O` zbekistonrespublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti


Jamoalar, o’yinchilar, zahiradagi o’yinchilar, sardor, murabbiylar



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə41/58
tarix13.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#174392
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58
portal.guldu.uz-Sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish va hakamlik qilish

5.2. Jamoalar, o’yinchilar, zahiradagi o’yinchilar, sardor, murabbiylar
Har bir jamoa murabbiy va ko’pi bilan 10 ta o’yinchidan iborat bo’ladi.
O’yinchilardan biri sardor bo’lib hisoblanadi. Har bir jamoa tarkibida murabbiy
yordamchisi bo’lishi mumkin. Agar jamoa biron bir turnirda uchtadan ortiq
o’yinda ishtirok etadigan bo’lsa, har bir jamoaning o’yinchilari soni 12 tagacha
ortishi mumkin. O’yin paytida har ikkala jamoadan beshtadan o’yinchi maydonda
bo’lishi kerak. Ular qoidalarga muvofiq almashishlari mumkin.
Agar jamoa a’zosi maydonda bo’lsa, u o’yinchi bo’lib hisoblanadi va o’yinda
qatnashish huquqiga ega. Boshqa hollarda u zaxiradagi o’yinchi bo’lib hisoblanadi.
Agar hakam zahiradagi o’yinchiga maydonga tushish uchun ruxsat bersa,
unda u o’yinchiga aylanadi.
Har bir o’yinchining ko’krak va orqa tomonida raqami bo’lishi kerak. Bu
raqamlar tushunarli va bir xil rangda, maykaning rangidan yaqqol ajralib turishi
zarur. Raqamlar aniq ko’rinib turishi lozim: orqadagi raqamlarning balandligi
kamida 2 sm, ko’krakdagi raqamlarning balandligi kamida 1 sm bo’lishi shart.
Raqamlar uchun ishlatiladigan ashyoning eni 0,2 sm dan kam bo’lmasligi kerak.
Jamoalar 4-chidan 15-chigacha bo’lgan raqamlarni ishlatishlari lozim. Bir jamoa
o’yinchilari takrorlanadigan raqamli maykani kiyib chiqishlari mumkin emas.
O’yinchining sport kiyimi quyidagilardan iborat:
bir jamoaning hamma o’yinchilari old va orqa tomonlari bir xil va
umumiy rangda bo’lgan maykalarni kiyishlari shart. Yo’l-yo’l maykalarni kiyish
man etiladi;
- bir jamoaning hamma o’yinchilari bir xil va umumiy rangda bo’lgan
shortik kiyishlari kerak;
- maykalar tagidan kalta yengli maykalar kiyish mumkin. Lekin kalta
yengli maykalar kiyilsa, ularning rangi mayka rangiga mos bo’lishi shart;
- kalta shim tagidan pastga chiqib turadigan ichki kiyim kiyilsa, uning
rangi kalta shim rangiga mos kelishi kerak.
Sardor zaruriyati tug’ilganda maydonda o’z jamoasining vakili bo’lib
hisoblanadi. Bu qoidalarni izohlash bilan bog’liq bo’lgan savollar bo’yicha yoki
kerakli ma’lumot olish uchun hakamga murojaat qilish mumkin. Bu narsa
xushmuomalalik bilan qilinishi lozim. Sardor biron-bir uzrli sabab bilan
maydondan chiqib ketishdan oldin, katta hakamga o’yinchilardan qaysi biri uning
o’rniga sardor sifatida qolayotganligini ma’lum qiladi.
Tartib bo’yicha o’yin boshlanishiga hech bo’lmaganda 20 daqiqa qolganida
har bir murabbiy kotibga o’yinda qatnashadigan o’yinchilarning familiyalari va
raqamlarini, shuningdek jamoa sardori, murabbiyi va murabbiy yordamchisining
familiyalarini ma’lum qilishi kerak.
O’yin boshlanishiga 10 daqiqa qolganida murabbiylar o’z o’yinchilarining
familiyalari va raqamlarni tasdiqlaydilar va qaydnomaga qo’l qo’yadilar hamda
shu vaqtning o’zida o’yinni boshlaydigan 5 ta o’yinchini belgilab qo’yadilar. «A»
jamoasi murabbiyi shu ma’lumotni birinchi bildirayotgan bo’lib hisoblanadi.
Agar o’yinchi o’yin jarayonida o’z raqamini o’zgartiradigan bo’lsa, unda bu
haqida kotib va katta hakamga ma’lum qilishi zarur.
Bir daqiqalik tanaffuslar haqidagi iltimoslarni murabbiy yoki murabbiy
yordamchisi qilishlari mumkin. Agar murabbiy yoki murabbiy yordamchisi
o’yinchini almashtirish kerakligi to’g’risida bir qarorga kelsalar, unda zahiradagi
o’yinchi shu iltimosni yetkazish uchun kotibga murojaat qilishi kerak va o’yinga
darhol tushish uchun tayyor turishi zarur.
Agar jamoada murabbiy yordamchisi mavjud bo’lsa, uning familiyasi o’yin
boshlanishidan oldin qaydnomaga yozilgan bo’lishi shart.
Agar murabbiy turli sabablarga ko’ra o’z vazifasini davom ettira olmasa,
bunda murabbiy yordamchisi murabbiy vazifasini bajaradi.
Jamoa sardori murabbiydek harakat qilishi mumkin. Agar u biron bir uzrli
sabab bilan maydondan chiqib ketishi kerak bo’lsa, unda u murabbiy sifatida
harakatini davom ettirishi mumkin. Lekin, agar u qoidani buzganligi tufayli
o’yinda qatnashish huquqidan mahrum etilgan bo’lsa yoki og’ir jarohatlanganligi
sababli murabbiylik vazifasini bajara olmasa, uning o’rniga sardor sifatida o’yinga
tushgan o’yinchi uni murabbiy sifatida ham almashtirish kerak.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin