11 metrlik jarima to`pi amalga oshirilib, darvoza tomon yo`naltirilgan to`p begona shaxsga tegsa: zarba qaytadan amalga oshiriladi.
11 metrlik jarima to`pi amalga oshirilgandan so`ng, to`p darvozabon, darvoza ustuni yoki to`sinlariga tegib maydonga qaytib begona shaxsga tegsa: hakam o`yinni to`xtatishi kerak;
o`p yon chiziqni yerda yoki havoda to`liq kesib o`tgandan so`ng amalga
oshiriladi
/
to`p maydonning begona shaxsga tekkan joyidan «baxsli to`p» orqali o`yin
davom ettiriladi.
Izoh: 1891-yili birinchi marta 11 metrlik penalti belgilandi. Asoschisi Irlandiyalik mutaxassis Jon Mak Penalti. 15-QOIDA: To`pni yon chiziqdan o`yinga kiritish To`pni yon chiziqdan o`yinga kiritish o`yinni davom ettirish usullaridan biri
hisoblanadi.
Yon chiziqdan o`yinga kiritilgan to`p bevosita hech kimga tegmay darvoza
chizig`ini kesib o`tsa, gol hisobga olinmaydi.
To`pni yon chiziqdan o`yinga kiritish: yon chiziqni kesib o`tishdan oldin oxirgi marta to`pga tegingan jamoa
o`yinchisining raqiblaridan biri tomonidan amalga oshiriladi.
4.22-rasm
To`pni yon chiziqdan o`yinga kiritish tartibi va yo`l-yo`riqlari O`yinchi to`pni yon chiziqdan maydonga tashab berayotgan paytda quyidagi
talablarni bajarishi kerak:
maydonga yuzi bilan turishi kerak;
ikkala oyog`i tovonlarini shunday holatda joylashtirishi kerakki, ularning hech bo`lmasa bir qismi yon chiziqning ustida, yoki maydonning tashqarisida turishi lozim;
to`pni ikkala qo`li bilan o`yinga kiritishi kerak;
/to`pni boshidan oshirib sezilarli harakat bilan o`yinga kiritish kerak. To`pni yon chiziqdan o`yinga kiritgan o`yinchi to`pga boshqa o`yinchi
tegmasdan turib ikkinchi marta to`pga tegishga haqqi yo`q.
To`p maydon ichiga kirishi bilan o`yin holatida deb hisoblanadi, ya`ni o`yin
davom ettiriladi.
Qoida buzarliklar, jazolar Agar o`yinchi to`pni yon chiziqdan o`yinga kiritgandan so`ng, to`pga boshqa
o`yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to`pga tegsa (faqat qo`li bilan emas):
o`yin qoidasi buzilgan joydan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanishi
kerak. *