Quyidagi holatlarda o`yin to`pni darvoza yonidan erkin zarba tepish bilan davom ettiriladi:
4.23-rasm
to`p oxirgi marta hujum uyushtirayotgan jamoa o`yinchisiga tekkan holda,
yerda yoki havoda chiziqni to`liq kesib o`tgan bo`lsa, bunda 10 – qoida
shartlariga muvofiq to`p darvozaga kiritilmagan bo`lishi kerak.
/Amalga oshirish tartibi zarba darvoza maydonchasining xohlagan nuqtasiga o`rnatilib,
himoyalanayotgan jamoaning istalgan o`yinchisi tomonidan amalga
oshiriladi;
/raqib jamoaning barcha o`yinchilari jarima maydonchasining tashqarisida
joylashishlari va to`p o`yinga kiritilmagunga qadar jarima maydonchasiga
kirmasliklari kerak;
/zarbani amalga oshirgan o`yinchi to`pga boshqa o`yinchi teginmasdan turib
ikkinchi marta to`pga tegishga haqqi yo`q;
zarbadan so`ng to`p hech qaysi o`yinchiga tegmagan holda jarima
maydonchasini tark etgan zahoti to`p o`yinga kiritilgan deb hisoblanadi.
Qoida buzarliklar, jazolar Zarbadan so`ng to`p hech kimga tegmagan holda jarima maydonchasini tark etmasa: /zarba qaytadan amalga oshiriladi.
Maydondagi o`yinchi tomonidan darvoza yonidan erkin zarba bilan to`pni o`yinga kiritishda Agar o`yinchi darvoza yonidan to`pni erkin zarba bilan o`yinga kiritgandan so`ng, to`pga boshqa o`yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to`pga tegsa(faqat qo`li bilan emas): /Qoida buzilgan, ya`ni o`yinchi ikkinchi marta to`pga tegingan nuqtadan
raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi.
Agar o`yinchi darvoza yonidan to`pni erkin zarba bilan o`yinga kiritgandan so`ng, to`pga boshqa o`yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to`pni atayin qo`li bilan o`ynasa: /Qoida buzilgan, ya`ni o`yinchi ikkinchi marta to`pga tegingan nuqtadan
raqib jamoa foydasiga jarima to`pi belgilanadi; *
agar o`yin Qoidasi o`z jarima maydonchasi ichida sodir etilgan bo`lsa, raqib
jamoa foydasiga 11 metrlik jarima to`pi belgilanadi.