunga qadar quyidagi vaziyatlardan biri sodir etilganda qabul qilinishi kerak bo`lgan qarorlar: 11 metrlik jarima to`pini amalga oshiruvchi o`yinchi o`yin qoidasini buzsa: /hakam jarima to`pi amalga oshirilishi natijasini kutib turadi;
/agar to`p darvozaga kiritilsa, zarba qaytadan amalga oshiriladi;
/agar to`p darvozaga kiritilmasa, zarba qayta amalga oshirilmaydi.