Ikki tomonlama fol – ikkita raqib o’yinchi bir vaqtning o’zida bir-biriga
qarshi fol sodir qilgan vaziyatda belgilanadi. Texnik fol o’yinchilarga, zahiradagilarga, murabbiyga va uning
yordamchisiga berilishi mumkin. Agar o’yinchi hakamlar ko’rsatmalarini
mensimasa yoki sportchilarga xos bo’lmagan “taktika” qo’llasa texnik fol beriladi.
Ataylab qilingan fol– hakamning fikricha, o’yinchi tomonidan to’p bilan
yoki to’psiz harakatlanayotgan raqibiga nisbatan qasddan qilingan shaxsiy foldir.
Bu qilingan hatto-harakatning jiddiyligi bilan belgilanmaydi, balki oldindan
o’ylangan yoki mo’ljallangandek ko’rinadigan to’qnashuv bo’lib hisoblanadi.
Ataylab qilingan follarni takrorlagan o’yinchi o’yinda qatnashish huquqidan
mahrum qilinishi mumkin.
O’yinda qatnashish huquqidan mahrum (diskvalifikatsiya) qilinadigan fol. Shaxsiy va texnik follarda qayd qilinganlarga sportchilarga xos bo’lmagan
darajada rioya qilmaslik – o’yinda qatnashish huquqidan mahum qiladigan fol
(diskvalifikatsiya foli) hisoblanadi. Ikkita jarima to’pi tashlanadi hamda to’p “zona
chizig’i”dan jarima to’pi otgan jamoa o’yinchisi tomonidan o’yinga kiritiladi.
Jarima to’plarini otish bilan jazolanadigan fol.Hakam fol bo’lganligini
qayd qilganda, agar bu fol uchun jarima chizig’idan savatga to’p (to’plar) otish
bilan aybdor jamoni jazolash lozim bo’lsa, u barmoqlari bilan aybdor jamoaning
jarima chizig’ini ko’rsatadi.
Jamoaning to’rtta foli. Har bir jamoa o’yinchisining yoki o’yinchilarining
olgan follarini soni 4 ta bo’lsa, bundan keyingi oladigan follari uchun jarima
chizig’idan 2 ta jarima to’pi otish imkoniyati raqib jamoasiga beriladi. Har bir
chorakda jamoani 4 ta foli alohida-alohida hisoblanadi.
5.6. Hakamlar Hakamlar deyilganda katta hakam va hakam tushuniladi. Ularga soniya
hisoblovchi, kotib va 24 soniya operatori yordam beradilar. Shuningdek, texnik
komissar ham qatnashishi mumkin.