Qoidabuzarlik, jazolar Burchak to`pi maydonda harakat qilayotgan o`yinchi tomonidan kiritiladi Agar burchak to`pini o`yinga kirituvchi futbolchi to`pga ikkinchi bor teginib (lekin qo`l bilan emas, unda boshqacha jazo qo`llanadi) ketsa, unda: /Qoida (to`pga ketma-ket ikkinchi bor teginish) buzilgan nuqtadan hakam
tomonidan qarama-qarshi jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi;*
Agar burchak to`pini o`yinga kirituvchi futbolchi to`pga ikkinchi bor atayin qo`li bilan o`ynasa, unda: /Hakam tomonidan qoida buzilgan nuqtadan qarama-qarshi jamoa foydasiga
jarima to`pi belgilanadi;
Agar burchak to`pini o`yinga kirituvchi darvozabon to`pga ikkinchi bor qo`li bilan atayin teginib ketsa, unda: Darvozabonning o`z jarima moydoni tashqarisida bo`lsa, hakam tomonidan
qoida buzilgan nuqtadan qarama-qarshi jamoa foydasiga jarima to`pi
belgilanadi;
Darvozabonning o`z jarima moydoni ichida bo`lsa, hakam tomonidan qoida
buzilgan nuqtadan qarama-qarshi jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi.
TEXNIK MAYDONCHA Rasmda ko`rib turganingizdek, maydonda bo`ladigan uchrashuvlarda zaxira
futbolchilari uchun maxsus o`rindiq va jamoa rahbariyati uchun mo`ljallangan 3-
qoida va 2-qarordagi kabi texnik maydoncha bo`ladi.
Texnik maydonchalar turli maydonlarda bir – biridan farq qilishi mumkin.
Masalan, kattaligi va o`rnatilgan joyi bilan farq qiladi
4.26-rasm
Lekin bu maydonchalarni aniqlash
uchun quyidagi bir xil pirntsiplarga
asoslanadi:
Texnik maydoncha zaxira o`rindig`idan barcha tomonlarga 1 metr masofada
chiziq tortilib chegaralanadi. Maydonning yon chizig`idan ham 1 metr
masofada ajralib turadi.
/Texnik maydonchaning chegarasini aniqlash uchun aniq belgilardan
foydalanish tavsiya etiladi.
/Musobaqa reglamentiga ko`ra texnik maydoncha ichidagi shaxslar soni
aniqlanadi.
/Texnik maydonchada turishga musobaqa reglamentiga ko`ra aniqlanagan
shaxslarga ruxsat beriladi. Ularning familiyalari musobaqa bayonnomasiga
o`yin boshlanguncha kiritilishi shart.
/Hamma vaqt faqat bitta shaxsga o`yinchilarga ko`rsatma berishga ruxsat
beriladi va ko`rsatmalarni berib bo`lingandan keyin u darhol o`rindiqdagi
o`zining joyiga qaytishi shart.
/Murabbiy va rasmiy shaxslar texnik maydonchadan tashqariga chiqish
huquqi berilmagan.
Faqat shifokorlar bundan mustasno. Ular maydondagi bosh hakam ko`rsatmasiga asosan jarohat olgan futbolchiga tibbiy yordam ko`rsatish maqsadidagina texnik
maydonchadan tashqariga chiqishi mumki
4.27-rasm
Texnik maydonchadagi murabbiy va rasmiy shaxslar o`zlarining javobgarlik doirasiga kiradigan darajada to`g`ri tutishlari lozim.