portal.guldu.uz-Sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish va hakamlik qilish
O`yindagi to`xtalishlar hisobiga yo`qotilgan vaqtni e`lon qilish Agar o`yin tugamagan bo`lsa, bosh hakam o`yindagi to`xtalishlar uchun
qo`shimcha vaqt ajratsa, unga juda katta bosim o`tkaziladi. O`yinchilar,
murabbiylar, jamoalar rahbarlari va axborot vositalari qancha vaqt qo`shilganidan
bexabar bo`lishadi va bosh hakam tomonidan qo`shib berilgan vaqtda gol urilsa, bu
holat bosh hakamga e`tirozlarni kuchaytirib yuboradi.
Hakamlar Qo`mitasi qiziqayotgan tomonlar o`yindagi to`xtalishlar uchun
qancha vaqt qo`shib berilayotgani to`g`risida ogohlantirilsa, bosh hakamga bosim
keskin kamayadi degan to`xtamga keldi.
Bosh hakam va to`rtinchi hakam o`yindagi to`xtalishlar hisobiga vaqt
yo`qotilishiga ko`proq e`tibor berishlariga to`g`ri keladi. Hakamlar Qo`mitasi
oddiy holatlarda o`yinchi almashtirishga 30 soniya, jarohatlangan o`yinchini
maydon tashqarisiga kuzatish uchun 1 daqiqa qo`shib berishni tavsiya etadi.
Alohida hollarda bosh hakam yuqorida qayd etilgan holatdan farqli o`laroq, vaqt
yo`qotilishini aniqroq hisoblashi zarur bo`ladi. (Masalan, maydonda darvozabonga
yordam ko`rsatilganda).
Italiyada keyingi yillarda to`plangan ijobiy tajribaga asoslanib, Hakamlar
Qo`mitasi UEFA musobaqalarining barcha o`yinlarida e`lon qilishning quyidagi
qoidalariga asosan, to`rtinchi hakam tomonidan qo`shib berilayotgan vaqtni e`lon
qilishni tavsiya etadi:
Har bir bo`limda asosiy o`yin vaqti tugagandan so`ng (45- va 90-daqiqalar
o`tib bo`lgach) bosh hakam to`rtinchi hakamga imo-ishora yoki ovoz chiqarib,
qancha vaqt qo`shishga qaror qilganini bildiradi. O`yinga yarim daqiqa yoki
soniyalar emas, to`liq daqiqalar qo`shib beriladi. Ushbu qoida qo`shimcha
bo`limlarda ham amal qiladi (15- va 30-daqiqalar tugagandan so`ng)
/To`rtchi hakam o`yinchilar, murabbiylar, tomoshabinalar va axborot
vositalariga eng kamida qo`shib berilayotgan daqiqalarni o`yinchi almashtirishda
foydalaniladigan raqamlangan (oddiy yoki elektron) tablichkalar yordamida
ko`rsatadi.
/Bir marta va tomoshabinlar uchun ushbu axborot stadionning retranslyatsion
tizimi yordamida e`lon qilinishi mumkin, shuningdek, qisqa vaqt mobaynida
stadiondagi gigant monitorda ham ko`rsatilishiga ruxsat beriladi.
/O`yinning asosiy vaqti tugagach, ya`ni 45- va 90-daqiqalar o`tib bo`lgach,
stadiondagi soat to`xtatiladi, agar qo`shimcha bo`limlar o`tkazilsa, 15- va 30-
daqiqalardan so`ng soat yana to`xtatilishi kerak
/O`yinga qo`shib berilgan daqiqalarda biror holat yuz bersa va bu holat o`zo`zidan yana vaqt qo`shishni talab qilsa, na bosh hakam, na to`rtinchi hakam yana
qancha vaqt qo`shilishini ko`rsatmaydi. O`yin qoidalariga muvofiq, qo`shib
berilgan vaqtda o`yin to`xtalishlari uchun, shubhasiz, yana bir qancha vaqt qo`shib
beriladi.